Arabcha o‘zlashgan so‘zlar. Arabcha o‘zlashmalar Navoiy davriga kelib, eski o‘zbek tili og‘zaki va yozma nutqida ko‘p miqdorda aralash holda qo‘llanishining asosiy sababi, avvalo, qadimdan mahalliy yozuvlar o‘rniga arab yozuvining kirib kelganligi bo‘lsa, ikkinchidan, diniy, ilmiy va boshqa yozishmalarning arab tilida olib borilgani sababdir. Eski turkiy so‘zlar o‘rnida og‘zaki va yozma nutqda arabcha ma’nodoshlarni qo‘llash keng tus olganligi bilan bog‘liqdir. Bu adabiy an’ana tufayli XIV-XV asrlardagi og‘zaki va yozma nutqda arab leksikasi sezilarli qatlamni tashkil qilgan.
“Hayrat ul-abror” dostoni tiliga o‘zlashgan arabcha so‘zlarning aksariyat qismi narsa va hodisalar, mavhum va diniy tushunchalar, afsonaviy va tarixiy shaxslar nomlari bilan bog‘liq bo‘lgan atamalardir. “Xamsa” dostonlarida, jumladan, “Hayrat ul-abror”da qo‘llangan arabcha so‘zlarni hozirgi o‘zbek adabiy tili nuqtayi nazaridan olib qarasak, ularning ko‘pchiligi keyingi davr yozma nutq manbalari tiliga o‘zgarishlarsiz yoki juz’iy o‘zgarishlar bilan yetib kelgan.
Dostonda bir qator arabcha so‘zlar qo‘llanganki, ularning ba’zilarini ishlatish doirasi toraygan yoki nofaol iste’molda bo‘lgan.
Masih-jonbaxsh (18-bet);
Malohat-go‘zallik husn (18-bet);
Jabal- tog‘(19-bet);
Jaliz- hamsuhbat, majlisdosh (24-bet);
Jalodad-botirlik, mahkamlik (29-bet);
Jamal-erkak tuya (29-bet);
Nosiya-heshona (24-bet);
Nosila-yordamchi (23-bet) va boshqalar.
Shuningdek,
Rayihai jannati a’lo ham ul,
Partavi misfohi tajallo ham ul. (H. A. 27-bet).
Ushbu baytda manbalarda ham qo‘llangan.
Royihai –(hid, is bo‘y) jannat hidi;
a’lo – yuksaklik, oliylik;
Misboh –chiroq, mash’al;
Tajallo – ko‘rinish, jilvalanish.
So‘zlar og‘zaki va yozma nutqda o‘sha davr tili qonuniga binoan kam iste’molda bo‘lgan bo‘lsa-da, Navoiy zarur o‘rinlarda ishlatgan.
“Hayrat ul-abror”da ham boshqa asarlardagi singari ayrim arabcha so‘zlar hozirgi o‘zbek tiliga ba’zi fonetik o‘zgarishlarga uchrab kelgan Masalan:
Navat – novvat, shakar –shakkar, sanubar –sanobar va boshqalar.
“Hayrat ul-abror”da arab tilidan diniy-tasavvufiy so‘zlarga oid ayrim o‘zlashgan arabcha iboralar, arabcha atoqli otlar, kishi nomlari ham o‘rni kelganda ko‘p uchraydi.
Hotami toy, Qof tog‘i, Eram bog‘i, Imom Faxri Rozi, Sulton Muhummad Xorazmshoh va boshqalar.
Arabcha so‘zlar:
Xalq – yaratish, borliq, odamlar (52-bet);
Masnadnishin – amaldor (52-bet);
Mutafakkir – tafakkur etuvchi, fikrga cho‘muvchi, uzoq o‘ylovchi, keng fikrli (204-bet);
Mutahayyir – hayratda qolgan, hayron (204-bet);
Mistar – chiziqsiz qog‘ozga chiziq tushirish uchun qalin qog‘ozga iplar tartib yasalgan asBob. (chizg‘ich) (125-bet);
Ravza – tog‘, jannat (61-bet);
Qibla – yo‘nalish tomoni, Makka tomon (61-bet).
Aydaki, G‘oziy shohi farxunda baxt,
Toj oloyin deb taloshir erdi taxt. (H. A. 53-bet).
Ushbu baytda saodatli shoh G‘oziy (urushqoq shoh ma’nosida kelgan) podshohlik toji uchun kurashib, talashib yurgan payti edi.
Javhar – qimmatbaho tosh, majoziy yaltiroqlik (152-bet);
Shuur – anglash, fahmlash, idrok (152-bet);
Avboshliq – bezorilik, sayoqlik (155-bet);
Rifa’t – yuksaklik, baland martabalik (188-bet);
Ravza – bog‘, jannat, majoziy qahr (188-bet);
Nahr– ko‘pligi anhor, daryo (189-bet);
Marg‘ub – yoqimli, sevimli, ma’qul (199-bet);
Mazraa –ekin ekiladigan yer, ekinzor (192-bet);
Ahsan – yaxshiroq (215-bet);
Muakkal – vakil etilgan (kishi), biror ish topshirilgan kishi (181-bet);
Lavh – o‘yin,o‘yin, o‘yin-kulgi, befoyda ish;
Savh – xato,yangilish, unitish (193-bet);
Olud – so‘z birikmasida kelib aralash, bulangan, bulg‘onch, tekkan kabi ma’nolarni anglatadi (169-bet);
Midhat – xizmatchi, xodim (166-bet);
Ashhof – kulrang, ko‘k ot (166-bet);
Bida’t –noma’qul yangilik, din aqidalariga xilof yangilik (160-bet);
Anosir – unsurlar, elementlar (157-bet);
Silsila – sovg‘a, tuhfa (209-bet);
Paxsh – ot, olachipor ot (209-bet);
Sangin – toshdan yasalgan og‘ir, qattiq, mustahkam (200-bet).
Do'stlaringiz bilan baham: |