I.5.Ona tili ta`limida “keys” texnologiyasidan foydalanish1.
Darsning usuli: “Keys”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Suhbat”, “Klaster”, “Test”, “Zigzak”. Mavzu yuzasidan slayd va vizual materiallar: Mavzuga oid misol va topshiriqlar slayd orqali namoyish etib boriladi. Mashg`ulot faoliyati natijalari: taqdimot, kichik ma’ruza, klaster, ijodiy matn yaratish. O`quv-mashg`ulot faoliyatidan kelib chiqadigan xulosalar: 1. Kirish so`zlar, kirish birikmalar va kiritma gaplar so`zlovchining aytilayotgan fi krga bo`lgan munosabatini va mazkur fi krga taalluqli ma’lumotlarni ifodalashda muhim ahamiyatga ega. 2. Kirish so`z va kirish birikmalar mazmunan gapga yoki gapning biror bo`lagiga tegishli bo`ladi. 3. Kirish so`z va kirish birikmalar so`zlovchining bayon qilinayotgan fi krga bo`lgan munosabatini ifodalaydi. 4. Bayon qilingan fikrning kimga qarashli ekanini anglatadi. 5. Bayon qilingan fi krning tartibini belgilaydi. 6. Aytilayotgan fikrning oldingi fikr bilan aloqasini ifodalaydi. 7. Kirish so`zlar modal va modallik ma’nosini ifodalay oladigan so`zlar bilan, kirish birikmalar esa so`z birikmalari bilan ifodalanadi. 8. Kirish so`zlar, kirish birikmalar gapning boshida, oxirida keladi va yozuvda vergul bilan ajratiladi. Kirish so`zlar, kirish birikmalar so`zlashuv, ilmiy, badiiy, publitsistik uslubda qo`llanadi. O`quvchilarning faoliyati: 1. Nutqning aniq, ravon bo`lishida kirish so`zlar, kirish birikmalar kiritma gaplar haqidagi ilmiy qarashlarni o`rganish. 2. Kirish so`z va kirish birikmalar haqidagi nazariy qarashlarni o`zbek adabiyotidagi asarlar matnini tahlil qilish orqali asoslash. 3. Kirish so`zlar, kirish birikmalar va kiritma gaplarningbadiiy matnda qo`llanishi yuzasidan bahs-munozara, xulosa chiqarish. 4. Badiiy asarda yozuvchi mahoratining aks etishi yuzasidan dialogik suhbatlar tuzish, unda kirish so`zlar, kirish birikmalar va kiritma gaplarning qo`llanishiga erishish. 1-ilova 1. Fikriy hujum: Kirish so`zlar, kirish birikmalar va kiritma gaplar nutqimizda qanday amaliy ahamiyatga ega? Darsning maqsadi quyidagicha
1Mazkur bandni yoritishda Ахунова Г.Н., Голиш Л.В., Файзуллаева Д.М. Педагогик технологияларни лойиҳалаштириш ва режалаштириш: Ўқув-услубий қўлланма. Замонавий таълим технология серияси. (– Т.: “Иқтисодиёт” нашр., 2009.) dan foydalanildi.
belgilanadi: 1. Kirish so`zlar, kirish birikmalar va kiritma gaplarning grammatik xususiyat va ma’nolari, qo`llanilishi va ifodalanishini o`rganish. Vazifalar: – kirish so`zlar, kirish birikmalar va kiritma gaplar haqida ma’lumot berish; – tilshunos olimlarning kirish so`zlar, kirish birikmalar va kiritma gaplar haqidagi fi krlarini o`rganish; – kirish so`zlarning modal so`zlar, modallik ma’nosini ifodalay oladigan mustaqil so`z turkumlari bilan bog`liqligini aniqlash; – kirish so`zlar, kirish birikmalar va kiritma gaplarning ilmiy, so`zlashuv, badiiy, publitsistik uslubda qo`llanishini aniqlash. Ilg`or pedagogik texnologiyalar Javoblar: 1. Kirish so`zlar, kirish birikmalar va kiritma gaplar nutqning aniq, ravon va tushunarli bo`lishida muhim ahamiyat kasb etadi. 2. Kirish so`zlar, kirish birikmalar va kiritma gaplar ta’lim jarayonida biror mavzuda bahs-munozaraga kirishganda ilmiy qarashlarga munosabat bildirish, yagona xulosalar chiqarish, umuman, nutq madaniyatini egallash va savodxonlikka erishishda muhim o`rin egallaydi. 2. Fikriy hujum: Inson o`zi berayotgan ma’lumotga, aytayotgan fi kriga qanday munosabat bildirishi mumkin? (O`quvchilar javobi yozib boriladi.) .Topshiriq: Matnni o`qing. So`zlovchining aytayotgan fikriga munosabatini ifodalayotgan so`zlarni aniqlang. So`zlovchi qanday munosabat bildirgan? Taqdimotga tayyorlaning. Topshiriq: 1.Kirish so`zlar, kirish birikmalar, kiritma gaplar haqida o`z fikr-qarashlarini ifoda etgan tilshunos olimlar nomini aniqlang va ularning fikridagi o`xshash va farqli jihatlarni ayting. 2. Kirish so`z va kirish birikmalar haqidagi ma’lumotlarni o`qing va ulardagi nazariy qarashlarni qiyoslagan holda fi krlar rang-barangligini aniqlang va taqdimotga tayyorlaning. Topshiriq: Kirish so`z va kirish birikmalar so`zlovchining bayon qilinayotgan fikrga qanday munosabatini ifodalaydi? “Klaster” usuli orqali tasvirlang. Topshiriq: Kirish so`zlarning modal so`zlardan tashqari modallik ma’nosini ifodalay oladigan qaysi mustaqil so`z turkumlari bilan ifodalanishini aniqlang va ularni ma’no turiga ko`ra guruhlang. (Ot, sifat, ravish, son, olmosh, tasdiq va inkor so`z) To`plagan so`zlaringizni “Klaster”dagi ma’no guruhiga joylang. 6 Topshiriq: Berilgan matnlardan kirish so`zlarni toping va ularni ma’nosiga ko`ra guruhlang. Qaysi uslubda kirish so`zlardan foydalanilgan? Tilshunoslikda qayd etilmagan qaysi ma’nolarni aniqladingiz? O`zingiz aniqlagan ma’nolar bo`yicha “Klaster” tuzing. Topshiriq: Kirish so`z va kirish birikmalardan foydalanib ijodiy matn yarating. (albatta, to`g`ri, haqiqatan, darhaqiqat, shubhasiz, so`zsiz, shaksiz, haqiqatda, filhaqiqat, tabiiy, o`z-o`zidan, hoynahoy, muhaqqaq (arxaik), aslida, darvoqe, rostdan, shekilli, chamasi, chog`i; ehtimol, balki; aftidan; har holda, har qalay; menimcha, sizningcha, ularning aytishicha, aytishlaricha; avvalo, nihoyat, birinchidan, ikkinchidan; demak, xullas, ishqilib, shunday qilib, binobarin, ko`rinadiki). Dars quyidagi bosqichlarda olib boriladi: 1-bosqich. O`quvchilarning mavzu yuzasidan fikrlashga undovchi savol-topshiriqlar ustida ishlashi. Kichik guruhlarda ishlash. O`quvchilarga turli uslubda yaratilgan matnlar tarqatiladi. Ularga quyidagicha topshiriqlar beriladi: Topshiriq: Matnni o`qing. So`zlovchining aytayotgan fikriga munosabatini ifodalab kelayotgan so`zlarni aniq lang. So`zlovchi o`z munosabatini qanday so`zlar vositasida bildirgan? 2- bosqich.Taqdimotga tayyorlaning. O`quvchilarning tushunchalari quyidagi savollar yordamida aniqlanadi: So`zlovchi bayon qilayotgan fikriga munosabatini qaysi so`zlar orqali bayon qilgan? Bu so`zlar orqali qanday ma’nolar ifodalangan? O`quvchilar aniqlagan nazariy ma’lumotlar quyidagi yo`nalishlarda tahlil qilinadi: Adabiyotlarda ikki xil qarashlar bormi va ular qaysilar? Modal so`zlar bilan kirish so`zlar o`rtasida qanday bog`liqlik borligini izohlang. O`quvchilarning nazariy va amaliy izlanishlarini uyg`unlashtirish: 1. Modal so`zlar qanday ma’no turlariga bo`lingan? 2. Har bir ma’noni ifodalovchi so`zlarni guruhlab yozing. 3. Kirish so`zlar qanday ma’no ifodalar ekan? Ularni ”Klaster” usulida ifodalang. 4. Yuqoridagi taxmin, gumon, tasdiq, ishonch, fikr ning tartibi ma’nosini bildirgan kirish so`zlar modal so`zlar tarkibiga kiritilganmi? Kiritilmagan so`zlarni kirish so`zlar deyish mumkinmi? Nima uchun? 5. Kirish so`z hisoblangan so`zlarni o`z ma’no turiga qo`shib qo`ying. 6. Kirish so`zlar yana qaysi so`z turkumlari bilan ifodalanishi mumkin? Ularning mustaqil yoki modal ma’no ifodalayotganini qanday farqlaysiz? 7. Bu so`zlarni modal so`zlar bilan vazifadosh deyish mumkinmi? O`quvchilarning izlanish va xulosalari, biz nazarda tutgan, ma’ruzada bayon qilmoqchi bo`lgan quyidagi ilmiy-nazariy ma’lumotlar to`plamini hosil qiladi. 3-bosqich. Kirish birikmalar ustida ishlash. Bunda kirish so`z va kirish birikma atamalarining izohiga to`xtalinadi. O`quvchilar kirish birikmalarning tuzilishi va ma’nolarini kirish so`zlarning shunday xususiyatlariga taqqoslaydilar. Bunda ham o`quvchilar matn asosida izlanadilar. O`quvchilar matnlar tahlili va nazariy ma’lumotlar bilan tanishgach, quyidagi xulosaga keladilar: So`zlovchining o`zi bayon qilayotgan fi kriga bo`lgan turli munosabatini bildiruvchi so`z yoki so`z birikmasi kirish so`z yoki kirish birikma deb yuritiladi. Ular: I. So`zlovchining bayon qilinayotgan fikrga quyidagicha munosabatlarini ifodalaydi: 1. Ishonch yoki tasdiqlash: albatta, to`g`ri, haqiqatan, darhaqiqat, shubhasiz, so`zsiz, shaksiz, haqiqatda, fi lhaqiqat, tabiiy, o`z-o`zidan, hoynahoy, muhaqqaq (arxaik), aslida, darvoqe, rostdan. 1) fikrning rostligi tasdiqlanadi: darhaqiqat, haqiqatan, haqiqatda, fihaqiqat (arx.); 2) fikrning qat’iyligi ta’kidlanadi: shubhasiz, shaksiz, so`zsiz; 3) ishonch: albatta; 4) anglatilayotgan voqelikning yuzaga kelishi tabiiy ekanligini bildiradi: tabiiy, o`z-o`zidan; 5) fikrning chinligi eslatiladi: to`g`ri, hoynahoy, muhaqqaq (arxaik), aslida, darvoqe, rostdan. Hamma gap haqiqatda. Haqiqatdan qochib qutulib bo`lmaydi gaplarida haqiqat so`zining ot turkumiga oid ekanligi anglashiladi. Gapda bu so`zlar tarkibiy qismlarga ajratiladi. Albatta, modal so`z hisoblanadi: Siz bunday noyob imkoniyatdan, albatta, foydalanasiz. Albatta – modal so`z, tasdiq ma’nosini ifodalab, kirish so`z vazifasida keladi. To`g`ri, rost, so`zsiz, tabiiy so`zlari sifat turkumiga oid bo`lib, ular gapda modal so`z o`rnida qo`llanib, kirish so`z vazifasida ham keladi. I. Fikrning noaniqligi: 1) fikrning taxminiyligini bildiradi: shekilli, chamasi, chog`i; 2) fikrning gumonli ekanligini bildiradi: ehtimol, balki; 3) fikrning tusmolli ekanini bildiradi: aftidan; 4) fikrning chinligiga gumon ham, ishonch ham bildiriladi: har holda, har qalay. Chamasi, chog`i – ot; gapda modal ma’no bildirib kelishi mumkin. Demak, bu so`zlar ot bajaradigan vazifada ham, kirish so`z vazifasida ham keladi. Aftidan so`zi tarkibiy qismlarga ajratilsa ot, ajratilmasa modal ma’no ifodalaydi. Ehtimol so`zining kelish ehtimoli bor gapida otlashish holatini ko`ramiz. Balki so`zi shakldosh so`z, gapda uning vazifasi aniqlashadi. Afsuslanish, taajjub: afsuski, attang, esiz, baxtga qarshi. Eslatish: darvoqe, aytgandek, aytmoqchi: II. Bayon qilingan fikrning kimga qarashli ekanligi ma’nosi ifodalanadi: menimcha, sizningcha, ularning aytishicha, aytishlaricha. III. Bayon qilingan fikrning tartibi ma’nosi ifodalanadi: avvalo, nihoyat, birinchidan, ikkinchidan. IV. Aytilayotgan fikrning oldingi fikr bilan aloqasi ma’nosi ifodalanadi: demak, xullas, ishqilib, shunday qilib, binobarin, ko`rinadiki. Demak, kirish so`zlar modal va modallik ma’nosini ifodalay oladigan mustaqil so`z turkumlari bilan; kirish birikma esa so`z birikmasi bilan ifodalanadi. Kirish so`z va kirish birikma gapning boshida kelsa, yozuvda undan keyin, gap oxirida kelsa, undan oldin vergul qo`yiladi. 4-bosqich. Kiritma gaplar ustida ishlash. Bunda gapning grammatik belgilari eslatiladi. O`quvchilar matn asosida kiritma gaplar haqida o`z mustaqil fikrlarini bildiradilar. Kiritma gaplar haqida ilmiy-nazariy xulosalar chiqaradilar. Ularni adabiyotdagi ma’lumotlarga taqqoslaydilar. Har bir o`quvchining fi kri tinglanadi va yakuniy xulosa chiqariladi. 5-bosqich. Nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash joizki, “Keys” texnologiyasi o`quvchilarning mustaqil izlanish, ilmiy adabiyotlardagi qarashlarni aniqlash, taqqoslash, til materiallarini tahlil qilish va asosli ilmiy xulosalar chiqarish, nutqlarini boyitish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |