Талаб ва таклиф назарияси



Download 55 Kb.
bet1/2
Sana11.04.2022
Hajmi55 Kb.
#542419
  1   2
Bog'liq
Мавзу 5.НАРх




Narxning va uning vazifalari.

Kishilar biror narsani xarid etishdan oldin albatta uning narxini so`raydilar, umuman narx bilan kizikadilar uning sababi shuki ular o`z puliga nima olish mumkinligini chamalab ko`rishadi, chunki tovarning arzon yoki qimmat bo`lishi xaridor iste`molini belgilaydi. Narx orqali har bir bozor ishtirokchisi o`z faoliyatini belgilaydi. U bozorning tartibga solinishida katta o`rin egallaydi. Narx har birimizning manfaatimizga taalluqli bo`ladi. Narx qancha yuqori bo`lsa demak buyum qimmat uni sotib olish uchun ko`p pul talab etiladi narx arzon bo`lsa aksincha nisbatan pul kam kerak bo`ladi. Narx shaxsiy tushunchagina emas balki ijtimoiy kategoriyadir. Narxlar har bir kishining tovar xarid qilishi yoki sotishiga ta`sir qilibgina qolmay barcha iqtisodiy jarayonlarni ham tartibga soladi.


Narx va uning o`sish darajasiga qarab bozordagi vaziyatga, talab taklifga, mamlakatdagi iqtisodiy holatiga ta`rif berish mumkin.
Narx bir tomondan nozik moslashuvchan vosita bo`lsa, ikkinchi tomondan iqtisodiyotni boshqarishning bozor mexanizimning qudratli quroli. Narx tarixiy kategoriya bo`lib uning vujudga kelishi pulning vujuga kelishi bilan bog`liq.
O`z iqtisodiy mazmuniga ko`ra narx-navo milliy daromadni taqsimlash va ayriboshlash jarayonlari orqali jamiyat bilan uning ayrim a`zolari o`rtasidagi munosabatlarni ifodalaydi. Xalq iste`mol tovarlari chakana narxda iste`mol qilish uchun aholiga sotiladi. Bozorlarda narx talab taklifning ta`siri ostida tashkil topadi.
Narx orqali yalpi ijtimoiy mahsulot va milliy daromadning taxsimlashning proportsiyalariga ta`sir ko`rsatadi. Ishlab chiqaruvchilar bilan iste`molchilarning moddiy manfaatlarini bir biriga bog`laydi. Aholining farovonligini o`stirishning muhim iqtisodiy vositasi bo`lib xizmat qiladi. Bozor iqtisodiyotida narxlar talab va taklif asosida vujudga keladigan erkin bozor narxlari bo`lib mahsulot ishlab chiqaruvchilar bilan iste`molchilarni bir biriga bog`laydi. Bozor iqtisodiyoti mavjud jamiyatda narx iqtisodiy dastak tariqasida amal qiladi. Narx shunday iqtisodiy vositaki uning ta`sirida iqtisodiyot rag`batlantiriladi, narx oshib ketishi yoki pasayishi tovar ishlab chiqaruvchilar olgan foyda miqdorini o`zgartiradi, foydaning qilingan sarf xarajatlarga nisbatan yuqori yoki past bo`lishini ta`minlaydi. Narxlar ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda fan texnika taraqqiyotini tezlashtirishda xalq xo`jalik mutanosibligini takomillashtirishda ishlatiladi. Iqtisodiyot nazariyasi darsliklari va o`quv qo`llanmalarida narxlarni shaklantirsh to`g`risida turli fikrlar talqinlar qilinadi. Klassik siyosiy iqtisod maktabi vakillari g`oyalarida hamda siyosiy iqtisodiyot darsliklarida narxning asosini qiymat tashkil qiladi deb ko`rsatilgan bo`lsa, marjinalizm yo`nalishidagi va hozirgi davrdagi P.Samuelson Makkonel va S.Bryullarning Ekonomiks kitobida tovar narxining asosini uning nafliligi tashkil qiladi deb ko`rsatadilar. Boshqa bir gurux olimlari esa narx talab va taklif asosida tashkil topadi deb ilgari suradilar. Bu fikr ko`proq bozor iqtisodiyotidan kelib chiqqan holda bo`lishi mumkin chunki bozor iqtisodiyotida narxlar erkin liberallashti-rilgan va shunga asosan narxlar ko`proq talab va taklif asosida tashkil topadi.
Sh.Shodmonov, R.Alimov, T.Jo`raev o`zlarining “Iqtisodiyot nazariyasi”1 nomli darslik kitobida narx real bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar xizmatlarining ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasidir deb xulosa qiladilar.
Yuqoridagi narx to`g`risidagi fikr va g`oyalar asosida yakun qilish mumkinki narx har qanday tovar qiymatini puldagi ifodasi, bunda talab va taklif xarajatlar yig`indisi, naflilik raqobat va boshqa omillar turadi. Demak narx alohida olingan ishlab chiqaruvchilarning individual sarflari emas yoki alohida olingan yakka shaxslarning tovarning nafligiga bergan narx ham emas u jamiyat tomonidan tan olingan ijtimoiy sarflar va jamiyat uchun zarur bo`lgan miqdorda va sifatda yaratilgan tovarlar ifodasining narxi, talab va taklif asosida tashkil topgan mexnat harajatlar yig`indisini pulda ifodalanishidir.
Narx umuman ishlab chiqarish korxonalarni, xo`jalik sub`ektlarni, o`rta va xususiy biznes korxona va tadbirkorlarni faoliyat yuritishida, ularning harajatlarini qoplashida muhim iqtisodiy mexanizm bo`lib turadi.

Tovarlar qiymati ularning nafliligi narxda namoyon bo`ladi, tovarlarning xarid qilinishi uning nafliligi va shu bilan birga qiymatini xam tan olishni bildiradi. Ijtimoiy qiymat tushunchasining o`zi biror tovarning jamiyat uchun nafliligi qadr-qimmatga egaligini ko`rsatadi. Narxlar mazmunini aniqlashda tovardagi mana shu ikki xil xususiyatning birligi yangi iste`mol qiymat va qiymatni o`zida aks ettishi narxning moddiy asosi bo`ladi. Tovardagi ikki xususiyat bir vaqtning o`zida tan olinmasa u pulda ifodalanmasa oldi-sotdi sodir bo`lmaydi. Chunki tovarning qiymati tomonida sotuvchining manfaati, nafliligi (iste`mol qiymati), ikkinchi tomonida esa xaridorning manfaati yotadi. Tovar egasi o`z tovari uchun ketgan sarflarni qoplash ma`lum darajada ko`proq foyda olishni ta`minlashga intilsa xaridor iloji boricha sarf qilinayotgan pulning xar bir birligiga ko`proq iste`mol qiymatiga ega bo`lishiga harakat qiladi. Ularning manfaatlari to`g`ri kelgan nuqtada narx o`rnatilib tovar oldi-sotdi jarayoni sodir bo`ladi. Bunday tovarning narxi ma`lum bir iqtisodiy jarayonni ifoda etuvchi mustaqil iqtisodiy tushuncha ekanligi tovarning ikki xususiyatiga asoslanishini ular bilan chambarchas bog`liqlikda o`zgarishini ko`rish mumkin. Bulardan xulosa qilib aytish mumkinki narx real bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasidir. Qiymatning bozordagi ko`rinishi tovarning yaratilishida moddiylashgan va jonli mehnat sarf etiladi. Ularning yig`indisi qiymatni yaratadi. Qiymat tovarni yaratishga ketgan ijtimoiy zaruriy mehnat sar-fi, aniqrog`i extiyojni qondira olganligi sababli bozorda tan olingan mehnat sarfidir.


Narxning mazmunini to`laroq tushinish, uning darajasiga ta`sir etuvchi omillarni bilish muxim ahamiyatga egadir. Bulardan asosiylari: qiymat yoki ishlab chiqarish sarflari, tovarning naflilik darajasi shu tovarga talab va taklif nisbati: raqobat xolati: davlatning iqtisodiy siyosati va boshqalar. Bu omillar ichida tovar qiymati va nafliligi uning narxini belgilovchi asos bo`lib xizmat qiladi. Boshqa omillar esa narxning ijtimoiy qiymat bilan ijtimoiy naflilik miqdori atrofida tebranib turishi mumkin. Demak narxning shakllanishida asosiy omillardan biri qiymat ekan, qiymat tovarga sarflangan mehnatni ifoda etadi. Tovarni ishlab chiqarishdan tortib iste`molchiga etkungacha bo`lgan mexnat sarflari ishtirok etadi. Mehnat sarfi kishilarning talabini qondiradigan darajada bo`lishi lozimdir. Kishilarga kerakli tovarlarni yaratish uchun zarur me`yorda sarflangan mexnat qiymatni yaratadi. Befoyda sarflanib, zoe ketgan mehnat keragidan ortiqcha miqdorda sarflanib, extiyoj qondira olmaydigan tovarlarga ketgan mehnat qiymat bo`la olmaydi. Kishilar tan oladigan mexnat qiymatni hosil qiladi va ularga asos bo`ladi. Mehnatni tan olish yoki tan olmaslik bozorda tovarning sotilishi yoki sotilmasligida aniq bo`ladi. Xaridor bozorda o`zi uchun eng zarur nafli tovarni sotib oladi. Tovarni naf keltirish xususiyati xaridorning didiga to`g`ri kelishi, uning extiyojini to`la qondira olishi va umuman iste`mol jarayonida xaridor to`la qoniqish hosil qilishi kabilar bilan belgilanadi. Tovarning bu xususiyati, ya`ni naf keltirish xususiyati qanchalik kuchli bo`lsa, narxi ham shunga yarasha yuqori bo`ladi. Lekin naflilikning chegarasi bor, u iste`molni to`yinishi bilan belgilanadi. Bundan keyin narx pasayib boradi, ya`ni zaruriy miqdor chegarasidan keyin talab susayadi, tovarning nafligi pasayadi. Masalan issiq kunda bir stakan gazli suvni 150 so`mga olib ichib bo`lgandan keyin chanqoqlik bosilishi bilan iste`molchi uchun bu suvni nafligi pasayadi, chunki insonda suvga qoniqish bo`ldi, shundan so`ng suvni narxi xam kamayadi. Demak, naflikning narxga ta`siri ma`lum vaqtgacha bo`lib uning davomida narx oshishi va keyin esa pasayishi bo`ladi.
Demak, talab qilingan tovarning bozor narxi bilan uning miqdori o`rtasida ma`lum nisbat mavjud bo`ladi, ya`ni ularni talab darajasi kam bo`ladi. Va aksincha, narx qancha past bo`lsa, sotib oluvchilar soni va sotib olingan tovarlar miqdori shuncha ko`p bo`ladi. Tovarlarning yuqori narxda bo`lishi bilan ularni faqat puldor kishilar sotib olsa, narxlarning pasayishi bilan yangi xaridorlarni jalb qilishga imkoniyat yaratiladi. Bozor narxini o`zgartirish orqali raqibni bozordan siqib chiqarib, o`z mavqeini mustahkamlab oladi. Bir turdagi yoki o`rinbosar tovarlar egalari raqobatlashganda narxni pasaytirish orqali xaridorni o`ziga jalb qilishga intiladi. Bunda arzon tovar egasi tovar sotilishi ko`payganligidan foyda ko`radi, tovarni qimmatga tushgan soxibkor narxni pasaytirishga iloji bo`lmaganligidan zarar ko`radi. Bozorda o`z tovarlarini sotish shart-sharoitlarini xaridorlar uchun qulaylashtirib raqibni bozordan surib chiqarish bilan narxini belgilab olishi mumkin. Bunda tovar narxi, pa-saytirilmaydi, balki xaridorga muayyan yoki imtiyozli xizmatlar ko`rsatiladi. Masalan tovarni eltib berish uni xaridor didiga moslab berish, tovarni ishlashi yuzasidan bepul maslaxat berish amalga oshiriladi. Narxni pasaytirish orqali vaqtincha oz foydaga xam rozi bo`lish bozorda obro` qozonib, mavqe` mustahkamlanadi, bu esa kelajakda katta foyda olish imkonini ta`minlaydi.
Narxsiz raqobat kurashining asosiy omili tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, servis xizmat ko`rsatish va ishlab chiqaruvchi firmaning obro`-e`tibori hisoblanadi. Narxlarni raqobatsiz va raqobatli bozorda tashkil topishi to`g`risida Robert Pindayk, Daniel` Rubinfel`d o`zlarining «Mikroiqtisod»2 o`quv qo`llanma kitoblarida mukammal raqobatli bozorda ko`p xaridor va sotuvchilar mavjud, shu sababli alohida olingan ayrim xaridor yoki sotuvchi narxga katta ta`sir eta olmaydi deb yozadilar. Qishloq xo`jaligi maxsulotlari bozorning ko`pchiligi mukammal raqo-batli bozorga yaqin turadi, masalan minglab fermerlar bug`doy etishtiradilar, uni esa minglab xaridorlar sotib oladilar, natijada hech bir fermer bug`doy narxiga jiddiy ta`sir eta olmaydi.
Bozorlarda xaridorlar va sotuvchilar o`rtasidagi oldi-sotdi ma`lum narxlarda yuz beradi. Raqobatli bozorda odatda bitta narx ustunlik qiladi, bu tovarning bozor narxi deyiladi. Albatta tovarning bozor narxi vaqt o`tishi bilan o`zgaradi, hatto tez o`zgaradi. Ayniqsa keng iste`mol tovarlari bo`lmish bug`doy, soya, kofe, neft`, oltin, kumush yoki tilingan yog`och-taxta materialari narxi bir kun yoki xafta davomida keskin ortishi yoki pasayishi mumkin. Narxning muvozanatini ta`minlash vazifasi talab va taklif muvozanati orqali amalga oshib, bozordagi talab hajmi yoki taklifning shunga mos kelishini ta`minlaydi. Narx orqali amalga oshadigan muvozanat tovarlarni yig`ilib qolmay sotilib ketishi, shu bilan birga tovar taxchilligiga yo`l qo`ymaydi. Bu muvozanat iste`molchilarning o`z daromadlariga yarasha tovar sota olishlari va ishlab chiqaruvchilarning talabiga asosan ish hajmini belgilab faoliyat ko`rsatishlari va foyda olishini ta`minlaydi. Muomala orqali ishlab chiqarish bilan iste`mol o`rtasida tenglik o`rnatiladi.
Demak, narx bozordagi talab va taklifning hajmi tartibiga ta`sir etish orqali ularni muvozanat holatiga keltiradi va natijada bozor muvozanati yuzaga keladi. Lekin shuni ta`kidlab o`tish lozimki mamlakatimizda 1990 yillarga kelib narx-navoning nomunosib tizimi tarkib topgan edi. U ayrim mintaqalar va hududlar o`rtasida adolatli muqobil ayirboshlashni ta`minlay olmas edi. Xom-ashyo qishloq xo`jaligi mahsulotlarini narxi odatda pasaytirib yuborilgan, ishlov beruvchi va qayta ishlovchi tarmoqlar va tovarlarning narxlari esa sun`iy ravishda oshib yuborilgan edi. Qishloq xo`jaligi mahsulotinig narxi real mehnat sarfi va talabga mos kelmaydigan darajada pasaytirilganligi natijasida ko`plab xo`jaliklarning zarar ko`rib ishlashi rejalashtirilgandi. Ular o`z joriy harajatlarini yillar davomida qoplay olmas, dehqonning og`ir mehnatiga yarasha xaq to`lay olmas, barcha zarur narsalar – texnika, urug`lik, moddiy resurslar ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun mablag` bilan o`zlarini ta`minlay olmas edi. Bunday ahvolda mehnat qilishga, erga, texnikaga, paxtaga, bug`doy va qishloq xo`jalik mahsulotlariga avaylab munosabatda bo`lishni ta`minlaydigan ta`sirchan moddiy rag`batlantirish usullari ish bermay qo`ydi.
Narxlarning darajasi va o`zaro nisbati ko`pgina iqtisodiy va sotsial shart-sharoitlar asosida belgilanishi lozimdir. Bu shart-sharoitlar bozor iqtisodiyotida o`zgarmoqda . Narxlar o`z vazifasini bajarish uchun ijtimoiy mexnat sarfini taqqoslashi, ayirboshlashning ekvivalenti bo`lishi, xalq xo`jaligining manfaatlarini ustun bo`lishini ta`minlashi ishlab chiqarishni rag`batlantirish talab bilan taklifning o`zaro nisbatini tartibga solishi bozorda muvozanat bo`lishini ta`minlanishi lozim. Ishlab chiqarishda narxlar iqtisodiy voqelikni passiv aks ettirmay-di, balki unga faol ta`sir ko`rsatadi, u sotsial iqtisodiy rivojlanishini muqarrar jadallashishga ta`sir etadi, resurslardan samarali foydalanishiga olib boradi.
Mamlakat iqtisodiyotida narx stabil bo`lishi qat`iy belgilangan, aholini sotib olish darajasida bo`lishi lozim.
Mamalakatimiz iqtisodiyotidagi ayrim mahsulotlar va xizmatlar narxi keyingi 10 yil ichida 1000-2000 marta oshganligini ko`rish mumkin. Narx-navo o`zgarishi va oshib borishi bir necha sabab va oqibatlar natijasida sodir bo`lmoqda. Ayniqsa kichik va o`rta biznesni bozorga kirib borishida ma`muriy to`siqlarni bo`lishi va import tovarlarga bojxona to`lovlari va bilvosita soliqlarni o`sib borishi o`z navbatida narxlarni oshishiga olib kelmoqda.
Narx aholini kam daromad oluvchi ayrim qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish vazifasini ham bajaradi.
Bozor munosabatlariga qiyinchiliklarsiz va ijtimoiy ziddiyatlarsiz bir tekisda o`tib bo`lmasligi ko`p mamlakatlar tajribasidan ma`lum edi. Shu sababli odamlarni ijtimoiy himoyalash bo`yicha kuchli ehtiyot chora-tadbirlari oldindan ko`rilib borildi va amalga oshirildi. Miqdori muntazam o`zgartirilib turilgan ish xaqi, pensiyalar, stipendiyalar, turli nafaqalar, tovon to`lash, ayrim imtiyozlar va turli dotatsiyalar ko`rinishidagi to`lovlar keng qo`llanildi. Korxonalarning o`z xodimlariga ijtimoiy yordam ko`rsatish sohasidagi xarajatlaridan bir qismi byudjet mablag`lari hisobidan qoplanib borildi. Mamalakatimiz ichki iste`mol bozorini himoya qilish xamda oziq-ovqat maxsulotlari va nooziq-ovqat mollari asosiy turlari iste`molini isloxotlar muayyan darajada saqlab turish chora-tadbirlari ko`rildi. 1992-94 yillarda non va non maxsulotlari go`sht va go`sht maxsulotlari, sut, qand, shakar, o`simlik moyi, kir sovun, bolalarga kerakli ayrim maxsulotlar, kommunal va transport xizmatlari uchun dota-tsiyalar qisman saqlanib qolindi.
Ijtimoiy himoya aniq maqsadli va aholining aniq tabaqalarining qamrab olishi uchun mahalla orqali muxtojlarga yordam berish, ijtimoiy ko`maklashishning, ammo samarali va eng sodda, ochiq yo`li bo`lib qoldi. Mahalla oqsollari, ularning maslahatchilari va faollari mahallada yashovchi har bir oilaning daromad manbaalarini biladilar.

Download 55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish