O` q i t u v ch i: “Mana, fe’l va fe’l nisbatlari haqida to`plagan ma’lumotlarimizni yana bir marta sinovdan o`tkazib oldik. “ Inspektorlar “va “Kriminalistlar “ guruhi tekshiruv jarayonida fe’l nisbatlarining izini aniqladilar. Bu iz bizni “Fe’l qasri “ ga boshlab keldi.
Iye, qasrning darvozalari qulf –ku ! Demak, fe’l nisbatlarini topish uchun eng avvalo, qasrning darvozalarini ochishimiz kerak. Quyidagi muammoli topshiriqni hal qilmagunimizcha qasrning darvozasi ochilmaydi. Topshiriqlarning biri – mana bu rebus”.
O`quvchilar fil, nina, barg, qush uyasining rasmlari asosida rebusni yechganlaridan so`ng bosh darvoza ochildi. O`qituvchi o`quvchilarni qasr hovlisiga boshlab kirdi.
O` q i t u v ch i: “Iy,qasrning ichidagi xonalarga kirishning iloji yo`q-ku! Qasrda 5 ta xona bor, lekin ularning eshiklari berk. Ha, ularni mana bu kalitlar bilan ochamiz. Mana bu yerga qarang. Nuqtalar o`rniga kalitlar, ya’ni qo`shimchalarni to`g`ri joylashtirsangiz, qasr xonalarining eshiklari ochiladi”.
1 –eshik:
Dunyoda oqilona so`z va yaxshi nomdan boshqasi unut .. adi.
Bilim bilan saodat yo`li och … adi.
2-eshik:
Tarbiyasiz odam jonsiz jasadga o`xsha ..di.
Tashqarida shamol kucha …di.
3-eshik:
Ko`kda miltillagan yulguzlar ko`p…di.
2 Qandaydir ovoz eshit…di.
4-eshik:
Husniya va Lobar kirib kel …di.
Dugonam bilan sir … dik.
5-eshik:
Ilmsizlik kishini tubanlash … adi.
To`g`ri bo`l, to`g`ri ish qil, to`g`ri deb nom chiq … .
O`quvchilar nuqtalar o`rniga kerakli kalitlarni qo`yib chiqdilar.
O` q i t u v ch i: “ Hurmatli o`quvchilar, qasr xonalarining eshiklari ochildi. Faqat bitta lekini bor. Biz hozircha bu eshiklardan ichkarida kirolmaymiz. Chunki ostonalarga kuchli elektr toki ulangan simlar tortilgan.Simlarni tok manbaidan uzishimiz kerak. Qasr devoriga diqqatingizni tortmoqchiman. Qasr peshtoqida mustaqil O`zbekistonimizning bayrog`i va gerbi tasvirlangan. Hozir shu tasvir asosida izohli diktant o`tkazamiz. Sizning vazifangiz gaplarni yozib olish va birinchi gapdagi hoshiya, ikkinchi gapdagi Humo so`zlariga izoh berishgan iborat bo`ladi:
Bayroqning o`rtasidagi oq rangli enning chetlaridan teng qizil hoshiyalar o`tkazilgan.
Gerbning markazida qanotlarini keng yozgan humo qushi tasvirlangan.
O`quvchilar hoshiya va humo so`zlariga quyidagicha izoh berishadi:
1-o` q u v ch i: “Hoshiya deganda biz daftarlar va kitoblarimizning bir tomonidan ma’lum hajmda qoldiriladigan joyni tushunamiz. Yozuv daftarlarimizda hoshiya qizil chiziq bilan belgilab qo`yiladi”.
2-o` q u v ch i: “Humo qushi baxt va erksevarlik ramzi hisoblanadi. U-afsonaviy qush. Bu qush haqidagi ma’lumotlarni biz ko`proq ertaklarda va afsonalarda uchratamiz. Biror mamlakatga podsho saylash uchun dono odamlar Humo qushini kimning boshiga qo`nsa, o`sha odamni podsho qilib belgilaganlar”.
Do'stlaringiz bilan baham: |