YER OSTI BOYLIKLARI - Tabiiy muhit tizimining Yer qa’ri bilan eng yaqin bog’langan elementi bo’lib, ular jonsiz tabiat resurslari hisoblanadi. Ulardan konstruksion va boshqa materiallar, kimyoviy qo’shilmalar, o’g’itlar va boshqalarni ishlab chiqarishda keng miqyoslarda foydalaniladi. O’zbekistonning Yer osti boyliklari g’oyat xilma – xil, zahiralari esa ko’p bo’lib, ular 100 ga yaqin mineral xomashyo turlarini, 2,7 mingdan ziyod turli foydali qazilma konlarini o’z ichiga oladi.
ZOOBENTOS – Chuchuk va dengiz suv havzalari ostida yashovchi hayvonlar majmui.
ZOOFAG – Go‘shtxo‘r, hayvonlar bilan oziqlanuvchi organizmlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |