Ishning umumiy tavsifi Mavzuning dolzarbligi


II BOB. ONA TILI TA`LIMIDA FE`L SO`Z TURKUMINI O`QITISHDA NOAN`ANAVIY METODLARNING ROLI



Download 0,94 Mb.
bet13/27
Sana27.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#710289
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
Bog'liq
Ishning umumiy tavsifi

II BOB. ONA TILI TA`LIMIDA FE`L SO`Z TURKUMINI O`QITISHDA NOAN`ANAVIY METODLARNING ROLI
II.1. So`z turkumlarini o`qitishda noan`anaviy metodlarning o`rni.
Har bir o`quvchi to`g`ri javob bilan belgilangan javoblaridagi farqlarni aniqlaydilar va o`zlarini baholaydilar. «Charxpalak» texnologiyasidan foydalangan holda mashg`ulot o`tkazish uchun o`quvchilarga quyidagicha vazifa berish mumkin: Mavzu: Olmosh so`z turkumi. Vazifa: Berilgan gaplardagi olmosh so`z turkumining gapdagi sintaktik vazifasini aniqlash. Misollar: ega, kesim , aniqlovchi, to`ldiruvchi, hol 1. O`zim degan o`zaksiz ketar. 2. Do`st deb siringni aytma, do`stingning ham do`sti bor. 3. Qush uyasida ko`rganini qiladi. 4. Ona yurting omon bo`lsa, rang-u ro`ying somon bo`lmas. 5. Ustoz – bilimli, shogird ilmli. FSMU texnologiyasidan adabiyot darslarida munozarali masalalarni hal etishda, bahs-munozaralar o`tkazishda o`quvchilarning o`quv mashg`ulotlari hamda o`tilgan mavzular, muammolarga nisbatan fikrlarini bilish maqsadida foydalanish mumkin. Bunda o`qituvchi har bir o`quvchiga FSMU texnologiyasining to`rt bosqichi yozilgan qog`oz varaqlarini tarqatadi va o`quvchilar bilan bahs mavzusini belgilab olib, yakka tartibda ularni to`ldirishlarini so`raydi. Bu yerda: F – fikringizni bayon eting. S – fikringiz bayoniga sabab ko`rsating. M – ko`rsatgan sababingizni asoslovchi misol keltiring. U – fikringizni umumlashtiring. Tarqatma materialning taxminiy nusxasi. Vazifa: «Kumushbibining umriga kim zomin bo`ldi?» mavzusi bo`yicha fikrlaringizni bayon eting: Fikr ________________________________ Sabab ______________________________ Misol _______________________________ Umumlashtirish ______________________. Ushbu texnologiyani har bir o`quvchiga yakka tartibda yoki guruhlar o`rtasida ham o`tkazish mumkin. Mashg`ulot o`qituvchi tomonidan muammo bo`yicha bildirilgan fi krlarni umumlashtirish bilan yakunlanadi.
Taqlid so`z — narsalarning tovushi va holatiga taqlidni bildirgan so`zlar. Taqdimot davomida o`quvchilar ilmiy matnni o`qituvchi yordamida tahlil qiladilar. Ilmiy matnlar bilan ishlash murakkab jarayon bo`lib, u o`qituvchi va o`quvchidan ko`p mehnat, ijodkorlikni talab etadi. Agar ilmiy matnni o`rganish texnologiyasi ishlab chiqilmasa, uning mazmunini o`zlashtirish qiyin bo`ladi. Matnni oddiygina o`qish va uning mazmunini so`zlab berish usuli bilan o`zlashtirib bo`lmaydi. Shu bois yuqoridagidek usullarni qo`llash maqsadga muvofiqdir. So`ng darslikdagi 39-mashq og`zaki, 40-mashq yozma bajariladi. Shunday ilmiy matnlardan yana biri 7-sinf ona tili darsligidan o`rin olgan. Bu matn “Ismlar haqida” deb nomlanadi. Mazkur matn “Ismlarning munosabat shakllari” mavzusi tarkibida berilgan. Matn yuzasidan topshiriq quyidagicha: “Ismlar haqida” matnini o`qing. Mazmunini so`zlab bering. Ushbu ilmiy matnni o`quvchilarga o`rgatishda ularning faolligini oshirish usullaridan foydalanish maqsadga muvofi q bo`ladi. Darsning kirish qismida o`quvchilar 4 guruhga bo`linadi. Bir o`quvchi tomonidan matn ifodali o`qilgach, har bir guruhga alohida topshiriq beriladi. 1-guruh. Matndan foydalanib “Idrok xaritasi” metodi asosida “So`z turkumlari” jadvalini tuzing. 2-guruh. Matndan foydalanib “Ismlar”ni “Klaster” metodi asosida izohlab bering. 3-guruh. Matndan foydalanib “Klaster” metodi asosida “Egalik, kelishik, ko`plik shakllari bilan o`zgaradigan so`zlar”ni ifodalab bering. 4-guruh. Matnda berilgan so`zlardan foydalanib ismlarga oid atamalar lug`atini tuzing. Guruhlarning tayyorgarligi uchun 3 daqiqa vaqt ajratiladi. Guruhlar taqdimoti. Bugungi kunda umumta’lim maktablarining o`quv dasturiga kiritilgan mavzularni o`zlashtirishning muqobil usullari yaratilmoqda, o`quvchilarni fikrlashga, izlanishga undovchi muammoli ta’lim usuli keng qo`llanilmoqda. Bu usulning asosiy maqsadi ta’lim jarayonida o`quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirish, shuningdek, olgan bilimlarini hayotiy dalillar va voqealar bilan qiyoslash va shu asosda to`g`ri xulosalar chiqarishni o`rgatishdan iborat. Mazkur usulning asosiy mezoni muammoli vaziyat bo`lib, ushbu vaziyatni hal qilishda muammoli holatni tashkil qilish nihoyatda muhim. Muammoli holat o`tiladigan mavzudan oldin o`quvchilarning bilimlarini yuzaga chiqaruvchi muammoli savollar bilan qisqa suhbat tarzda kechadi. Bu savollar o`rganiladigan mavzuning mazmunini qamrab olmog`i yoki savol qisqa bo`lsa-da, keyingi savolning tug`ilishi uchun zamin hozirlashi, uzviy va mantiqiy bog`lanishi kerak. Mashg`ulot jarayonida muammoli holatni tashkil qilishda, avvalo, o`qituvchidan ham nazariy, ham amaliy bilim, tajriba, ko`nikma talab qilinadi. Eng muhimi, tanlab olingan savollarda mantiqiy mushohada ko`zga tashlanib turishi lozim. O`quvchi berilgan savollarga javobni maktab darsliklaridan oladi. Hal qilinishi lozim bo`lgan muam mo uchun darslik ma’lumotlari, tabiiyki, yetarli emas. Shu bois o`quvchiga qo`shimcha ma’lumotlar (ommaviy axborot vositalari, mustaqil o`qish uchun tavsiya qilingan adabiyotlar)dan samarali foydalanish yo`llarini qidirib topish tavsiya etiladi. Shuningdek, o`quvchilar saviyasini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish, ijodiy izlanuvchanlik qobiliyatini tarbiyalash uchun imkoniyat yaratiladi. Bundan tashqari ular o`z nuqtayi nazarlarini erkin ifodalay olish ko`nikmasiga ega bo`ladi. Shu o`rinda adabiyot darslarida qo`llaniladigan muam moli ta’lim usuli natijasiga e’tibor beraylik. Ma’lumki, og`zaki ijod namunalari, xususan, maqollar xalq tarixi kabi qadimiy bo`lib, muayyan davr xususiyatini o`zida aks ettiradi. Bu janr ko`p asrlik hayotiy tajribalar, dolzarb kundalik kuzatishlar xulosasini tugal fikr tarzida ifodalar ekan, ularni tahlil qilgan, mag`zini chaqqan o`quvchi har bir so`zda ma’no xilma-xilligini anglay boshlaydi. Eng muhimi, xalqimizga xos ijodkorlik tuyg`usi o`quvchi qalbiga ko`chadi.
Ma’lumki, til ta’limida har bir darsdan kutiladigan natija o`quvchilarda nazariy bilimlarni amaliy qo`llash ko`nikmalarini hosil qilish hamda ularning og`zaki va yozma nutq malakalarini shakllantirib borishga qaratilishi kerak. Buning uchun o`quvchilarni nafaqat o`rganilgan nutqiy jarayonlarni to`g`ri qo`llay olish, balki o`ziga xos birikmalar tuzish orqali o`z fikrini mustaqil va ijodiy ifodalashga o`rgatib borish kerak bo`ladi. Bu til ta’limida to`rt asosiy amal: tinglab tushunish, o`qish, so`zlash, yozish amallarini birgalikda va har bir dars jarayonida teng taqsimlangan tarzda qo`llashni taqozo etadi. Bunda, ayniqsa, mavzuga mos video va audiomateriallardan foydalanishning amaliy ahamiyati nihoyatda katta bo`ladi. Chunki bir vaqtning o`zida ko`rib, eshitib va o`qib qabul qilingan materialgina o`quvchi xotirasida mahkam o`rnashadi. Tilni o`zlashtirganlik ko`rsatkichi, avvalo, ta’lim oluv chining o`zi o`rganayotgan tilda aytilgan nutqni eshi tib tushunishi va unga javob bera olishi bilan ba holanadi. Shu bois xorijiy tillar ta’limida audio va videomaterial lardan foydalanish keng yo`lga qo`yilgan bo`lib, hatto video materiallar va audiodisklar ilova qilingan o`quv-metodik qo`llanmalar ham chop etilmoqda. Til o`rganuvchilar uchun o`quv videolavhalar va ularga mos matnlar ilova qilingan videomateriallar, o`quv mashg`ulotlarida videokurslar, fi lmlardan foydalanish mavzusi yoritilgan bir qator tadqiqot ishlari mavjud. Afsuski, hozirgi kungacha o`zbek tilini boshqa millat vakillariga o`rgatish bo`yicha maxsus audio va videomate riallar majmuasi ishlab chiqilmaganligi, video materiallarni o`quv mashg`ulotlarida qo`llash metodikasi bo`yicha maxsus tadqiqot ishlari olib borilmaganligi tufayli dars jarayonida bu kabi autentik materiallardan samarali foydalanish kuzatilmayapti. O`zbek tilini fan sifatida o`qitishda audio va videomateriallardan foydalanish ta’lim samaradorligini oshirishning muhim omillaridan biridir. O`quvchilarning o`zbek tilidagi og`zaki nutqi talab darajasidan ancha pastligi, ko`p hollarda ularning o`zbek tilidagi spetsifi k nutq tovushlarini to`g`ri talaffuz qilmasliklarini jiddiy xato deb qabul qilinmayotgani hech kimga sir emas. Aynan audiomateriallar va tinglab tushunish mashqlari o`rganilayotgan tildagi nutqni asliyatda eshitish va shu orqali og`zaki talaffuzni yaxshilash imkonini beradi. Videolavhalar esa nafaqat nutqiy, balki til o`rganuvchilarning sotsiolingvistik va pragmatik qobiliyatlarini ham shakllantirishga xizmat qiladi. Videomateriallar vositasida turli nutqiy mavzular va vaziyatlarga oid voqea-hodisalar bilan kengroq tanishtirish nafaqat o`quvchilarning lug`atini boyitish, balki ko`rilgan lavhalar asosida o`z fi krini mustaqil bayon qilishga ham sharoit yaratadi. O`zbek tilini ekran orqali o`rgatish, avvalo, ta’lim oluvchining fanga qiziqishini uyg`otish, har tarafl ama bilim olish, dunyoqarashini kengaytirishga yordam beradi. Biroq videolavhalarni ko`rsatishdan maqsad faqat film tomosha qilishdan iborat bo`lib qolmasligi kerak.
Videodarslarning ta’limiy samaradorligini oshirish o`quv dasturiga mos maxsus videomateriallar tizimini hamda har bir videomaterialni taqdim etish yuzasidan maxsus metodik ko`rsatmalar, ya’ni darsning ta’limiy maqsadiga mos keladigan topshiriqlar tizimini ishlab chiqishni talab etadi. Taniqli metodist olima O.P.Bikovaning fikricha, “har qanday videolavha kamida uch asosiy jihatga ega bo`- lishi kerak: – taqdimot birligi sifatida tanlangan lavha; – mavzu yuzasidan o`quvchilarga taqdim qilinadigan bilimlar; – taqdimotdan keyin o`quvchilarning og`zaki va yozma nutqida faollashtirish ko`zda tutiladigan nutqiy ko`nikmalar”1. Metodist olimning ta’kidlashicha, videomateriallarga bu tarzda yondashish katta amaliy ahamiyatga ega. Videodarslarda namoyish uchun tanlanadigan lavha, uning hajmi o`qituvchi tomonidan aniq rejalashtirilishi zarur. Odatda, o`qituvchilar uchun qisqa hajmdagi videomateriallar bilan ishlash osonroq bo`ladi. Agar lavhaning hajmi kengayib ketsa, bu darsning ta’limiy maqsadidan chetga chiqib ketishga olib keladi. Ya’ni V.G.Kostomarov ta’kidlaganidek, “videomaterialning haddan ziyod keng va tasvirlarga boy bo`lishi o`quvchini dars mazmunidagi asosiy fikrdan chalg`itishi mumkin”. Videolavhalarni qisqa hajmda, muayyan qismlarga bo`lgan holda taqdim etishning amaliy ahamiyati katta. Chunonchi, darsning kirish qismida mavzuga oid videolavhadan parcha namoyish qilish va o`zaro suhbat tashkil etish o`quvchilarni psixologik jihatdan yangi mavzuga to`liq jalb etishga yordam beradi. So`ngra berilgan savollar yoki tayanch so`z va birikmalar asosida suhbat tashkil etish, uni og`zaki muhokama qilish, leksik-grammatik topshiriqlar bo`yicha yozma tahlillar o`tkazish videolavha mazmunini chuqur o`zlashtirish imkonini beradi. Samarali natijaga erishish uchun ba’zan lavhani takroran namoyish qilish ham mumkin. Ayrim metodistlar fikricha, tanaffus vaqtida videolavhani qo`yib, o`quvchilarni yolg`iz qoldirish, qo`ng`iroq chalingach, o`quvchilardan ekranda nimani ko`rganliklarini so`rash ham auditoriyada til muhitini yaratishga xizmat qiladi va psixologik jihatdan katta ta’sir kuchiga ega bo`ladi. V.Vegvari videomateriallar bilan ishlashning 3 bosqichli tizimini tavsiya qiladi: tayyorgarlik bosqichi, film namoyishi, namoyishdan keyingi bosqich. Uning fikricha, birinchi – tayyorgarlik bosqichida beriladigan axborot mazmuni va tili o`quvchilarning tilga doir va umumiy tayyorgarlik darajasiga mos bo`lishi kerak 1Бикова Р. О. Ko`rsatilgan asar, 40-52 betlar. 2Костамаров В.Г. Ko`rsatilgan asar, 34 -bet.
Ikkinchi bosqichda esa videolavha bo`yicha berilgan topshiriqlar orqali o`quvchilarning tinglab tushunish va gapirish ko`nikmalarini rivojlantirish ko`zda tutiladi. Film namoyishidan keyingi bosqich o`quvchilarning nutqiy qobiliyatsini shakllantirishga yo`naltirilishi kerak. O.P.Bikova birinchi va ikkinchi bosqichlarni ketma-ketlikda o`tkazish, uchinchi bosqichdan ko`zlangan maqsadga erishish muayyan mashq va topshiriqlar bajarishni taqozo etishini qayd qilib, videomateriallar bilan ishlashning kengaytirilgan 6 bosqichli tizimini tavsiya etadi: 1. Tayyorgarlik bosqichi. Bu mavzu yuzasidan qisqa kirish suhbati o`tkazish yoki berilgan matnni o`qitishdan iborat bo`ladi. O`quvchilarga avvaldan ushbu mavzuga tayyorgarlik ko`rib kelish uy vazifasi sifatida topshirilishi ham mumkin. 2. Videolavhani namoyish qilish. Bu bosqichda videomaterial diqqat bilan kuzatiladi, berilgan savollar asnosida qisqa savol-javob o`tkaziladi. 3. Lavhani yana bir bor ko`rish. Bu jarayonda ko`rilgan matn mazmunini eslab qolish, ayrim tayanch so`z va birikmalarni yozib olish amali bajartiriladi. 4. Tayanch so`z va birikmalar asosida matnni tiklash yoki ijodiy matn tuzish. 5. Tuzilgan matnlarni o`qish, berilgan savollarga javob berish. 6. Tasvirlardagi milliy-madaniy xususiyatlarni aniqlash va tahlil qilish. Ushbu bosqich o`quvchilarda sotsiolingvistik va pragmatik qobiliyatni shakllantirishga, o`quvchilarning o`rganilayotgan til madaniyati bilan kengroq tanishishiga yordam beradi. So`nggi bosqichda o`qituvchi o`quvchilarni ko`zda tutilgan maqsad tomon yo`naltirib turishi, ayrim noto`g`ri izohlarni to`g`rilab borishi lozim. Shuningdek, o`quvchilarni yangi tayanch so`zlar bilan tanishtirish, xususan, milliy-madaniy leksikaga oid so`zlarni alohida sharhlab borishi kerak bo`ladi. Olimaning fi kricha, ta’lim jarayonidan kelib chiqib, yuqoridagi bosqichlarni qisqartirish mumkin. Biroq bunda 1-, 2- va so`nggi 6-bosqichlar, albatta, saqlab qolinishi kerak. Hozirgi kunda Vatan, obod turmushimiz, onalar, ustozlar haqida qator qo`shiqlar kuylanib ularga videokliplar ishlangan. O`zbek tili darslarida ulardan ijodiy foydalanish imkoniyati mavjud. Bunda 1-tayyorgarlik bosqi chida, jumladan, Vatan haqidagi qo`shiqlarning mavzusi, ularda istiqlolning sharafl anishi, bugungi kunimizga shukronalik haqida o`qituvchining qisqacha kirish so`zi tinglanadi yoki darslikda shu mavzuda berilgan matnlardan biri o`qitiladi. So`ngra tanlangan videoklip namoyish qilinadi va qo`shiq tinglanadi. Qo`shiq matni muallifi va uning ijrochisi haqida berilgan qo`shimcha savollar asosida suhbat tashkil etiladi. Uchinchi bosqichda videoklipni yana bir bor ko`rish va qo`shiq matnini eslab qolish, ayrim tayanch so`z va birikmalarni yozib olish amalga oshiriladi. So`ngra tayanch so`z va birikmalar asosida qo`shiq matnini tiklash, notanish leksika ustida ishlash amali bajartiriladi. So`nggi bos qichda qo`shiq birgalikda ijro etiladi, qo`shimcha savollar asosida video klip mazmuni tahlil qilinadi. “Toshkentim – onam”, “Namanganning olmasi” qo`shiqlari shu bosqichli ketma-ketlik asosida o`rgatildi va samarali natijaga erishildi. Videomateriallar bilan ishlashni darsdan tashqari mustaqil ishlar sifatida davom ettirish nihoyatda samarali natija beradi. Jumladan, o`quvchilarga Vatan haqidagi qo`shiqlarni tinglash, ulardan birini yozib olishni uy vazifasi sifatida topshirish mumkin. O`zbek tili darslari samaradorligini oshirish maqsadida 2011-yilda ilk tajriba sifatida uzviylashtirilgan o`quv dasturidagi 5-sinf mavzularining 40 foizi uchun audiomatnlar va videolavhalar ishlab chiqildi, 2013-yilda 6-sinf va 7-sinf “O`zbek tili” darsliklaridagi mavzularning 70 foizi uchun videolavhalar majmuasi tayyorlangan. O`zbek tili fanidan birinchi marta 6–7-sinfl ar uchun “O`zbek tili” darsliklarida bevosita darslikdagi mavzular va topshiriqqa mos ravishda 17 ta videolavhadan iborat videodisk majmuasi yaratildi. Mavjud metodik adabiyotlardan farqli ravishda 6–7-sinfl ar uchun o`zbek tilidan metodik qo`llanmalardagi dars ishlanmalarida audio va videomateriallardan darsning qaysi bosqichida va qay tarzda foydalanish yo`l-yo`riqlari ham bayon etildi. Bunday materiallarni darslik va metodik qo`llanmalarga ilova qilib berish o`qituvchini dasturga mos tayyor materiallar bilan ta’minlashga, darslarning qiziqarli, jonli, axborotlarga boy shaklda o`tishiga imkon berishi, shubhasiz. Xususan, audiomatnlar o`quvchilarga o`zbekcha nutqni tinglash, qayta eshitish, takrorlash, birgalikda so`zlash vositasida o`z nutqini mustahkamlashga yordam beradi. Afsuski, ushbu tayyor materiallarni darslik va metodik qo`llanmalarga ilova qilib berish taklifi ni amalga oshirish imkoni bo`lmay turibdi. Albatta, texnika vositalaridan dars jarayonida foydalanish o`qituvchidan ijodkorlikni, izlanishni talab etadi. Shu bois o`qituvchining o`zi ham mavzuga mos videomateriallarni tanlashi va yuqorida qayd qilingan 3 bosqichli yoki 6 bosqichli usuldan dars jarayonida samarali foydalanishi mumkin. Bu dars samaradorligining o`sishiga, o`quvchilarni fanga qiziqtirishga va ularning mustaqil fikrlashini o`stirishga, dunyoqarashini kengaytirishga yordam beradi.
Tishunoslik bo`limlarni o`rganishda ilmiy matnlar, asosan, topshiriq sifatida berilgan. Ilmiy matnlar daliliy ma’lumot asosida chiqarilgan ilmiy xulosalarga (ta’rif-qoidalarga) egaligi, atamalarning keng qo`llanishi bilan boshqa matnlardan ajralib turadi. Matnni quyidagi usullarga tayanib tahlil qilish maqsadga muvofiq: Ilmiy matn tahlilining didaktik maqsadi ijodiy fikrlovchi shaxsni tarbiyalash, o`quvchini ta’lim jarayonining subyektiga, o`qituvchini esa bu jarayonning boshqaruvchisiga aylantirishdir. Quyida ana shunday ilmiy matnlar bilan ishlashning ayrim usullarini havola qilamiz. 6-sinf “Ona tili” darsligida “Morfologiyaga kirish” mavzusida topshiriq berilgan. Ushbu topshiriq guruhlararo musobaqa usulida bajariladi. O`quvchilar 4 ta guruhga bo`linadi. Dastlab matnni bir o`quvchi o`qiydi, qolgan o`quvchilar uning mazmunini so`zlab berishadi. So`ng ushbu matn bo`yicha olingan bilimni mustahkamlash maqsadida guruhlarga bir xil kitob, qalam, gul, olma suratlari tushirilgan rasmlar beriladi, lekin ularning topshiriqlari turlicha bo`ladi. 1-guruhga topshiriq: Rasmda berilgan surat nomlarining har biriga xos atash ma’nolarini izohlashga harakat qiling. Javob: Olma — olma daraxti, olma daraxti mevasi. Gul — manzarali o`simlik gulbargi. Kitob — biror matn yozilgan varaqlardan iborat, muqovalangan bosma asar. Qalam — yozish, chizish uchun mo`ljallangan o`quv quroli. 2-guruhga topshiriq: Rasmdagi surat nomlarining atash ma’nosini o`rganadigan tilshuno
Ma’lumki, milliy ta’lim amaliyotiga interfaol usullar tobora chuqur kirib bormoqda. O`qitishga interfaol usullarni joriy etishda tayaniladigan muhim ilmiy-metodik tamoyillardan biri ta’lim jarayoni qatnashchilari o`rtasidagi hamkorlikni ta’minlashdan iboratdir. Hayotda bo`lgani kabi o`qish va o`qitish jarayonida ham birgalikda qilingan faoliyat ko`proq samara beradi. Birgalikdagi ta’lim pedagogik hamkorlik demakdir. Faqat bunda o`quvchilar bilan o`qituvchi orasidagi hamkorlik bilan birga o`quvchilar bilan o`quvchilar orasidagi sheriklik ta’minlanishi kerakligi ko`zda tutiladi. Birgalikdagi ta’limni yo`lga qo`yishda o`quv guruhi bir nechta kichik guruhlarga bo`linadi va har bir guruh a’zolari o`ziga tegishli o`quv muammosini to`la hal etgunga qadar ishlaydi. Bunday yo`sinda ish tashkil etilganda “Kemaga tushganning joni bir” naqliga amal qilinadi: yo guruhdagi barcha o`quvchilar muammoni yechishga erishadi, yoxud ularning hammasi yomon baho oladi. Hamkorlikdagi ta’limning odatdagi o`qitish usulidan asosiy farqi shundaki, individual ta’limda har bir o`quvchi faqat o`zini biladi, atrofi dagilar bilan ishi bo`lmaydi. Bilimli o`quvchi boshqalarning ham o`zi kabi bo`lishidan manfaatdor emas. Hamkorlikdagi ta’limda esa guruhdagi har bir o`quvchining to`liq o`zlashtirishi nafaqat uning o`zi, balki guruh a’zolarining hammasi uchun ham katta ahamiyatga ega bo`ladi. Hamkorlikda amalga oshirilgan ta’lim nafaqat oson va qiziqarli, balki samarali hamdir. Chunki ko`pdan yaxshi, to`g`ri va yangi fi krlar ko`p chiqishi mumkinligi isbot talab etilmaydigan haqiqat. Qolaversa, hamkorlikdagi ta’lim o`quvchilarning intellektual rivojiga ta’sir qilibgina qolmay, ularning ma’naviy o`sishini ham tezlashtiradi. Zero, jamoachilik tuyg`usi, bir-biriga yelkadoshlik hissi o`quvchilarda ezgu axloqiy sifatlarning yuzaga kelishiga ham sabab bo`ladi. Birgalikdagi ta’lim teran va mustahkam bilim olishdan tashqari bir qancha afzalliklarga ega: 1. Birgalikdagi ta’lim o`quvchilarda axborotlarga tanqidiy yondashuv va o`z qarashlarini asoslash ko`nikmasini shakllantiradi. Chunki bunda har qanday fikr boshqalarnikiga solishtirilib, muammoga tatbiq qilib ko`rilgachgina o`qish jarayoniga jalb etiladi. 2. Birgalikdagi ta’lim o`quvchilarning ijodiy qobiliyatini o`stiradi. Guruhlarning ayrim a’zolari ko`pincha o`quv muammosini yechishga doir o`ta original, boshqa bir sharoitda esga ham kelmaydigan fikrlarni o`rtaga tashlaydi. Bu hol, tabiiy ravishda, guruhdagi boshqa o`quvchilarni ham ijodiy fikrlashga undaydi. Negaki, birgalikda ishlanganda o`quvchilar nafaqat tafakkur, balki tuyg`ularini ham kuchli darajada zo`riqtiradilar. Bu hol ularda ijodiy qobiliyatni o`stiradi.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish