II. 2.Fe`l so`z turkumimni o`qitishda noan`anaviy metodlardan foydalanish.
Ilg`or pedagogik texnologiyalar umumiy o`rta ta’lim maktablari 5–9-sinf “Ona tili” darsliklarida tilshunoslikning fonetika, grafi ka, leksikologiya, orfografi ya, orfoepiya, grammatika (morfologiya va sintaksis), uslubshunoslik kabi bo`limlari o`rganiladi. Mazkur bo`limlarni o`rganishda ilmiy matnlar, asosan, topshiriq sifatida berilgan. Ilmiy matnlar daliliy ma’lumot asosida chiqarilgan ilmiy xulosalarga (ta’rif-qoidalarga) egaligi, atamalarning keng qo`llanishi bilan boshqa matnlardan ajralib turadi. Matnni quyidagi usullarga tayanib tahlil qilish maqsadga muvofiq: Ilmiy matn tahlilining didaktik maqsadi ijodiy fikrlovchi shaxsni tarbiyalash, o`quvchini ta’lim jarayonining subyektiga, o`qituvchini esa bu jarayonning boshqaruvchisiga aylantirishdir1. Quyida ana shunday ilmiy matnlar bilan ishlashning ayrim usullarini havola qilamiz. 6-sinf “Ona tili” darsligida “Morfologiyaga kirish” mavzusida topshiriq berilgan. Ushbu topshiriq guruhlararo musobaqa usulida bajariladi. O`quvchilar 4 ta guruhga bo`linadi. Dastlab matnni bir o`quvchi o`qiydi, qolgan o`quvchilar uning mazmunini so`zlab berishadi. So`ng ushbu matn bo`yicha olingan bilimni mustahkamlash maqsadida guruhlarga bir xil kitob, qalam, gul, olma suratlari tushirilgan rasmlar beriladi, lekin ularning topshiriqlari turlicha bo`ladi. 1-guruhga topshiriq: Rasmda berilgan surat nomlarining har biriga xos atash ma’nolarini izohlashga harakat qiling. Javob: Olma — olma daraxti, olma daraxti mevasi. Gul — manzarali o`simlik gulbargi. Kitob — biror matn yozilgan varaqlardan iborat, muqovalangan bosma asar. Qalam — yozish, chizish uchun mo`ljallangan o`quv quroli. 2-guruhga topshiriq: Rasmdagi surat nomlarining atash ma’nosini o`rganadigan tilshunoslik bo`limi haqida fikr bildiring. Javob: So`zlarning borliqdagi ma’lum narsa, belgi-xususiyat, harakat-holatlarini bildirishi ularning atash ma’nolari yoki lug`aviy ma’nolari deyiladi. Bunday ma’nolarni o`rganuvchi bo`lim leksikologiya hisoblanadi. 3- 1 guruhga topshiriq: Rasmda berilgan suratlarning nomini savollar yordamida umumiy ma’nosidan kelib chiqib, qaysi so`z turkumiga mansubligini aniqlang. Olma — nima? Ot Gul — nima? Ot Kitob — nima? Ot Qalam — nima? Ot 4-guruhga topshiriq: Rasmda ifodalangan so`zlarga quyidagi qo`shimchalardan mosini qo`ying va izoh lang. Qo`shimchalar: -lar, -ni, -im, -dan, -ga. Olmalarni — olma+ lar+ni. Kitobga, kitoblar. Qalamlar, qalamga. Gullarim — gul+lar+im. To`rtala guruh taqdimoti asosida quyidagi jadval hosil bo`ladi.
O`quvchilarning mustahqil va ijodiy fikrlashiga yo`naltirish boshqa fanlar qatori ona tili faninig ham asosiy tamoyillaridan hisoblanadi. Ona tili darslarida grammatika qoiydalarini yodlatishdan voz kechish, ijodiy tafakkur tarzini, ya`ni o`quvchilardagi ijodiy, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq mahsuliga mos ravishda o`g`zaki va yozma shakllarda to`g`ri, aniq, ravon ifodalash ko`nikmalarini shaklantirish va rivojlantirishga e`tiborini qaratish zamon talabidir. Shunday ekan, buning o`qtuvchisi o`z darsini turli noan`anaviy usullardan foydalangan holda tashkil eta bilishi DTS va dastur talablari o`zlashtirishini qalbdan his etishlari lozim.
Ona tili materiallarini o`quvchilarga o`rgatishda turli yo`llardan foydalanish yaxshi natija beradi. Masalan, ”Domino”, ”Jamgarma bank”, “Xazina” , “Jamoangni top!” kabi oyinlarini darsda tez-tez qo`llash, o`quvchilarni ko`proq mustahqil fikrlashga o`rgatadi, o`quvchilarning darsga bo`lgan qiziqishlarini oshirdi. Shu o`rinda “Domino” oyinidan dars davomida qanday foydalanish mumkinligi haqida fikir yurutmoqchimiz.
Davlat ta`lim standartlari dasturiga asosan 6-sinifda o`quv yili boshida takrorlash darslari berilgan. Xuddi shu o`rinda mustahqil va yordamchi so`z turkumlarini takrorlash mavzusi yuzasidan “Domino” o`yinini tashkil qilish mumkin .
Buning uchun o`quvchi oldindan tayyorgarlik ko`rib, kartondan domino shaklidagi kartochkalar yasatadi. Kartochkalar soni yigirma sakkista bo`ladi. 1Усмонова К. Адабий таълимда педагогик технологиялар. –Тошкент, 2004, 11-бет.
Mustaqil so`z turkimlari alohida, yordamchi so`zlar umumiy holda olinadi. Har bir kartochkada ikkitadan so`z bo`ladi. 7 ta kartochkaga bir xil so`z turkumiga doir, qolgan 21ta kartochkaga har xil so`z turkumiga doir so`zlar yoziladi.
Masalan:
Ot ot ot fe`l
O`yin sharoitlari va tartibi quyidagicha bo`ladi. O`yinni boshlashdan oldin o`qituvchi shartlarini, darsning maqsadini o`quvcilarga tushuntiradi, qisqach suhbat o`tkaziladi. Suhbat hamda savol-javob orqali mustaqil so`z turkumlari va yordamchi so`zlar haqidagi tushunchalar yodga solinadi, ularni qanday topish yollari aniqlanadi. Bu ish tugatilganidan so`ng o`yin boshlanadi. Oyin quyidagi tartibda o`tkaziladi. O`yinga 4 nafar o`quvchi taklif qilinadi. Ular uchun alohida stol tayyorlanadi. Har bir ishtirokchi 5 tadan domino “donlari”ni olishadi. Qolgan kartoshkalar xazinada turadi.
Boshqa bir o`quvch chiqib, o`yin ishtirokchilarning harakatlarini yozuv taxtasiga yozib boradi. Sinfdagi qola o`quvchilar uni o`z daftariga yozishadi. O`yin ishyirokchilari xatoga yo`l qo`ysalar aytilmaslik tayinlanadi. O`yinga taxminan 10 daqiqa ajratiladi. Har bir ishtirokchining o`ylashi uchun 5 soniya beriladi. Shu vaqt ichida ishtirokchi o`yinni davom etira olmasa, navbat keyingi ishtirokchiga beriladi. O`yin shu tariqa davom ettiriladi. O`quvchi o`yinda hakamlik ro`lini bajaradi.
Qaysi ishtirokchiga bir xil so`z turkumiga doir so`z yozilgan kartochka bo`lsa, o`sha ishtirokchi o`yinni boshlaydi. Mabodo ikki yoki undan ortiq ishtirokchiga shundoy holat yuz bersa, bu vaqtda so`z turkumlarining tartibi asosida ish yuritiladi (ot,sifat, son, olmosh, va hokazo). O`yin qaysi so`z turkumi bilan boshlansa kartochkaga yozilgan so`z turkumlaridan mosi unga tirkab qo`yiladi. O`quvcilarning qo`lida mos kartochkalar bo`lmasa, jamg`armadan kartochka oladilar va o`yinni davom ettiradilar. O`yin tugagach, xatolar hisobga olinib, muhokama qilingandan so`ng g`olib ishtirokchi aniqlanadi. Shu tariqa qolgan ishtirokchilarning o`rinlari ham belgilanadi va baholanadi. O`z daftarlariga o`yin jarayoni yozib borgan o`quvchilar xatolarni ko`rsatishadi, muhokima qilishadi va xolisona baholashadi.
Dars oxirida o`quvchi o`z fikir-mulohazalarini bildiradi. Muhokamada faol ishtirok etgan o`quvchilar ham rag`batlantiriladi. Qolaversa, o`yinga vazifa sifatida shunday o`yinlar topshiriq qilib berilsa, darsning samarasi oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |