Qarorlar qabul qilishdagi mustaqillik Samarali va ta’sirchan pul-kredit siyosatini yuritish vazifasi sohaga oid qarorlarni qabul qilishda Markaziy bank mustaqilligini talab etadi. CHunki pul-kredit siyosatida qabul qilingan qarorlar real iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ma’lum vaqt kechikishlar bilan ta’sir etadi va darhol natija bermasligi hamda iqtisodiy va investitsion sharoitlarni qisqa davr davomida qat’iylashtirishi mumkin. SHu nuqtai nazardan, Markaziy bank puxta tahlillarga asoslangan qarorlar qabul qilishi va o‘z qarorlarida sobit turishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Kelgusida qarorlar samaradorligini oshirishda Markaziy bank o‘z faoliyatini makroiqtisodiy sohadagi boshqa davlat idoralari va tarmoq korxonalari bilan muvofiqlashtirib boradi hamda muloqot qilishning konstruktiv usullarini qo‘llashni davom ettiradi.
SHuningdek, Markaziy bank qarorlar qabul qilishda keng qamrovli makroiqtisodiy tahlil va prognozlarga asoslanish hamda ularni doimiy ravishda batafsil tushuntirib borish orqali moliya bozori ishtirokchilari, keng jamoatchilik, Hukumat va boshqa davlat organlari bilan samarali muloqot tizimini shakllantirib boradi.
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash tizimi Inflyasion targetlash rejimining keyingi muhim tamoyili Markaziy bankning makroiqtisodiy tahlil va prognozlash bazasini mustahkamlash hisoblanadi. Markaziy bank o‘rta muddatli istiqbolda keng qamrovli makroiqtisodiy tahlillar va prognozlardan kelib chiqib qarorlar qabul qiladi va narxlar barqarorligini ta’minlashga ustuvor vazifa sifatida e’tibor qaratadi.
O‘z navbatida, inflyasion targetlashda pul-kredit siyosati yo‘nalishini aniqlab olish uchun Markaziy bank makroiqtisodiy holat va tashqi iqtisodiy sharoitlar bo‘yicha o‘z baholashlariga tayanishi kerak. Buning uchun esa pul-kredit siyosatiga ta’sir etuvchi barcha omillarni o‘rganishga xizmat qiladigan mos ichki tizim zarur.
O‘rta muddatli istiqbolda Markaziy bank tomonidan qabul qilinadigan qarorlar sifatini oshirish va ularning har tomonlama asoslanganligini ta’minlash maqsadida makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirishning zamonaviy FPAS tizimi (ingl.FPAS– ForecastingandPolicy AnalysisSystem)amaliyotga joriy etiladi.
Dastlabki bosqichlarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ham boshqa rivojlanayotgan davlatlar markaziy banklari kabi past sifatli statistik ma’lumotlar, modellashtirish bo‘yicha etarli tajribaning mavjud emasligi, makroiqtisodiy ma’lumotlar va prognozlarni ishlab chiqishda o‘zaro muvofiqlikning sustligi hamda pul-kredit siyosatining transmission kanallari rivojlanmaganligi kabi muammolarga duch kelishi mumkin.
SHu munosabat bilan, inflyasiontargetlashgao‘tishga tayyorgarlikbosqichida ushbu muammolarni tezroq echishga alohida e’tibor qaratiladi.