EKOLOGIK SUG`URTA – Havfli ekologik holat qayd etilganda yetkazilgan moddiy va ma`naviy zararni qoplash uchun sug`urtalanuvchiga to`lanadigan iqtisodiy kafolat.
EKOLOGIK SOLIQ – Yuridik va jismoniy shaxslardan tabiat
obyektlaridan foydalanganligi, bundan tashqari tabiiy muhitni ifloslantirganligi uchun doimiy, davriy yoki bir martalik olinadigan to`lov.
EKOLOGIK SHAKL – insonni biologik va ijtimoiy organizm sifatida saqlash maqsadlarida atrof tabiiy muhitni va insonning tabiiy yashash muhitini muhofaza qilish.
EKOLOGIK EKSPERTIZA - ekologiyaning eng muhim bo’limi bo’lib, u atrof – muhit, tabiiy – ekologik tizimlar, inson salomatligiga ta’sir ko’rsatadigan tadbirlarni amalga oshirishning loyihadan oldin va loyiha hujjatlari darajasida ularning ehtimol tutilayotgan zararli oqibatlarining oldini olishga yo’naltiriladi. Ekologik ekspertiza ogohlantiruvchi tadbir bo’lib, tabiiy muhit va resurslardan foydalanuvchilarning zararli faoliyatini bartaraf etadi. Uning ogohlantiruvchi vazifasining mohiyati
shu bilan belgilanadiki, u xo’jalik qarorlari, faoliyati va uning natijalarini atrof –
tabiiy muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan ratsional foydalanish talablariga,
shuningdek, talablariga muvofiqligini dastlabki jamiyatning ekologik havfsizligi tekshiruvi ko’rinishida o’tkaziladi.
EKOLOGIK FOND – Atrof muhit muhofazasi va uni sanitariya-gigienik holatini yaxshilashga qaratilgan moddiy rag`batlantirish maqsadida tashkil etilgan uyushmalar (dasturlar, loyihalar,
grantlar, konferensiyalar,
uchrashuvlar, missiyalar). Fond davlat va nodavlat tashkilotlari hamda jismoniy shaxslarning pul mablag`lari hisobidan tashkil etiladi. O`zbekiston Respublikasida “MDH Ekologik fondi” (filiali), Marzakiy Osiyo davlatlarining “Orolni asrash” halqaro fondi, “Ekosan” nodavlat notijorat xalqaro fondi kabilar faoliyat ko`rsatmoqda.
EKOLOGIK HUQUQ – Huquqshunoslik fanlarining bir sohasi va mahsus o`quv kursi bo`lib, uning predmeti ekologik munosabatlarni boshqarish hisoblanadi.
EKOSAN – 1992 yilda Toshkentda
tashkil etilgan xalqaro fond, nodavlat notijorat tashkilot. Fondning asosiy maqsadi to`plangan moliyaviy mablag` hisobidan Markaziy Osiyo mintaqasidagi va butun dunyodagi global va mintaqaviy ekologik va sanitariya-gigienik muammolarni hal etadi. Hozirgi paytda “Ekosan” ning Yer yuzi bo`ylab o`ttizdan ortiq mamlakatlarda uch milliondan ortiq a`zolari bor. “Ekosan” prezidenti falfafa fanlari doktori, prof. Yu. Sh. Shodimetov.
EKOSISTEMA — Tirik organizmlarning har qanday uyushmasi bilan ular yashayotgan muhitning birgalikdagi majmui. Bular mikroekosistemalar (masalan, chiriyotgan daraxt tanasi), mezoekosistemalar (hovuz, o‘rmon) va makroekosistemalar (okean, qit’a) ga bo‘linadi.
EKOTIP — 1) Hayotiy shakllarning birlashuvi.
2) Yashash
joyi sharoitlariga moslashgan va ma’lum morfofiziologik belgilarga ega bo‘lgan har qanday o‘simlik turining guruhi.