Ichki valyuta bozori tahlili
2018-yilning o‘tgan davrida mamlakatimiz ichki valyuta bozorida talab va taklif muvozanatining shakllanishiga mavsumiy omillar, to‘lov balansi holati, valyuta almashuv kursi bo‘yicha kutilmalar, foiz stavkalari o‘rtasidagi tafovutlar, AQSH dollarining ichki va jahon moliya bozorlaridagi kon’yunkturasi hamda boshqa bir martalik omillar ta’sir ko‘rsatdi.
2018-yilning 9 oyi davomida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan ichki valyuta bozorida sotib olingan xorijiy valyutalar miqdori 7,1 mlrd. AQSH dollari (jami importning 52 foizi, jami eksportning 75 foizi)ni tashkil etdi. Mazkur talabning 28 foizi (2 mlrd. AQSH dollari) Markaziy bankning ichki valyuta bozoriga intervensiyalari hisobiga qoplandi.
Markaziy bank tomonidan ichki valyuta bozorida intervensiyalar almashuv kursining fundamental trendiga ta’sir etmagan holda, uning keskin tebranishlari oldini olish maqsadida amalga oshirib borildi. Bunda oltin-valyuta rezervlari hajmini oshirish yoki ulardan valyuta almashuv kursini ma’lum darajada ushlab turish uchun foydalanish maqsadlari ko‘zlanmadi.
SHuningdek, intervensiyalar hajmida ichki valyuta bozoriga kelib tushadigan xorijiy valyuta tushumlarining mavsumiyligi ta’sirida oylar orasida o‘zgarishlar kuzatildi.
Xususan, 2018 yilning birinchi choragida Markaziy bank tomonidan ichki valyuta bozoriga 600 mln. AQSH dollari (maqsadli sotish miqdoriga yaqin ko‘rsatkich) miqdorida intervensiya qilingan bo‘lsa, ikkinchi choragi davomida intervensiyalar hajmi birinchi chorakdagi ko‘rsatkichning teng yarmini tashkil etdi.
SHuningdek, ichki valyuta bozorida xorijiy valyutaga bo‘lgan talab va taklif orasida katta salbiy farq vujudga kelgan sentyabrь va oktyabrь oylarida esa Markaziy bank intervensiyalari hajmining o‘tgan 8 oydagi o‘rtacha sof intervensiyalar hajmiga (o‘rtacha oylik 158 mln. AQSH dollari) nisbatan mos ravishda 615 va 318 mln. AQSH dollariga oshishi keskin tebranishlarni
(4-rasm).
yumshatuvchi omil bo‘ldi. Natijada oktyabrь oyi oxiriga kelib so‘m devalьvatsiyasi joriy yil boshiga nisbatan 1,3 foizni tashkil qildi (4-rasm).
Manba: Markaziy bank hisob-kitoblari.
SHuningdek, ichki valyuta bozorida xorijiy valyutaga bo‘lgan talab va taklif orasida katta salbiy farq vujudga kelgan sentyabrь va oktyabrь oylarida esa Markaziy bank intervensiyalari hajmining o‘tgan 8 oydagi o‘rtacha sof intervensiyalar hajmiga (o‘rtacha oylik
158 mln. AQSH dollari) nisbatan mos ravishda 615 va 318 mln. AQSH dollariga oshishi keskin tebranishlarni yumshatuvchi omil bo‘ldi. Natijada oktyabrь oyi oxiriga kelib so‘m devalьvatsiyasi joriy yil boshiga nisbatan 1,3 foizni tashkil qildi (4-rasm)
Do'stlaringiz bilan baham: |