Milliy valyutaning real almashuv kursi dinamikasi
2018 yildan boshlab milliy valyutamiz real effektiv almashuv kursi eng yirik savdo hamkorlarimiz bo‘lgan 20 dan ortiq davlatlar milliy valyutalaridan tuzilgan ko‘p valyutali savatchaga nisbatan o‘sish tendensiyasini namoyon etdi. Xususan, joriy yilning mart oyi boshidan kuzatilgan milliy valyuta effektiv almashuv kursining mamlakat savdo hamkorlari valyutalariga nisbatan real o‘sishi avgust oyiga kelib yil boshiga nisbatan 19,2 foizni, sentyabrь oyida esa 14,9 foizni tashkil qildi.
Bunda so‘mning real almashuv kursi qadri yil boshidan Xitoy yuaniga nisbatan 12,6 foizga, Qozog‘iston tengesiga nisbatan 14,9 foizga, Rossiya rubliga nisbatan 20,7 foizga va Turkiya lirasiga nisbatan 45,8 foizga oshdi.Mamlakatimizdagi investitsion faollik sharoiti effektiv almashinuv kursining o’sishi mahalliy mahsulotlarning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini pasaytirib, import hajmining ortishi va tashqi savdo balansining manfiyligiga ma’lum darajada ta’sir o‘tkazadi (2.5.3-rasm).
Jumladan, joriy yilning yanvarь oyida tashqi savdo balansi salьdosi ijobiy 270 mln. AQSH dollarini tashkil qilgan bo‘lsa, avgust oyi yakunlariga ko‘ra sof eksport –996 mln. AQSH dollarigacha qisqardi. Import hajmining oshishida asosiy drayverlar sifatida bir tarafdan investitsion tovarlar (mashina, uskuna va transport vositalari) va ikkinchi tarafdan, chegaradosh hududlar bilan tashqi savdo aloqalarining liberallashuvi natijasida ayrim turdagi oziq-ovqat, tekstilь mahsulotlari va ko‘p yil ishlatishga mo‘ljallangan maishiy tovarlarning kirib kelishini keltirish mumkin.
3-rasm
*2017 yilning sentyabrь oyi boshidan milliy valyuta almashuv kursi 4210 so‘m 35 tiyindan 8100 so‘mga devalьvatsiya qilingan.
Manba: Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida Markaziy bank hisob-kitoblari.
SHuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan xalqaro pul o‘tkazmalarining asosiy qismi to‘g‘ri keladigan davlatlar valyutalari nominal qiymatining AQSH dollariga va real qiymatining so‘mga nisbatan qadrsizlanishi ushbu davlatlardan mamlakatimizga yuboriladigan pul o‘tkazmalari hajmining kamayishiga olib keldi.
Yanvar – Sentyabr oylarida kuzatilgan nominal va almashuv kurslari dinamikasi chetdan import qilishni rag‘batlantirgan holda xorijiy valyutaga qo‘shimcha talabni keltirib chiqardi.
Mamlakatimiz uchun valyuta almashuv kursi o‘tkazish davriyligi yirik savdo hamkorlarimizga nisbatan 2–4 oyni tashkil qiladi. Agar yil boshidan AQSH dollarining mustahkamlanayotgani va aprelь oyidan Rossiya hukumatiga qarshi qo‘llanilgan iqtisodiy sanksiyalar natijasida rublning keskin qadrsizlanganini inobatga olsak, sentyabrь oyida kuzatilgan so‘mning devalьvatsion dinamikasini tabiiy muvozanatlashuv jarayoni sifatida baholash mumkin.
O‘z navbatida, so‘m nominal almashuv kursi devalьvatsion dinamikasi tashqi omillar ta’sirini yumshatib, iqtisodiyotimizning o‘zgaruvchan tashqi sharoitlarga moslashishiga yordam beradi. Xususan, xalqaro pul o‘tkazmalari va eksportdan tushadigan tushumlarning kamayishi sababli yuzaga keladigan yo‘qotishlar almashuv kursi pasayishi natijasida uning so‘mdagi ekvivalenti oshishi hisobiga ma’lum darajada qoplanadi.
Bunda so‘m real almashuv kursining 2018 yil 9 oyi yakunlari bo‘yicha holati va yil oxirigacha kutilayotgan darajasidan kelib chiqib xulosa qiladigan bo‘lsak, so‘m nominal almashuv kursining amaldagi sur’atlarda qadrsizlanishi milliy iqtisodiyotni qo‘llab- quvvatlash uchun etarli bo‘lmasligi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |