EKOLOGIK TUR HOSIL QILISH — Populyasiyaning tur areali chegarasida yangi joylarni o‘zlashtirish bilan turning hosil bo‘lishi.
EKOLOGIK RESURSLAR – Biosferada ekologik muvozanatni ta’minlaydigan muhitni shakllantiruvchi komponentlarning majmui bo’lib, ular insonning ijtimoiy – biologik mavjudot sifatidagi hayoti normal muhiti hisoblanadi, ekologik resurslar hayotiy muhim funksiyani bajaradigan tabiiy tizimlarga kiradi. Bu resurslarning xarakterli xususiyati shundaki, ular asosan jamiyatni zaruriy ne’mat shaklidagi xizmat bilan ta’minlaydi. Ekologik resurslarga havo, suv, yer (tuproq) kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |