Mustahkamlash:
Mavzuni mustahkamlash maqsadida “Test –lotto” oyoini quyidagicha o`tkaziladi:
Dastlab o`quvchilarga testlar slayd orqali ko`rsatiladi. Guruh a`zolari o`zaro kelishib, ushbu testlarning taxminiy kalitini qog`ozga yozib, o`qituvchiga topshiradi. Song slayddagi testlarning to`g`ri javobini ko`rib, o`zining taxminiy kalitini qog`ozga yozib, o`zining taxminiy javoblarini tekshirib olishadi.
1. Hozirgi- kelasi zamon fe`lini aniqlang.
A. Yaponiyaning ba`zi orollarida quyonlar daraxtda yasharkan.
B. Dam olamiz, o`ylaymiz, fikrlaymiz, topamiz.
C. Mard, aqlli insonlargina kechirim so`raydi.
D. B va C javoblari to`g`ri.
2. Kelasi zamon turi nechta?
A.3
B.4
C.2
D.5
Test kaliti:
1.D. 2.C.
Dars yakunida eng yaxshi husnixat egasini aniqlash uchun guruhlar o`zaro fikrlashib, har bir guruhdan nomzodlarning ismi-sharifini “SMS varaqasi”ga yozib, o`qituvchiga topshiradi. G`olib guruh o`quvchilari baholanib, rag`batlantiriladi.
Bob bo`yicha xulosa
Ma`lumki, millatning milliyligi uning ona tilini qay darajada o`zlashtirganligida namoyon bo`ladi. Milliy ta’lim amaliyotiga interfaol usullar tobora chuqur kirib borgan sayin unga qo`yilgan talablar ham kun sayin ortib bormoqda. O`qitishga interfaol usullarni joriy etishda tayaniladigan muhim ilmiy-metodik tamoyillardan biri ta’lim jarayoni qatnashchilari o`rtasidagi hamkorlikni ta’minlashdan iboratdir. Hayotda bo`lgani kabi o`qish va o`qitish jarayonida ham birgalikda qilingan faoliyat ko`proq samara beradi. Bu jarayonni boshqa fanlar qatori ona tili ta`limida ham qo`llash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, til sathining barcha bo`limlarini o`qitishda bu metod yaxshi natija beradi. Bu turdagi ta’lim o`quvchilarning intellektual rivojiga ta’sir qilibgina qolmay, ularning ma’naviy o`sishini ham tezlashtiradi. Zero, jamoachilik tuyg`usi, bir-biriga yelkadoshlik hissi o`quvchilarda ezgu axloqiy sifatlarning yuzaga kelishiga ham sabab bo`ladi.
Ta`limda an`anaviy metodlar bilan bir qatorda noan`anaviy metodlardan foydalanish ko`p yillardan beri metodist olimlar sinovidan o`tgan metodlar hisoblanadi. So`z turkumlari jumladan, fe`l so`z turkumini o`qitishda bir qaor interfaolmetodlardan foydalanish yaxshi samara beradi. Biz mazkur bitiruv malakaviy ishimizda fe`l zamonlari va fe`l nisbatlari, bo`lishli v abo`lishsiz fe`llar bo`yicha amaliyotda sinovdan o`tgan dars jarayonlarini aks ettirgan ishlanmalarni tavsiya etdik. Shuningdek dars jarayonlarida foydalanish uchun f`e`l so`z turkumi yuzasidan tezkor savol va javoblarni ham tavsiya etdik.
Xullas, ona tili darslari jarayonida noan`aviy metodlardan foydalanish oqituvchi va o`quvchi uchun ham har tomonlama foydali hisoblanadi. Bu esa bugungi tezkor davr talablariga javob beradi, deb o`ylaymiz. Ushbularni amalga oshirish o`qituvchi va o`quvchining o`z ustida ko`proq ishlashini hamda zamon bilan hamnafas bo`lishda muhimvazifani yuklashi vazifasini yukllaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |