Ishning umumiy tavsifi
Mavzuning dolzarbligi. Har bir xalqning tili uning asrlar davomida shakllangan, puxtalanib, leksik-grammatik qurilishi sayqallanib, me’yorlashgan eng noyob va mukammal boyligidir. Ijtimoiy hayotda bo`ladigan har bir yangilik, o`zgarish dastlab xalqning tilida aks etar ekan, unda xalqning o`tmishi va buguni, kelajagi , yashash tarzi, ma’naviy boyligi aks etadi. Shuning uchun o`z tilining taraqqiy etishi va kelajagi uchun jon kuydirgan millatgina porloq istiqboldan umidvor bo`lishga haqlidir. O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov o`zining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida ona tilimizning rivojlanishiga, uning Davlat tili sifatida mamlakatimiz ichki va tashqi hayotida qo`llanish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga alohida e’tibor qilgan edilar. Haqiqatdan ham yurtboshimiz ta’kidlaganidek, «biz ajdodlardan avlodlarga o`tib kelayotgan bebaho boylikning vorislari sifatida ona tilimizni asrab-avaylashimiz, uni boyitish, nufuzini yanada oshirish ustida doimiy ishlashimiz zarur. Ayniqsa, fundamental fanlar, zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalari, bank-moliya tizimi kabi o`ta muhim sohalarda ona tilimizning qo` llanish doirasini kengaytirish, etimologik va qiyosiy lug`atlar nashr etish, zarur atama va iboralar, tushuncha va kategoriyalarni ishlab chiqish, bir so`z bilan aytganda, o`zbek tilini ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish milliy o`zlikni, Vatan tuyg`usini anglashdek ezgu maqsadlarga xizmat qilishi shubhasiz».1
“ Uzluksiz ta`lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta`lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlarga mos yuqori kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish”2 masalasi kun tartibida turar ekan. Barcha fanlarning ibtidosi bo`lgan ona tilini o`qitishning sifatini yanada oshirish bugunning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Shu bois ham nafaqat ona til, balki til o`qitish metodikasi o`qitish metodikasi doirasi juda keng va rang-barang. Buyuk istiqlol tufayli bu doira yana ham kengayib va tarmoqlanib bormoqda. Chunki mustabid davrida yozilgan darsliklar bilan mustaqillik davri yoshlarini tarbiyalab bo`lmasligi haqida Birinchi Prezidentimiz o`zining 1997-yilda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni qabul qilish munosabati bilan “Barkamol avlod-O`zbekiston taraqqiyotining poydevori “mavzusida qilgan ma’ruzasida alohida takidlagan edi.Haqiqatan, mustaqillikdan oldingi davrida yozilgan barcha darsliklarda ruslashtirish siyosati alomatlari baralla ko`zga tashlanib turar edi.Ularni istiqlol mafkurasi talablariga moslashtirish, darsliklarda, xususan o`zbek tili darsliklarida milliy ruhni olib kirish va uni o`quvchi ongiga yetkazish masalasi bugunning dolzarb muammolaridan sanaladi.Til ta’limida audiovezual vositalardan va dasturlashdan o`quvchida nutq ko`nikmalarini shakllantirish, testlash, qoliplash va yana ko`plab zamonaviy metodlari mavjud.Shu metodlardan ta’limda keng foydalanilayotgani ham ayni haqiqat.
Do'stlaringiz bilan baham: |