Bob bo`yicha qisqacha xulosa
Xulosa o`rnida shuni aytish mumkinki, o`quvchilarga shaxs sifatida yondashish, o`quv mashg`ulotlarini tashkil qilish, nostandart, interfaol shakllarni har bir o`qituvchi ishining mezoniga aylanishini ta’minlaydi. Davlat umumta’lim andozalari, ya’ni o`qitish mazmuni o`quvchilar bilimini baholash, reyting tizimi – olingan bilimlarni baholash usuli amaliyotda qo`llanilishi dars-ta’lim jarayoniga yangicha ruh va mazmun baxsh etadi. Pedagogik texnologiya asosida o`tkazilgan mashg`ulotlar yoshlarning muhim hayotiy yutuq va muammolariga o`z munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini rivojlantirib, ularni fi krlashga, o`z nuqtayi nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi. Hozirgi davrda sodir bo`layotgan innovatsion jarayonlarda ta’lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o`zlashtirish va o`zlashtirgan bilimlarini o`zlari tomonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustaqil va erkin fi krlaydigan shaxslar kerak.
Xullas, ona tili darslarida o`quvchilar badiiy matnning til xususiyatlari, badiiy tasvir vositalari, obrazlilikni vujudga keltirish sir-asrorlari bilan tanisha borib, o`zlarida ham ijod qilish istagi paydo bo`ladi, bu istak intilishga aylanib boradi. Ijodiy ishlar, ijodiy matn yaratish mashqlari ana shu intilishga quvvat beradi.
Birgalikdagi ta’lim o`quvchilarda ta’lim mazmuniga nisbatan ijobiy munosabat uyg`otadi. Unda o`quvchilar o`qish birgalikda amalga oshirilganda, hal etilmaydigan didaktik muammo deyarli bo`lmaydi va mavzuni oson o`zlashtirishga erishadilar.
Ta’limda “Keys” texnologiyasidan texnologiyada mavzuni qaysi yo`nalishdagi ta’lim sohasi bilan bog`lab olib borish, darsda hal qilinishi zarur bo`lgan muammo, amalga oshiriladigan vazifalar, fikrlar xilmaxilligi asosida chiqariladigan xulosa oldindan aniqlab olinadi. Darsning rejasi, maqsadi, o`qitish usul va shakllari, bosqichlari, o`quvchilarning dars jarayonidagi faoliyati belgilanadi. O`quv topshiriqlari ishlab chiqiladi. O`quvchilar o`quv adabiyotlari va tahlil uchun kerakli matnlar bilan ta’minlanadi. Masalan, “Kirish so`zlar, kirish birikmalar va kiritma gaplar” mavzusini “Ijtimoiy fanlar” yo`nalishidagi ixtisoslikka bog`lab o`tish mumkin. Bunda kirish so`zlarning gap bo`laklari bilan grammatik jihatdan bog`lanmasligi, lekin gapga mazmunan aloqadorligi, so`zlovchining fikrga bo`lgan munosabatini ifodalashi, ular ning ilmiy adabiyotlarda qayd etilgan ma’nolarini misollar asosida aniqlashtirish muammosi qo`yiladi. Ona tili ta`limida “Keys” texnologiyasidan foydalanish samarali natijalar bermoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |