Ikkinchi bob



Download 292,5 Kb.
bet3/21
Sana28.04.2022
Hajmi292,5 Kb.
#587390
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
kurs ishi

Ishning ilmiy yangiligi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilarda ko‘rinadi:
– Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonidagi nutq madaniyati va odobiga oid fikrlari tadqiq qilinganligida;
– Alisher Navoiy oldinga surgan nutq madaniyati va odobiga oid ilmiy tamoyillar, me’yorlar aniqlandi;
– Navoiyning nutqdagi kommunikativ sifatlari haqidagi, shuningdek, nutq madaniyati va odobi shaxsning xulqi, madaniyligi darajasini belgilaydigan omillardan biri ekanligi to‘g‘risidagi qarashlari tadqiq qilindi;

  • notiqlik san’ati, shoir bilan zamondosh bo‘lgan notiqlar, ularning voizlik san’atiga Navoiy bergan baholar, bu masalada shoir oldinga surgan lisoniy, etikaviy va estetik tamoyillar o‘rganildi.

Ishning metodlari. Bitiruv malakaviy ish tadqiq etilayotgan asar(manba)dan kelib chiqqan holda qiyosiy-tarixiy va tavsifiy usullaridan foydalanildi.
Ishning manbalari. Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” asari va nutq madaniyatiga oid boshqa olimlarning asarlari tadqiqotning manbasi sanaladi.
Ishning tuzilishi va hajmi. Kirish, III bob, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Ishning umumiy hajmi 58 sahifani tashkil qiladi.
I. BOB. ALISHER NAVOIYNING “NUTQ VA NOTIQLIK MASALALARI”GA BO‘LGAN QARASHLARI
1.1. “Hayrat ul-abror”da nutq va notiqlik masalalarining berilishi

Kishilar chiroyli, mazmundor nutq masalasi bilan juda qadimdan qiziqib keladilar. Alisher Navoiy o`zining “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida har bir tilning katta yoki kichikligidan qat’iy nazar, o`ziga xos ijobiy tomonlari borki, ularni boshqa biror tildan topib bo‘lmaydi, degan fikrni aytib, fors tili shuhrat topgan til bo‘lishiga qaramasdan, turkiy tilda bo‘lgan ba’zi bir imkoniyatlar unda yo‘qligini bayon etadi va dalil sifatida o‘sha davr o`zbek tilida amal qilgan 99 dona fe’lni keltirib, ular fors tilida yo‘q ekanligini ko‘rsatadi.


Alisher Navoiyning “Muhokamat ul-lug‘atayn” va “Mahbub ul-qulub”, “Nazm ul-javohir” asarlari o`zbek tilida nutq tuzishning go`zal namunalari bo‘lishi bilan birga, uning yuksalishiga ham katta hissa qo‘shdi.
Navoiy “Mahbub ul-qulub”da tilning ahamiyati, undan foydalanish, nutq so`zlovchi dilidagi fikrni to`g`ri aks ettirishi lozimligi haqida shunday deydi: “Saodatbaxsh ruh zuloliga matla’ ham til. Tilga iqtidorlig‘ – haqimi xiradmand, so`zga ixtiyorsiz – layni najnad. Tilki fasih va dilnazir bo‘lgay, xubroq bo‘lgay agar ko‘ngil bila bir bo‘lgay”. (“Saodatbaxsh ruhning tiniqligi manba ham til, baxtsizliklar yulduzining boshlanishiga sabab ham til. Tiliga kuchi yetadigan (kishi) aql podshosidir. So`zga ahamiyat bermaydigan (kishi) la’natlangan, past (kishi) dir. Til go`zal va dillarni olovlantiruvchi bo‘lishi bilan birga, (so`zlovchining) dilidagini aks ettirsa, yanada yaxshiroq bo‘ladi”)1.
Ravshanki, bunda Navoiy til deganda nutqni ko`zda tutgan.
Til, ya’ni so`z o`zining juda ko`p yaxshi fazilatlari bilan nutq uchun material ekanligi, nutqning qo‘polligi, maqsadga nomuvofiq bo‘lishi so`zlovchiga zarar yetkazishi haqida: “Til muncha sharaf bila nutqning olatidir va ham nutqdurki, agar nopisand zohir bo‘lsa, boshning ofatidir...”1-deydi.
Mayin, yoqimli shirali ovoz bilan so`zlash odobi haqida, o‘ylamasdan so`zlamaslik haqida yozadi: “Tildin azubat dilpisanddur va miynat sudmand. Chuchuk tilki achig‘liqqa evruldi, zarayi oyi bo‘ldi. Chuchuk so`z sof ko‘ngillarga nushdur... So`zni ko‘nglungda pishqormaguncha tilga kelturma, harnakim ko‘nglungda bo‘lsa, tilga surma”. (“Tilning shirin, yoqimli va yumshoqligi foydadir. Chuchuk til achchiqqa aylana, ommaga (tinglovchiga) zarar yetadi. Qandni mast qiluvchi aroq qilsalar, harom bo‘ladi. Chuchuk so`zni toza ko‘ngillar simiradi... So`zni ko‘nglingda pishitib olmaguncha so`zlama, ko‘nglingda bo‘lgan har qanday fikrni ham ayta berma”)2.
Demak, nutq odobi, agar masalaga til nuqtayi nazardan qaraladigan bo‘lsa, bu, eng avvalo, nutqning to‘g‘riligi demakdir. Ikkinchidan esa, u uslubiy jihatdan silliq bo‘lishi kerak, ya’ni unda noaniqlikka, ikki ma’nolilikka, uzundan-uzoqlikka yo‘l qo‘yilmasligi, qisqalik, soddalik va aniqlik bu nutqning asosiy o‘lchovi bo‘lishi lozim. Keng ma’noda esa nutq odobi nutqiy ta’sirchanlikni, ijodiy yorqinlikni, o‘tkirlik va obrazlilikni ifoda etadi.
Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo‘lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va, albatta, baxtli bo‘lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos darajada ahamiyat kasb etadi”3. Shu jumladan, ma’naviy tarbiyani shakllantirishda buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning badiiy asarlari, xususan, “Xamsa” dostonlarining o‘rni beqiyosdir.
“Xamsa”ning birinchi dostoni “Hayrat ul-abror” asarida turli sohalarga oid so‘z va atamalarning o‘ziga xos uslubda adabiy so‘z normasi sifatida qo‘llay bilish har bir ziyoli va nozikta’b shoirdan katta mahorat talab etiladi. Bu, albatta, shoirning dunyoqarashidagi kenglik, turli sohalarga bo‘lgan qiziquvchanlik, ayniqsa, gumanistik g‘oyalar bilan yo‘g‘rilgan tabiiy fanlarga ham nisbatan chuqur mulohazakorligidan darak beradi.
“Hayrat ul-abror”da kirish qismining o‘zi ham bir necha bobdan iborat bo‘lib, dostonning umumiy g‘oyaviy-badiiy tushunchasida katta o‘rin tutadi. Bunda hamd, munojot, besh na’t, uch hayratdan tashqari Nizomiy va Xusrav Dehlaviy madhiga, so‘z ta’rifiga, so‘zda ma’no va shakl birligi masalasiga, Sulton Husayn Boyqoro, shuningdek, Bahovuddin Naqshband madhiga bag‘ishlangan maxsus boblar bor. Bu boblarda Navoiyning dunyoqarashi keng ekanligi o‘z isbotini topadi. Navoiy insonlar bilan muomala qilishda og‘zaki va yozma nutqning o‘ziga xos, yuqori saviyada bo‘lish kerakligini ta’kidlaydi. Dostonda hamd, munojat, na’t va hayrat boblari diniy mazmunda bo‘lsa-da, shu boblarda Navoiy dunyoqarashidagi ziddiyatlar, turli xil holatlar, munosabatlar, turli toifadagi kishilar bilan bo‘lgan muomala munosabati, nutq odobi, uning o‘ziga xos tadrijiy taraqqiyoti kabi masalalar o‘rtaga tashlangan. Doston maqolatlarida shoir qo‘yilgan masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bayon qilib, shoh adolati haqidagi fikrlari, karam va saxovatni ulug‘lashi, adob-u axloq masalalari, ishq va vafoning qadrlanishi, umuman, jamiyatda kishilar o‘rtasida yaxshi, vijdonli munosabatlarning anglashinishi, kishilarning kishilarga mehribon bo‘lishi, foyda keltirishi kabi qator masalalar zamirida muomala madaniyati, nutq odobi kabi ilmiy salohiyat borligi, “Hayrat ul-abror”ning barcha hikoyatlarida, maqolatlarida o‘ziga xos tarzda bayon etib boriladi. Hazrat Navoiy aytganlaridek:
El netib topgay menikim,

Download 292,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish