5-mavzu: Fundamental tadqiqotlar. Fundamental tadqiqotlarda voqeylik
hodisalari va qonunlari haqida yangi bilim olish imkoniyati.
Reja:
1.
Fundamental tadqiqotlar.
2.
Fundamental tadqiqotlarda voqeylik hodisalari va qonunlari haqida
yangi bilim olish imkoniyati.
Fundamental tadqiqotlar- bu olib boriladigan tadqiqotning
mavjudligi tahlili,
tabiiy rivojlanish qonun va qonuniyatlarini aniqlash, jamiyat, inson, ular o‘rtasidagi
o‘zaro aloqadorlikni ochib berish, mavjud qonun va qonuniyatlar haqidagi bilimlarni
chuqurlashtirishdan iborat. Fundamental tadqiqotlar natijasida yangi qonun va
qonuniyatlar, yangi kategoriyalar paydo bo‘lishiga, ularning amaliyotda qo‘llanish
yo‘llari va tamoyillari ishlab chiqish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Izlanuvchi mehnati mahsuli, kollektiv faoliyati va fundamental izlanuvchilar
ijrochilarining tadqiqot natijalari yangilik yaratganliklari haqidagi rasmiy xujjatlar,
mualliflik huquqini tasdiqlovchi patentlar,
monografiyalar, maqolalar, o‘quv
qo‘llanmalar, hisobotlar va ilovalarda o‘z aksini topadi. Bu ishlar ilm-fanni bevosita
ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirish uchun ishlatiladi, oliy ma’lumotli kadrlar
tayyorlashda, yuqori malakali mutaxasislar tayyorlashda, amaliy ish sifatida ko‘rib
chiqilib, ushbu nazariyalarni kelajakda rivojlantirib, ularni amaliyotga qo‘llashga
harakat qilinadi.
Ilmiy – texnika
taraqqiyotini, umuman ilmiy tadqiqotni amalga oshirish juda
murakkab jarayon hisoblanadi. SHuning uchun ob’ekni prognozlash uchun eksper
usullaridan keng qo‘llaniladi. Ayni vaqtda usul tanlash ob’ektning xususiyatidan
kelib chiqadi.
Fundamental tadqiqotlarni prognozlashda ishlab
chiqarishda hozirgacha
bo‘lgan holat tahlil qilinadi, hal etilmagan muammolar ko‘rsatiladi, mavjud
muammolarni echimi yo‘llari va vujudga kelgan yangi muammolar ko‘rsatiladi, ular
ilm, fan tadqiqotlar yordamida o‘z echimlarini topadilar.
SHuni hisobga olish
kerakki, fundamental izlanishlarni prognozlashda, har 5 yilda natijalarni yangilash,
prognoz qilingan natijalarni joriy natijalar bilan taqqoslash kerak, prognoz qilingan
natijalarga amaldagi natijalarni sun’iy ravishda tenglashtirish maqsadga muvofiq
emas, chunki fundamental tadqiqotlar ilm fanning o‘zagi, asosiy tayanchi
hisoblanadi.
Fundamental tadqiqotlar. Fundamental tadqiqotlar
voqelik hodisalari va
qonunlari haqida yangi bilim olishga qaratiladi. Ular biron-bir amaliy maqsadlarga
erishishni bevosita ko‘zlamaydi. Bu erda tadqiqotchini haqiqat o‘z-o‘zicha
qiziqtirmaydi, u mazkur haqiqatning tagiga etish qanday foyda keltirishi
mumkinligini bilmasdan uni izlaydi. Fundamental tadqiqotlar ikki xil: epirik va aniq
maqsadga qaratilgan bo‘ladi.
Aniq maqsadga qaratilgan fundamental tadqiqotda ilmiy izlanish yo‘nalishi
aniq belgilangan bo‘ladi va tadqiqotchilardan qo‘yilgan maqsadlarga erishish
yo‘lidan og‘maslik talab etiladi. Odatda, bunday
tadqiqot muayyan tashkilot
tarkibida, jamoa bo‘lib amalga oshiriladi. Unda jamoa ishiga ma’muriy rahbarlik
qilish tizimi ulkan rol o‘ynaydi. Ixtisoslashtirilgan ilmiy guruhlar, laboratoriyalar,
bo‘limlar tashkil etiladi, ularning faoliyati muvofiqlashtiriladi. Agar tadqiqot yo‘li
lozim darajada aniq bo‘lsa, uni rejalashtirish, har bir
bosqichda olinishi kerak
bo‘lgan natijalarni hamda buning uchun zarur texnika va moddiy vositalarni nazarda
tutish imkoniyati paydo bo‘ladi.