TROGLOBIONTLAR — G‘orda yashovchilar, faqat g‘or va u bilan bog‘liq muhitdagina hayot kechiradigan organizmlar.
TROPIZM — Burilish, yo‘nalish, muhit omil (qo‘zg‘atgich) laridan biri (yorug‘lik, yerning tortish kuchi, kimyoviy moddalar kabilar) ning ta’sirida o‘simlik, hayvon organlarini yoki ayrim hujayraning harakati. Harakat yoki o‘sishni yo‘nalishi qo‘zg‘atgich yo‘nalishi bilan aniqlanadi. Bular foto-, geo-, gidro-, termo-, xemotropizmlarga bo‘linadi.
O’RMON KADASTRI – O’rmon fondining ekologik, iqtisodiy va boshqa miqdor va sifat ta’rifi to’g’risida tizimlashtirilgan ma’lumotlar to’plamidir;
UBIKVIST — 1) Vatansiz, ekologik amplitudasi keng bo‘lgan, ya’ni ko‘p joylarda yashay oladigan hayvon. 2) Hammaxo‘r
ULTRABINAFSHA NURLAR — Ko‘zga ko‘rinmaydigan, to‘lqin uzunligi 400 nonamikrondan kichik bo‘lgan elektromagnit tabiatli nurlar.
ULTRAGALIN - V.N. Jukinskiy va boshqalar (1980) tavsiya etgan klassifikatsiyaga ko`ra yer ustki suvlarining sho`rlanish darajasi 40.00 mg/kg dan ortiq bo`lgan suvga aytiladi. O`ta sho`r suv.
FAGOTROF — Geterotrof, boshqa organizmlar yoki ular tomonidan hosil qilingan tayyor organik modda zarrachalarini iste’mol qiluvchi hayvon, o‘simlik.
FANEROFITLAR — Qishlovchi kurtaklari yer yuzasidan ancha yuqorida joylashgan daraxt va butalar.
FITOBENTOS — Suv tubida yashaydigan organizamlar. Suv havzalarining tubida o‘sadigan o‘simliklar (suvo‘tlari, zamburug‘lar, lishayniklar va boshqalar) majmui.
FITOGEOGRAFIYA — Botanikaning Yer sharida o‘simliklarni tarqalish qonuniyatlarini o‘rganuvchi bo‘limi
FITOTSENOZ — O‘simliklar uyushmasi (qavmi), ma’lum hududning bir xil qismida bir – biriga moslashgan holda yashovchi o‘simliklarning tabiiy guruhi. Bu uyushmalar tegishli sharoitlarda paydo bo‘lishi va doimiy tarkibi bilan harakterlanadi.
FITOTSENOLOGIYA — O‘simliklar uyushmalari na ularning taraqqiy etish qonuniyatlarini hamda o‘zaro munosabatlarini o‘rganadigan fan.
FOTOTAKSIS — Erkin harakatlanuvchi mikroorganizmlar, o‘simliklar va hayvonlarning hamda hujayra yoki uning qismlari (plastida) ning yorug‘lik ta`siriga javoban harakati.
FOTOTROPIZM — Yorug‘likka intilish, o‘simlik o‘sish organlarining yorug‘lik yo‘nalishiga qarab harakat qilishi.
XAZMOFITLAR - Yoriqlarda o‘suvchi, qoyalar va toshlarning yorilgan joylarida o‘suvchi o‘simliklar.
XAMEFIT — Qishlaydigan kurtagi yerga yaqin joylashgan chala buta va butachalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |