Ishning umumiy tavsifi Mavzuning dolzarbligi


I. 3.Ona tili ta`limida videomateriallardan foydalanish



Download 0,94 Mb.
bet9/27
Sana27.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#710289
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
Bog'liq
Ishning umumiy tavsifi

I. 3.Ona tili ta`limida videomateriallardan foydalanish
Videodarslarning ta’limiy samaradorligini oshirish o`quv dasturiga mos maxsus videomateriallar tizimini hamda har bir videomaterialni taqdim etish yuzasidan maxsus metodik ko`rsatmalar, ya’ni darsning ta’limiy maqsadiga mos keladigan topshiriqlar tizimini ishlab chiqishni talab etadi. Taniqli metodist olima O.P.Bikovaning fikricha, “har qanday videolavha kamida uch asosiy jihatga ega bo`- lishi kerak: – taqdimot birligi sifatida tanlangan lavha; – mavzu yuzasidan o`quvchilarga taqdim qilinadigan bilimlar; – taqdimotdan keyin o`quvchilarning og`zaki va yozma nutqida faollashtirish ko`zda tutiladigan nutqiy ko`nikmalar”1.
dist olimning ta’kidlashicha, videomateriallarga bu tarzda yondashish katta
1Быкова О.П.Учебные модули для работы с видеоматериалом. // Русский язык за рубежом, 2009, №2, С. 34.
amaliy ahamiyatga ega. Videodarslarda namoyish uchun tanlanadigan lavha, uning hajmi o`qituvchi tomonidan aniq rejalashtirilishi zarur. Odatda, o`qituvchilar uchun qisqa hajmdagi videomateriallar bilan ishlash osonroq bo`ladi. Agar lavhaning hajmi kengayib ketsa, bu darsning ta’limiy maqsadidan chetga chiqib ketishga olib keladi. Ya’ni V.G.Kostomarov ta’kidlaganidek, “videomaterialning haddan ziyod keng va tasvirlarga boy bo`lishi o`quvchini dars mazmunidagi asosiy fikrdan chalg`itishi mumkin”1. Videolavhalarni qisqa hajmda, muayyan qismlarga bo`lgan holda taqdim etishning amaliy ahamiyati katta. Chunonchi, darsning kirish qismida mavzuga oid videolavhadan parcha namoyish qilish va o`zaro suhbat tashkil etish o`quvchilarni psixologik jihatdan yangi mavzuga to`liq jalb etishga yordam beradi. So`ngra berilgan savollar yoki tayanch so`z va birikmalar asosida suhbat tashkil etish, uni og`zaki muhokama qilish, leksik-grammatik topshiriqlar bo`yicha yozma tahlillar o`tkazish videolavha mazmunini chuqur o`zlashtirish imkonini beradi. Samarali natijaga erishish uchun ba’zan lavhani takroran namoyish qilish ham mumkin. Ayrim me todistlar fi kricha, tanaffus vaqtida videolavhani qo`yib, o`quvchilarni yolg`iz qoldirish, qo`ng`iroq chalingach, o`quvchilardan ekranda nimani ko`rganliklarini so`rash ham auditoriyada til muhitini yaratishga xizmat qiladi va psixologik jihatdan katta ta’sir kuchiga ega bo`ladi. V.Vegvari videomateriallar bilan ishlashning 3 bosqichli tizimini tavsiya qiladi: tayyorgarlik bosqichi, film namoyishi, namoyishdan keyingi bosqich. Uning fi kricha, birinchi – tayyorgarlik bosqichida beriladigan axborot mazmuni va tili o`quvchilarning tilga doir va umumiy tayyorgarlik darajasiga mos bo`lishi kerak. Ikkinchi bosqichda esa videolavha bo`yicha berilgan topshiriqlar orqali o`quvchilarning tinglab tushunish va gapirish ko`nikmalarini rivojlantirish ko`zda tutiladi2. Film namoyishidan keyingi bosqich o`quvchilarning nutqiy qobiliyatsini shakllantirishga yo`naltirilishi kerak. O.P.Bikova birinchi va ikkinchi bosqichlarni ketma-ketlikda o`tkazish, uchinchi bosqichdan ko`zlangan
1Костомаров В.Г. Рассуждение о формах текста в общении. М., 2008. B. 22.
2 Qarang: Вегвари B. Новые технологии в обучении русскому языку филологов Венгрии (на основе видео). Автореф. ... канд. филол. наук. М., 1998, 8-11 betlar.
maqsadga erishish muayyan mashq va topshiriqlar bajarishni taqozo etishini qayd qilib, videomateriallar bilan ishlashning kengaytirilgan 6 bosqichli tizimini tavsiya etadi: 1. Tayyorgarlik bosqichi. Bu mavzu yuzasidan qisqa kirish suhbati o`tkazish yoki berilgan matnni o`qitishdan iborat bo`ladi. O`quvchilarga avvaldan ushbu mavzuga tayyorgarlik ko`rib kelish uy vazifasi sifatida topshirilishi ham mumkin. 2. Videolavhani namoyish qilish. Bu bosqichda videomaterial diqqat bilan kuzatiladi, berilgan savollar asnosida qisqa savol-javob o`tkaziladi. 3. Lavhani yana bir bor ko`rish. Bu jarayonda ko`rilgan matn mazmunini eslab qolish, ayrim tayanch so`z va birikmalarni yozib olish amali bajartiriladi. 4. Tayanch so`z va birikmalar asosida matnni tiklash yoki ijodiy matn tuzish. 5. Tuzilgan matnlarni o`qish, berilgan savollarga javob berish. 6. Tasvirlardagi milliy-madaniy xususiyatlarni aniqlash va tahlil qilish1. Ushbu bosqich o`quvchilarda sotsiolingvistik va pragmatik qobiliyatni shakllantirishga, o`quvchilarning o`rganilayotgan til madaniyati bilan kengroq tanishishiga yordam beradi. So`nggi bosqichda o`qituvchi o`quvchilarni ko`zda tutilgan maqsad tomon yo`naltirib turishi, ayrim noto`g`ri izohlarni to`g`rilab borishi lozim. Shuningdek, o`quvchilarni yangi tayanch so`zlar bilan tanishtirish, xususan, milliy-madaniy leksikaga oid so`zlarni alohida sharhlab borishi kerak bo`ladi. Fikrimizcha, ta’lim jarayonidan kelib chiqib, yuqoridagi bosqichlarni qisqartirish mumkin. Biroq bunda 1-, 2- va so`nggi 6-bosqichlar, albatta, saqlab qolinishi kerak. Hozirgi kunda Vatan, obod turmushimiz, onalar, ustozlar haqida qator qo`shiqlar kuylanib ularga videokliplar ishlangan. O`zbek tili darslarida ulardan ijodiy foydalanish imkoniyati mavjud. Bunda 1-tayyorgarlik bosqichida, jumladan, Vatan haqidagi qo`shiqlarning mavzusi, ularda istiqlolning sharaflanishi, bugungi kunimizga shukronalik haqida o`qituvchining qisqacha kirish so`zi tinglanadi yoki darslikda shu mavzuda berilgan matnlardan biri uqitiladi. So`ngra tanlangan videoklip namoyish qilinadi va qo`shiq tinglanadi. Qo`shiq matni muallifi va uning ijrochisi haqida berilgan qo`shimcha savollar asosida suhbat tashkil etiladi. Uchinchi bosqichda videoklipni yana bir bor ko`rish va qo`shiq matnini eslab qolish, ayrim 1Qarang: Бикова Р. О. Ko`rsatilgan asar, 40-52 betlar.
tayanch so`z va birikmalarni yozib olish amalga oshiriladi. So`ngra tayanch so`z va birikmalar asosida qo`shiq matnini tiklash, notanish leksika ustida ishlash amali bajartiriladi. So`nggi bos qichda qo`shiq birgalikda ijro etiladi, qo`shimcha savollar asosida video klip mazmuni tahlil qilinadi. “Toshkentim – onam”, “Namanganning olmasi” qo`shiqlari shu bosqichli ketma-ketlik asosida o`rgatildi va samarali natijaga erishildi. Videomateriallar bilan ishlashni darsdan tashqari mustaqil ishlar sifatida davom ettirish nihoyatda samarali natija beradi. Jumladan, o`quvchilarga Vatan haqidagi qo`shiqlarni tinglash, ulardan birini yozib olishni uy vazifasi sifatida topshirish mumkin. O`zbek tili darslari samaradorligini oshirish maqsadida ilk tajriba sifatida uzviylashtirilgan o`quv dasturidagi 5-sinf mavzularining 40 foizi uchun audiomatnlar va videolavhalar ishlab chiqildi. Keyin esa 6-sinf va 7-sinf “O`zbek tili” darsliklaridagi mavzularning 70 foizi uchun videolavhalar majmuasi tayyorlandi. O`zbek tili fanidan birinchi marta 6–7-sinflar uchun “O`zbek tili” darsliklarida bevosita darslikdagi mavzular va topshiriqqa mos ravishda 17 ta videolavhadan iborat videodisk majmuasi yaratildi. Mavjud metodik adabiyotlardan farqli ravishda 6–7-sinflar uchun o`zbek tilidan metodik qo`llanmalardagi dars ishlanmalarida audio va videomateriallardan darsning qaysi bosqichida va qay tarzda foydalanish yo`l-yo`riqlari ham bayon etildi. Bunday materiallarni darslik va metodik qo`llanmalarga ilova qilib berish o`qituvchini dasturga mos tayyor materiallar bilan ta’minlashga, darslarning qiziqarli, jonli, axborotlarga boy shaklda o`tishiga imkon berishi, shubhasiz. Xususan, audiomatnlar o`quvchilarga o`zbekcha nutqni tinglash, qayta eshitish, takrorlash, birgalikda so`zlash vositasida o`z nutqini mustahkamlashga yordam beradi. Afsuski, ushbu tayyor materiallarni darslik va metodik qo`llanmalarga ilova qilib berish taklifi ni amalga oshirish imkoni bo`lmay turibdi. Albatta, texnika vositalaridan dars jarayonida foydalanish o`qituvchidan ijodkorlikni, izlanishni talab etadi. Shu bois o`qituvchining o`zi ham mavzuga mos videomateriallarni tanlashi va yuqorida qayd qilingan 3 bosqichli yoki 6 bosqichli usuldan dars jarayonida samarali foydalanishi mumkin. Bu dars samaradorligining o`sishiga, o`quvchilarni fanga qiziqtirishga va ularning mustaqil fikrlashini o`stirishga, dunyoqarashini kengaytirishga yordam beradi.
Ilg`or pedagogik texnologiyalar umumiy o`rta ta’lim maktablari 5–9-sinf “Ona tili” darsliklarida tilshunoslikning fonetika, grafika, leksikologiya, orfografiya, orfoepiya, grammatika (morfologiya va sintaksis), uslubshunoslik kabi bo`limlari o`rganiladi. Mazkur bo`limlarni o`rganishda ilmiy matnlar, asosan, topshiriq sifatida berilgan. Ilmiy matnlar daliliy ma’lumot asosida chiqarilgan ilmiy xulosalarga (ta’rif-qoidalarga) egaligi, atamalarning keng qo`llanishi bilan boshqa matnlardan ajralib turadi. Matnni quyidagi usullarga tayanib tahlil qilish maqsadga muvofi q: Ilmiy matn tahlilining didaktik maqsadi ijodiy fikrlovchi shaxsni tarbiyalash, o`quvchini ta’lim jarayonining subyektiga, o`qituvchini esa bu jarayonning boshqaruvchisiga aylantirishdir. Quyida ana shunday ilmiy matnlar bilan ishlashning ayrim usullarini havola qilamiz. 6-sinf “Ona tili” darsligida “Morfologiyaga kirish” mavzusida topshiriq berilgan. Ushbu topshiriq guruhlararo musobaqa usulida bajariladi. O`quvchilar 4 ta guruhga bo`linadi. Dastlab matnni bir o`quvchi o`qiydi, qolgan o`quvchilar uning mazmunini so`zlab berishadi. So`ng ushbu matn bo`yicha olingan bilimni mustahkamlash maqsadida guruhlarga bir xil kitob, qalam, gul, olma suratlari tushirilgan rasmlar beriladi, lekin ularning topshiriqlari turlicha bo`ladi. 1-guruhga topshiriq: Rasmda berilgan surat nomlarining har biriga xos atash ma’nolarini izohlashga harakat qiling. Javob: Olma - olma daraxti, olma daraxti mevasi. Gul — manzarali o`simlik gulbargi. Kitob - biror matn yozilgan varaqlardan iborat, muqovalangan bosma asar. Qalam - yozish, chizish uchun mo`ljallangan o`quv quroli. 2-guruhga topshiriq: Rasmdagi surat nomlarining atash ma’nosini o`rganadigan tilshunoslik bo`limi haqida fi kr bildiring. Javob: So`zlarning borliqdagi ma’lum narsa, belgi-xususiyat, harakat-holatlarini bildirishi ularning atash ma’nolari yoki lug`aviy ma’nolari deyiladi. Bunday ma’nolarni o`rganuvchi bo`lim leksikologiya hisoblanadi. 3-guruhga topshiriq: Rasmda berilgan suratlarning nomini savollar yordamida umumiy ma’nosidan kelib chiqib, qaysi so`z turkumiga mansubligini aniqlang. Olma — nima? Ot :gul - nima? Ot; kitob - nima? Ot: qalam - nima? Ot 4-guruhga topshiriq: Rasmda ifodalangan so`zlarga quyidagi qo`shimchalardan mosini qo`ying va izoh lang. Qo`shimchalar: -lar, -ni, -im, -dan, -ga. Olmalarni - olma+ lar+ni. Kitobga, kitoblar. Qalamlar, qalamga. Gullarim -gul+lar+im. To`rtala guruh taqdimoti asosida quyidagi jadval hosil bo`ladi.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish