«iqtisodiyot» kafedrasi «Makroiqtisodiyot» fanidan Mavzu



Download 2,22 Mb.
bet14/17
Sana10.07.2022
Hajmi2,22 Mb.
#773404
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Juraboyev

Soliq-byudjet sohasida umumiy fiskal balans taqchilligining ma’lum miqdorda qisqarishi hamda davlat tashqi qarzining belgilangan parametrlar doirasida shakllanishi kutilmoqda. Umumiy fiskal balansning 2020 yilda YAIMga nisbatan 2,7 foizdaн oshmasligi, 2022 yilga qadar bosqichma-bosqich 1,5 foizгача pasayib borishi va kelgusi yillarda ushbu darajada saqlanib qolishi prognoz qilinmoqda.
Qat’iy pul-kredit siyosati yuritilishi va fiskal balans taqchilligining qisqarib borishi sharoitida xususiy va xorijiy investitsiyalar hajmining oshishi iqtisodiy o‘sishning prognoz ko‘rsatkichlariga erishilishiga xizmat qiladi. Shundan kelib chiqib, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra kelgusi yillarda to‘lov balansining joriy operatsiyalar hisobvarag‘i manfiy saldosi YAIMga nisbatan 2020 yildagi 7 foizdaн 2022 yilda 5,9 foizгача pasayib boradi. Ushbu taqchillikning asosan tashqi moliyaviy manbalar, xususan, investitsion resurslar hisobidan qoplanib borishi natijasida valyuta almashuv kursiga sezilarli devalvatsion bosimni yuzaga keltirmasligi kutilmoqda.
Asosiy ssenariy bo‘yicha yillik inflyatsiya darajasi 2020 yil oxirida 12−13,5 foiz oralig‘ida bo‘lib, 2021 yilda bir xonali son darajasiga tushadi va 2023 yilda esa asosiy 5 foizlik targetga erishiladi.
Ushbu ssenariyga ko‘ra, tashqi iqtisodiy sharoitlarning joriy tendensiyalari saqlanib qolib, asosiy savdo hamkor davlatlar iqtisodiyotida keskin o‘zgarishlar yuzaga kelmaydi hamda asosiy eksport tovarlari narxlari va transchegaraviy pul o‘tkazmalar o‘sishining ijobiy dinamikasi saqlanib qoladi.
Prognozlarga ko‘ra inflyatsiya bo‘yicha doimiy maqsadli ko‘rsatkichga erishish maqsadida pul-kredit siyosatining qat’iy sharoitlari saqlanib qolinadi va bunda iqtisodiyotda ijobiy real foiz stavkalar ta’minlanadi.
makroiqtisodiy siyosat va tarkibiy islohotlar sohasidagi chora-tadbirlar quyidagilarni rivojlantirishgaa xizmat qiladi.
- davlat maqsadli dasturlari doirasida kreditlar ajratish usullari va tamoyillarini qayta koʻrib chiqish, foiz stavkalarini belgilashda 2020 yil 1 yanvardan Markaziy bank qayta moliyalash stavkasidan kam boʻlmagan darajada, 2021 yil 1 yanvardan esa bozor stavkalarida belgilash, zaruriy hollarda foiz xarajatlarining maʼlum bir qismini qoplab berish mexanizmini qoʻllash;
- fiskal siyosat sohasida choralar “byudjet qoidalari”ni ishlab chiqish hamda 2020 yildan davlat ichki va tashqi qarzlari yillik oʻzgarish parametri chegarasini tasdiqlash amaliyotini yoʻlga qoʻyish kabi yoʻnalishga qaratilgan;
Davlat byudjetini belgilangan koʻrsatkichlar doirasida ijro etish, shuningdek soliq-byudjet va pul-kredit siyosati muvofiqligini taʼminlash va boshqalar.

Read more: https://oz.sputniknews-uz.com/economy/20190928/12511158/zbeksiton-pul-kredit-sisatini-zgartiradi.html


O`zbekiston Respublikasida majburiy zaxiralash normasi va kayta moliyalash stavkalari kamaytirib borilayotganligi, pul-kredit siyosatining nisbatan yumshatilayotganligidan dalolat beradi. Bu inflyatsiya sur`atlarining jilovlanganligi tufayli mumkin bo`ldi va investitsiyalar, yalpi talab xajmiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
2019–2021 yillarda pul-kredit siyosati instrumentlaridan foydalanish va ularni rivojlantirishda asosiy e’tibor pul- kredit siyosatining operatsion va oraliq maqsadlariga erishishga hamda bank tizimidagi likvidlilikni samarali tartibga solishga qaratiladi. Bunda Markaziy bank pul-kredit siyosatining foiz instrumentlaridan moliyaviy aktivlarning narxiga ta’sir ko‘rsatish maqsadida foydalanib, iqtisodiyotdagi real foiz stavkalarining ijobiy darajada shakllanishi uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratib boradi.
Markaziy bank 2019–2021 yillarda bank tizimidagi likvidlilik hajmini maqbul darajada ushlab turish, likvidlilikning tarkibiy profitsiti yoki defitsitiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan pozitsiyasini saqlab qoladi. Xususan, o‘tgan davrlarda bank tizimidagi avtonom omillar hisobiga shakllangan likvidlilik dinamikasi keskin o‘sish sur’atlarini ko‘rsatmoqda.
Kelgusi yillarda davlat byudjetining defitsit bilan ijro etilishi va monetar oltinni sotib olish bilan bog‘liq operatsiyalarning saqlanib qolishi bank tizimidagi likvidlilikni oshiruvchi omillar hisoblanadi. Bu esa bank tizimidagi likvidlilikni tartibga solishda Markaziy bankning sterilizatsiya operatsiyalarini muntazam ravishda o‘tkazib borishni taqozo etadi. Bunda sterilizatsiya operatsiyalari qisqa muddatli depozit auksionlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
SHuningdek, zarur hollarda vaqti-vaqti bilan tijorat banklaridan uzoq muddatli depozitlar jalb qilish bo‘yicha yoki Markaziy bankning obligatsiyalarini joylashtirish bo‘yicha auksionlar ham o‘tkazilishi mumkin.
2019–2021 yillarda Markaziy bank tomonidan pul-kredit siyosati instrumentlarini yanada takomillashtirishda yuzaga keladigan yangi makroiqtisodiy sharoitlar inobatga olinadi.
Bunda qo‘yilgan vazifani hal qilishda pul-kredit siyosati instrumentlarining o‘ziga xos ustunlik yoki kamchilik tomonlari bo‘lishi mumkin. Aslida pul-kredit siyosatining barcha instrumentlarining yakuniy maqsadi bir xil bo‘lishiga qaramasdan, ularning ishlash mexanizmlari va ta’sir kuchi turli xil bo‘ladi. SHu sababli muayyan davrda aniq vazifani bajarishda bir yoki bir nechta instrumentlar majmuidan foydalaniladi.
Pul-kredit siyosatining amaldagi mavjud instrumentlar (intervensiya, qayta moliyalash stavkasi, majburiy zaxiralash, Markaziy bank kreditlari) etarli emasligi, ularning samaradorligi pastligi hamda bank tizimidagi likvidlilikka o‘z vaqtida ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlari cheklanganligi ularni qo‘llash strategiyasi va uslublarini qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda.
Kelgusi yillarda ham Markaziy bank tomonidan sterilizatsiya operatsiyalarini amalga oshirishda intervensiyalar strategiyasi takomillashtirilib boriladi.
Pul-kredit siyosatining majburiy zaxiralash instrumenti bo‘yicha 2018 yilda amalga oshirilgan qator o‘zgarishlar ushbu instrumentni xalqaro standartlarga yaqinlashtirdi.
Markaziy bank pul-kredit siyosatining amaldagi mavjud instrumentlarini rivojlantirish bilan bir qatorda yangi instrumentlarni joriy etishga asosiy e’tibor qaratadi.
Inflyasion targetlash rejimiga o‘tishda foiz kanalining muhimligi, mamlakatimizda pul-kredit siyosatining transmission mexanizmi samarali ishlamayotganligi hamda etarli darajada rivojlanmaganligini inobatga olib, bank tizimidagi likvidlilikka samarali ta’sir ko‘rsatishda Markaziy bank tomonidan yangi foizli instrumentlar joriy qilinadi.
So’ngi so’z o’rnida shuni aytish mumkinki kelgusida bu soha bo’yicha amalga oshiriluvchi barcha-chora tadbirlardan ko’zlangan g’oya mamlakatda mustahka monetar tizimni tashkil etish va fuqarolar uchun qulay bank xizmatlari hamda aron narxlarni taqdim etish hisoblanadi. Bu kurs ishi orqali esa bu bo’yicha imkoniyatlar va vazifalar taklif etildi va taahlil etildi.

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish