I.2.Ona tili darslarida innovatsion metodlardan foydalanish xususida.
Ijodkorlik mashg`ulotlari badiiy tasvir san’atining xilma-xil qirralari (so`z va so`z shaklini kerakli ma’noda tanlay bilish va bu borada xatolarga yo`l qo`ymaslik; ba’zan so`z va so`z shakllarini qo`llashdagi noo`rin takrordan qutulish; tasvir uchun eng maqbulini tanlash; inson, tabiat hamda voqea-hodisalardagi go`zalliklarni yetkaza bilish va hokazolar) bilan tanishish asnosida amalga oshadi. Shu ma’noda o`quvchi so`z takrori, ritorik so`roqlar, his-hayajon gaplar, emotsional-ekspressiv vositalardan o`rinli foydalanish qoidalarini egallab borishi kerak. Badiiy uslubda ijodiy matn yaratayotgan o`quvchi quyidagi eslatmaga amal qilishi kerak: Badiiy uslubda ijodiy matn yaratayotgan o`quvchiga esdalik 1. Tuzayotgan gapingiz uchun tanlayotgan so`zingiz jarangdorlik, ifodalilikni ta’minlasin. 2. Odamlar, voqea-hodisa, narsa-buyumlarni kitobxon yaqqol ko`z oldiga keltirishi uchun bo`yoqdor, ta’sirchan so`zlar, badiiy tasvir vositalarini tanlashga harakat qiling. 3. Gaplarda emotsional-ekspressiv, leksik va grammatik vositalarni ishlating. 4. Gaplarning sintaktik jihatdan rang-barang bo`lishiga e’tibor bering. 5. Matnda tabiat go`zalliklarini aks ettirishga harakat qiling. 6. Matnda obrazlilik asosida tag ma’no – voqelikka, odamlarga turlicha munosabat aks etsin. Ona tili darslari o`quvchilarning badiiy uslubda yozilgan matnni tahrir qilish jarayonini ham o`z ichiga oladi. Shu maqsadda ularga o`zlari yaratgan matndan olingan uch-to`rtta gapni tahrir qilish vazifa qilib beriladi. O`quvchilar bu jarayonda quyidagi ishlarni bajarishlari kerak bo`ladi: 1) so`zlarning ohangdorligi, gaplarning mazmunliligini kuzatish va to`g`rilash; 2) o`rganilgan til hodisalari doirasida emotsional ekspressiv, leksik va grammatik vositalarni kiritish; 3) voqelikni ko`z oldiga keltirgan holda matnga badiiy tasvir vositalarini kiritish; 4) unga ritorik figuralar qo`shish. Tahrir ishlari jamoa yoki guruh bo`lib bajariladi. Har bir guruh o`zining tahrir variantini taqdim etadi. Gaplarni eng maqbul holatga keltirgan guruh g`olib sanaladi. Kuzatishlardan ma’lumki, ijod quvonchini his etgan, bajarayotgan ishi haqiqatan qiziqarli ekanligi, zavq bag`ishlashiga ishonch hosil qilgan o`quvchi chiroyli so`zlashga harakat qiladi. Shuningdek, ijodkorlikka bir marta qo`l urib, kichkina muvaffaqiyatga Ilg`or pedagogik texnologiyalar erishgan o`quvchi kundalik tutadi, o`z taassurotlarini yozib yuradi, ya’ni ijod sir-asrorlarini o`rganishga oshno tutinadi. Matn yaratish va uni tahrir qilish jarayonida o`quvchilarning ishtiroki turlicha bo`ladi: biri so`zni tez tanlaydi, ikkinchisi chiroyli jumla tuzadi, uchinchisi navbatdagi gapga ishora qiladi. O`quvchilarning mashqlarini ko`pchilik hollarda badiiy jihatdan yuksak deb atab bo`lmaydi, albatta. Lekin ko`rgan narsalari haqida o`yga tolgan, hayotning yorqin go`zalliklarini ko`ra bilgan, atrofdagi voqealarga bo`lgan munosabatini tushunish uchun o`z ko`ngliga qaray bilgan kishi o`zining ichki olamini boyitadi. Bunday inson hayotiy voqealar mohiyatini ko`ra biladi, sodir bo`layotgan jarayonlarni baholay oladi, ilmiy, pu blitsistik va oddiy so`zlashuv uslubida ham o`z fi krlarini ifodalay biladi1.
1 Bu haqda qarang:Абдураимова М. Она тили таълимида илғор педагогик технология. Т., 2005.38-49 betlar
O`quvchilarda qobiliyatni shakllantirishda “Fizik insho” yozish fizika fanidan “Optika” yoki “Arximed kuchi” mavzularida samarali natija beradi.
Bunday insholarning yaratilishi quyidagi qobiliyatlarni shakllantirishga xizmat qiladi: 1. Ma’lumot to`plash qobiliyatsi. 2. Axborot bilan ishlash qobiliyatsi. 3. Nutqiy qobiliyat. 4. Lingvistik qobiliyat. 5. Shaxs sifatida o`z-o`zini rivojlantirish qobiliyatsi. 6. Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo`lish va foydalanish qobiliyatsi. Bunday insholar ona tili va fizika fanlari o`qituvchilari tomonidan baholanadi, ya’ni fizika o`qituvchisi inshoda berilgan ma’lumotlarning, faktlarning aniqligi, axborotlarning to`g`riligiga tayansa, ona tili fani o`qituvchisi esa inshoda yo`l qo`yilgan imloviy, uslubiy, ishoraviy kamchiliklarning bor-yo`qligiga asoslanadi. O`quvchilarda mazkur qobiliyatlarni shakllantirish uchun darslarni pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilish tavsiya etiladi. Darslarda axborotlarni mustaqil ravishda izlash, ulardan foydalanish bo`yicha qobiliyatlarni shakllantirishda darslikdan, turli gazeta, jurnal, qo`shimcha adabiyotlar, lug`atlar, internet resurslaridan foydalanish, o`qib-o`rganganlari va hayot tajribasidan foydalangan holda kundalik turmushda uchraydigan muammolarni hal eta olish, o`zining fuqarolik huquqlarini bilish, Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo`lish, aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalar tuza olishni o`rgatish kerak. Tajriba-sinov guruhlarida o`tilgan mavzular bo`yicha yuzaga kelgan muammolar va yechimlar quyidagi jadvalda ko`rsatilgan: guruhlarida punktuatsiya bo`limini o`tishda qiyinchilikka duch keldik. II. Barqaror birikmalar mavzusini o`tishda maqol va matallarning bir-biridan farqini o`quvchi to`liq tushunib yetmaydi.
III. Berilgan mavzular bo`yicha o`quvchilarda qobiliyat (fikrni og`zaki va yozma bayon etish)ning yetarlicha emasligida.
IV. Litsey va maktab darsliklarida berilgan ma’lumotlarning nomutanosibligida. I. 9-sinf “Ona tili” darsligida oxirgi mavzular sifatida punktuatsiya bo`limini (takrorlash sifatida; bu bo`lim maktabda tarqoq berilgan) kiritish. II. Maqol tushunchasi barcha darsliklarda to`liq ochib berilgan, ammo matal mavzusini qayta ko`rib chiqish lozim. III. O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, ularda ko`proq kitob mutolaa qilish ko`nikmasini shakllantirish. IV. Darsliklardagi xatoliklarga chek qo`yish. Xulosa o`rnida shuni aytish mumkinki, o`quvchilarga shaxs sifatida yondashish, o`quv mashg`ulotlarini tashkil qilish, nostandart, interfaol shakllarni har bir o`qituvchi ishining mezoniga aylanishini ta’minlaydi. Davlat umumta’lim andozalari, ya’ni o`qitish mazmuni o`quvchilar bilimini baholash, reyting tizimi – olingan bilimlarni baholash usuli amaliyotda qo`llanilishi dars-ta’lim jarayoniga yangicha ruh va mazmun baxsh etadi. Pedagogik texnologiya asosida o`tkazilgan mashg`ulotlar yoshlarning muhim hayotiy yutuq va muammolariga o`z munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini rivojlantirib, ularni fikrlashga, o`z nuqtayi nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi. Hozirgi davrda sodir bo`layotgan innovatsion jarayonlarda ta’lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o`zlashtirish va o`zlashtirgan bilimlarini o`zlari tomonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustaqil va erkin fi krlaydigan shaxslar kerak. Bu borada innovatsion texnologiyalarning o`rni va ahamiyati beqiyosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |