NATURALIZATSIYA — Moslanish, o‘simliklar introduksiyasi shakllaridan biri; biron zot yoki navning dastlabki genotipini o‘zgartirmagan holda o‘z vatanidagi sharoitiga o‘xshash bo‘lgan yangi joyga moslashuvi.
NEOFITLAR — Ma’lum bir hududga yangi olib kelingan o‘simliklar.
NOOSFERA – Insoniyat rivojlanishining optimal yo’lini tanlash va jamiyatning tabiat bialn uyg’unligini saqlab qolishga yo’naltirilgan tushunchadir.
OKSILOFITLAR - Nordon muhit o‘simligi, nordon tuproqlarda o‘suvchi o‘simliklar.
OLIGOGALIN - V.N. Jukinskiy va boshqalar (1980) tavsiya etgan klassifikatsiyaga ko`ra yer ustki suvlarining sho`rlanish darajasi 0,51 - 1,00 mg/kg bo`lgan suvga aytiladi.
OLIGOSAPROBLAR — Toza yoki organik moddalar bilan kam ifloslangan, kislorodga boy suv havzalarida yashaydigan organizmlar. Bular ko‘pincha suvning tozaligini ko‘rsatuvchi bioindikatorlar hisoblanadi.
OLIGOTROFLAR — Oziq moddalari kam bo‘lgan muhitda rivojlanadigan organizmlar.
OLIGOFAGIYA — Kam turga mansub ozuqa bilan qanoatlanadigan hayvon organizmlari. Ular asosan tropik mamlakatlarda keng tarqalgan.
OLIGOTSENOZ — Tarkibiga faqat bir necha tur kiradigan organizmlar guruhi.
OPTIMAL OMILLAR — Yorug‘lik, harorat, namlik, tuproq va boshqa ekologik omillarning organizm uchun eng yaxshi, qulay shakllari.
ORNITOFAG — Qushxo‘r, qushlar bilan oziqlanadigan organizmlar.
ORNITOFILIYA — Nektar (gul – asal) bilan oziqlanadigan qushlar yordamida gulli o‘simliklarning changlanishi. Zoofiliya turi.
ORNITOXORIYA — O‘simlik urug‘larining qushlar yordamida tarqalishi. Zooxoriyaning tez – tez uchraydigan shakli.
PANTOFAG — Hammaxo‘r.
PARAZIT – 1) Zaruriy tekinxo‘rlik, obligat parazit, parazitning mazkur organizm (xo‘jayin) to‘qimasi yoki shiralarisiz, ya’ni parazitlik qilmasdan yashay olmaslik, ko‘paya olmaslik xususiyati. 2) Tekinxo‘r o‘simlik, parazit o‘simlik - boshqa o‘simlik (xo‘jayin) shirasi hisobiga yashovchi tekinxo‘r o‘simlik. 3) Ixtiyoriy tekinxo‘r, fakultativ parazit - parazitning hujayin organizm to‘qimasi yoki shiralarisiz ham mustaqil yashay olish va ko‘paya olish xususiyati.
PARAZITIZM — Tekinxo‘rlik, ikki – xil turdagi organizmning o‘zaro munosabati, bunda ulardan biri parazit (tekinxo`r) bo‘lib, ikkinchi organizm (xo‘jayin) dan ozuqa manbai sifatida foydalanadi, ya’ni uni hisobiga yashaydi. Ko‘pincha parazit xo‘jayinni halokatga uchratadi.
PLEYSTON — Suvning yuza qismida erkin qalqib yuruvchi yoki bir oz suvga botib yashovchi organismlar majmui. Bularga suv o‘simliklaridan salviniya, baqato‘n, hayvonlardan aktiniya, sifonoforalar kiradi.
POYKILOTERM HAYVONLAR — Sovuqqonli hayvonlar, tana harorati noturg‘un, muhit haroraga bog‘liq hayvonlar.
POLIBIONT — Joy tanlamaydigan, turli muhit yoki agregat holatlarda (suvda, tuproqda, muzda) yohud turli hujayinda (parazitlarga xos) yashovchi organizm.
POLIGALIN - V.N. Jukinskiy va boshqalar (1980) tavsiya etgan klassifikatsiyaga ko`ra yer ustki suvlarining sho`rlanish darajasi 18.00 – 30.00 mg/kg bo`lgan suvga aytiladi. Sho`r suv.
POLIMORFIZM — Ko‘p shakllilik, polimorfizm, bir tur, koloniya, to‘da doirasida bir-biridan keskin farq qiluvchi hamda turli xil funksiyalarni bajaruvchi individlarning mavjudligi. Masalan, ishchi, erkak, ona asalarilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |