MUNDARIJA Kirish………………………………………………………...…………3 Asosiy qism Iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda pul-kredit siyosatining maqsad va tamoyillari……………………………………………………………….
Valyuta bozori va almashuv kursi tahlili ………………….………..1
O’zbekistonda 2019-2021-yillarda makroiqtisodiy rivojlanish va pul – kredit siyosatini amalga oshirish sharoitlari tahlili……………………….
Xulosa………………………………………………………………....28
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………….…..31
Kirish Mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishining yangi bosqichida amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining (kelgusi o‘rinlarda Markaziy bank) maqsad va vazifalari, institutsional tuzilishi tubdan qayta ko‘rib chiqildi. Pul-kredit siyosati mantiqan yangi tamoyillar asosida yuritiladigan bo‘ldi. Xususan, mamlakatda ichki narxlar barqarorligini ta’minlash vazifasi Markaziy bank faoliyatining ustuvor maqsadi sifatida belgilandi.
Valyuta siyosati va pul muomalasini tartibga solish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar, yangi voqelikda makroiqtisodiy sohada shakllanayotgan shart-sharoitlar pul-kredit siyosatida ham muhim o‘zgarishlarning amalga oshirilishiga asos bo‘ldi.
O‘rta muddatli istiqbolda inflyasiyaning past va barqaror darajasi ta’minlanishi makroiqtisodiy mutanosiblikning muhim omili bo‘lib, mamlakatda ijtimoiy holatni yaxshilash, investitsion faollikni rivojlantirish va tarkibiy islohotlarni amalga oshirish uchun zaruriy sharoit yaratadi.
Ichki narxlar barqarorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan uzluksizdavomiypul-kredit siyosatiningyuritilishi aholi va biznes vakillari daromadlari xarid qobiliyatini saqlab qolish, ularning ishlab chiqarish, investitsiya, jamg‘arish va iste’mol borasida qarorlar qabul qilishlari uchun qulay iqtisodiy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.
Iqtisodiyotda ichki narxlar barqarorligini ta’minlash bilan birga Markaziy bank tomonidan mamlakatimizda bank va to‘lov tizimini rivojlantirish borasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar kelgusida iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlab boradi.
Ta’kidlash joizki, faqatgina pul-kredit siyosatida amalga oshiriladigan islohotlar iqtisodiy o‘sishning asosiy manbai bo‘la olmaydi. Pul-kredit choralari asosan qisqa muddatli ahamiyat kasb etib, iqtisodiyotdagi yalpi talab va taklif hajmlaridagi qisqa muddatli tebranishlarni yumshatish va ishlab chiqarish tafovutlariniqisqartirishga xizmat qiladi.
Iqtisodiy o‘sishning fundamental asoslarini mustahkamlash, ishlabchiqarish omillariunumdorliginioshirish, energiya iste’molini pasaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarini diversifikatsiyalash hamda uning tashqi sharoitlarga bog‘liqligini kamaytirish va raqobat muhitini rivojlantirish vazifalari, o‘z navbatida, tizimli tarkibiy islohotlarni va samaralisoliq- byudjetsiyosatini amalga oshirishni taqozo etadi.
Pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlari Markaziy bank uchun o‘rtamuddatliistiqbolda dasturiyhujjathisoblanadi. Ushbu hujjat orqali Markaziy bank keng jamoatchilikka pul-kredit sohasidagi o‘z maqsadlarini e’lon qiladi.
Asosiy yo‘nalishlarda pul-kredit siyosati qaysi tamoyillar va usullar orqali amalga oshirilishi yoritiladi, iqtisodiy rivojlanishning ichki va tashqi sharoitlari hamda inflyasion jarayonlarga baho berilib, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning tahlili va prognozlari keltiriladi.
O‘rta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosatini yuritishda inflyasiya darajasini pasaytirib borish bilan birga inflyasion targetlashrejimiga o‘tish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish Markaziy bankning diqqat-e’tiborida bo‘ladi. SHu nuqtai nazardan, Markaziy bank pul-kredit siyosati o‘rta muddatli istiqbolda “o‘tish davridagi” pul-kredit siyosati rejimida amalga oshirib boriladi.
Kelgusi davrda pul-kredit siyosati oraliq va operatsion maqsadlarini belgilashda istiqbolgayo‘naltirilgan (forward looking approach) tamoyillarga asoslaniladi. Pul-kredit siyosati instrumentlari faqatgina bozor mexanizmlari asosida takomillashtirilib, ularni qo‘llashda moliyaviy aktivlarning narxiga (price based approach) ta’sir etish usullaridan foydalaniladi.
Bunda pul-kredit sohasidagi qarorlarni qabul qilishda keng qamrovli makroiqtisodiytahlilva prognozlar tizimiga tayaniladi. O‘rta muddatli istiqbolda tashqi va ichki iqtisodiy sharoitlar o‘zgarishining turli ssenariylari ishlab chiqiladi va ularning ichki narxlarga ta’siri baholab boriladi.
Markaziy bank tomonidan 2019–2021 yillarga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarida pul-kredit siyosati yuritishning asosiy vaxatarli (muqobil)ssenariylari ishlab chiqildi.
Ushbu ssenariylarda tashqi va ichki sharoitlarning turli omillar ta’sirida o‘zgarishi va ularga javoban Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmui keltirilgan.
Pul-kredit siyosatining kelgusi yillarga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarini belgilash bilan bir qatorda Markaziy bank bu boradagi maqsad va harakatlarining uyg‘unligi hamda uzviy davomiyligini ta’minlab boradi. Bu, o‘z navbatida, oldindan baholash mumkin bo‘lgan iqtisodiy sharoitlarni yaratib, olib borilayotgan pul-kredit siyosatiga aholi va biznes sub’ektlari ishonchini orttiradi hamda uning samaradorligini oshiradi.