Ikkinchi bob



Download 292,5 Kb.
bet4/21
Sana28.04.2022
Hajmi292,5 Kb.
#587390
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
kurs ishi

Men o‘zimni topmasam” 1.
Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarida turli soha mutaxassislari bilan olib boriladigan muomala, ular o‘rtasidagi so‘zlashuv kabi munosabatlar “Xaloyiq, ahvol, avol, aqvolining kayfiyati” singari qirq fasldan iborat. Ushbu asarda ham jamiyatda uchraydigan turli toifadagi, turli kasbdagi, kishilarning muomala madaniyati, nutqiy odob xususida bayon etiladi.
Ayniqsa “Odil salotin zikrida”, “Vuzaro zikrida”, “Yasovul guruhi zikrida”, “Yasolug‘ va qaracherik zikrida”(otliq va piyoda askarlar), “Quzzat zikrida”(qozilar) “Mudarrislar zikrida”, “Uffoz” (hofizlar) zikrida”, (Sozanda va nag‘machilar), “Qissasoz va qissaxonlar zikrida”, shuningdek, “Nasihat ahli va voizlar zikrida” kabi masalalarga keng ta’rif berilgan. Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarida “falak jismining joni- so‘z”, degan gap bor.
Dunyoda jonsiz narsaning o‘zi yo‘q, hamma jismlar harakatdan birdan to‘xtamaydi. Donishmandlar ming yillar davomida insonlar aro munosabatlar me’yori xususida bosh qotirganlar. Bunday muhokamalardan bitta xulosaga kelishgan: “Odamlar sizga qanday munosabatda bo‘lishlarini istasangiz, siz ham shunday munosabatda bo‘ling”. Alisher Navoiyning she’riyat, umuman, badiiy ijod haqidagi falsafiy fikrlari g‘oyat diqqatga sazovordir.
Navoiy Nizomiy, Xusrav Dehlaviy, Jomiy kabi ulkan she’riyat namoyondalari ijodiga yuksak baho bergan holda, ularning asarlari g‘oyalarida badiiy ijod, og‘zaki va yozma nutq ravonligi, notiqlik, nutq, xulq, odob masalalari o‘ziga xos tarzda ilgari surilganligi, uningcha dunyodagi eng qimmatbaho narsa so‘z ekanligiga ishonch hosil qiladi:
So‘zni jahon bahrida durdona bil...
Navoiyning, ayniqsa, she’rda shakl va mundarijaning borligi, mazmunning nihoyatda kengligi, nutqiy ravonlik xususidagi gaplari go‘zal va ravshan ifodalangan:
Nazmda ham asl onga ma’ni durur,
Bo‘lsun aning surati har ne durur,
Nazmki ma’ni anga marg‘ub emas,
Ahli maoni qoshida xo‘b emas.
Nazmki ma’ni anga marg‘ub emas,
Zimnida ma’ni dog‘i dilkash anga (H.A.16-b ).
“Hayrat ul-abror” Navoiyning “Xamsa” dostonlari yozilishida o‘ziga xos dasturulamal hisoblanadi. Navoiyning falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, ma’rifiy, odob-axloq (Nutq odobi va notiqlik san’ati) kabi qarashlari birinchi marotaba ushbu asarda o‘zining keng ifodasini topgan. Bu dostonni, xususan, g‘oyaviy jihatdan uning boshqa dostonlariga kirish deb ham atasa bo‘ladi. Shuning uchun ham dostonning tahriri, mazmun-mohiyati yozma nutq madaniyati asosida berilishi, keyingi asarlarini yaxshi tushunishga keng yo‘l ochib bergan.
Lekin hanuzgacha Alisher Navoiy asarlarining barchasi tarixiy leksikologiyasi jihatidan to‘laligicha tadqiq etilmaganligi asarlari so‘z boyligini leksik-semantik, leksik-stilistik, leksikografik tadqiq zaruratini chaqiradi. Tilga xos og‘zaki va yozma nutq, talaffuzning ixtiyoriy va g‘ayrixtiyoriy o‘zgarishga uchrashi tabiiy. Ushbu qonuniyat har bir davrning ijtimoiy holati ta’siri natijasi nuqtayi nazaridan Navoiy asarlari tilining leksik tarkibi uchun ham taalluqlidir.
Uzoq tarixiy davrlar mahsuli bo‘lmish, aniqrog‘i, Navoiy asarlarida va undan keyingi davrlarda ham faol qo‘llanishda bo‘lgan sof turkiy so‘zlar tizimi o‘ziga xos til zanjiri hisoblanadi. Bu so‘zlar Alisher Navoiyning tarixiy-adabiy asarlarida, “Xamsa” dostonlarida ayniqsa, “Hayrat ul-abror” asarida o‘ziga xos yozma nutqning namunasi sifatida qo‘llangani bilan tarixiydir. “Hayrat ul-abror”da nutqiy ravonlikka erishish, qo‘yilgan masalani sodda va ixcham tushuntirishda jonli so‘zlashuv nutqining ta’sir doirasi kengayishida, eski o‘zbek tili dialektlaridan ham unumli foydalanganligini asarda uchratamiz. Ayniqsa, “Hayrat ul-abror” dostonida ham qipchoq dialektiga xos so‘zlar borligi bilan ularning asta-sekin yozma nutqqa o‘tganligini ko‘rsatadi.
Umuman, Alisher Navoiy so‘z, nutq, so‘zlash vositasi, notiqlik, axloq haqida ham fikr yuritadi. Navoiy so‘zga nihoyatda ehtiyotkorlik bilan yondashib, ilmiy kuzatishlarni o‘rtaga tashlaydi1. Shuningdek, Navoiyning “so‘z”i boshqa adabiy, lisoniy terminlarga nisbatan mazmun va mantiq doirasida keng qamrovga egaligi bilan diqqatni tortadi,- degan edi Alibek Rustamov o‘zining ilmiy tadqiqotlarida2. Baytlar tahlilida Navoiy so‘zni olamning yaratilishi bilan bir paytda, ya’ni:
Andakim ne jahonga endi mavjud,
Ne jahon ahlilar erdilar mavjud (H.A. 39-b).
Kabi hali bor-u mavjud emas, biz zamonda yaratilishning ilk shabadasi vujud sari kira boshlagach, hamma narsa shunda bor bo‘ldi. Ammo “so‘zning o‘zi emas, ovoz, tovush paydo bo‘ldi”,-deydi. Navoiy til, chiroyli nutq, “so‘z”ni o‘z o‘rnida qo‘llay olishga yuksak mas’uliyat yuklaydi. Alisher Navoiy ona tilining boyligini amalda ko‘rsatish maqsadida “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarini yaratdi. Tilshunoslikka oid ushbu asarda Navoiy tilning paydo bo‘lishi, ovoz, tovush, so‘z haqidagi mulohazalari, til va tafakkur, so‘z ma’nosi bayon etilgan. Shuning uchun Alisher Navoiy “so‘z” ma’nosiga jiddiy e’tibor berib “Xamsa” tarkibidagi har bir doston boshida, xususan, “Hayrat ul-abror”da ham maxsus bob ajratgan. Unda so‘zning ma’no fazilatlarini sanab o‘tadi. “So‘z” bir o‘rinda nasriy asar, yana bir o‘rinda nazmiy asar, deb ta’riflanadi.
So‘z san’ati, notiqlik, nutq madaniyatiga qadim-qadimdan yuksak e’tibor qaratilgan. Bu sohada G‘arb allomalari so‘z bilan ta’sir ko‘rsatish, kishilarni ishontirish mahorati haqidagi qarashlarini bayot etishgan bo‘lsa, Sharq mutafakkirlari, asosan, suhbat odobi, tinglash madaniyati to‘g‘risida mulohaza bildirishgan. So‘z san’ati, notiqlik, nutq madaniyatiga qadim-qadimdan yuksak e’tibor qaratilgan. Bu sohada G‘arb allomalari so‘z bilan ta’sir ko‘rsatish, kishilarni ishontirish mahorati haqidagi qarashlarini bayot etishgan bo‘lsa, Sharq mutafakkirlari, asosan, suhbat odobi, tinglash madaniyati to‘g‘risida mulohaza bildirishgan. Navoiy asarlarida keltirilishicha, “yomon so‘z bilan pichoq qinidan, yaxshi so‘z bilan ilon inidan chiqar”.
Alisher Navoiy shunday deydi: “So‘zni ko‘ngilda pishirmaguncha, tilga keltirma”. Umuman, til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Til vositasida kishi qalbidagi o‘ylarini ifoda etadi.
Ana shu jarayonda kishining badiiy tafakkuri namoyon bo‘ladi. Agar nutq noma’qul bo‘lib chiqsa, tilning ofatidir. Til va nutq odobi xususida Navoiyning purma’no fikrlari uning o‘z asarlarida keltiriladi.
Chin so‘z mo‘tabar,
Yaxshi so‘z muxtasar.
Bir degani ikki demak xush emas,
So‘zchi takror topti dilkash emas.
Mutaffakkir aytmoqchiki, so‘zni takror qo‘llash nutqiy g‘alizlikka olib keladi. Umuman, til qancha boy imkoniyatlarga ega bo‘lmasin, nutqda undan unumli foydalana olmaslik nutqning qashshoqlashuviga olib keladi.
Shuningdek, asardagi barcha maqolatlarda iymon, islom, e’tiqod masalalarining yoritilishi, bundan tashqari siyosiy, ijtimoiy masalalarning ham bayon qilinishi, shuningdek, turli kasb egalariga jamiyatda o‘zini qanday tutish, yaxshi odam bo‘lish uchun nimalar qilish, nutq, so‘zlash odobi, tinglash, murojaat qilish kabi pand-nasihatlar yo‘li bilan shoir o‘z fikr-mulohazalarini bayon etgan.
Buyuk o‘zbek shoiri Alisher Navoiyning asarlari nafaqat badiiy, balki mislsiz ma’naviy, lisoniy boylik hamdir. Bu boylikning tarkibiy qismlaridan birini shoir asarlarida uchraydigan nutq madaniyati va odobiga oid qarashlar, talqinlar tashkil qiladi. Mana shunday ilmiy-ma’rifiy merosning mazmun va mohiyatini chuqur o‘rganib, ularni ilmiy umumlashtirmasdan turib, hozirgi davr o‘zbek tili nutqi madaniyati va odobiga doir ishlarni ilmiy talab darajasiga ko‘tarish qiyin.
Bugun biz tarixiy bir davrda – xalqimiz o‘z oldiga ezgu va ulug‘ maqsadlar qo‘yib, ayniqsa, yoshlar o‘z bilim va imkoniyatlariga tayanib, ulkan natijalarni qo‘lga kiritayotgan davrda yashamoqdamiz. Oldimizda qo‘yilgan ulkan maqsadlarga erishish yo‘lida esa, eng avvalo, ma’naviy salohiyatni mustahkamlashimiz lozim.
Mustaqillik tufayli milliy qadriyatlarni tiklashga, davlat maqomi berilgan ona tilimizning, ichki imkoniyatlarini kengaytirishga, katta e’tibor berilmoqda. Shu ma’noda, milliy tilni, turli davr yozuvlarida bitilgan qadimiy manbalarni chuqur o‘zlashtirish, har bir so‘zning tarixiy tarkib topishi va yangi ma’no kasb etishi jarayonini to‘liq anglash, uni ilmiy asoslab berish muhim masalalardan biridir.
Shoirning “Hayrat ul-abror” asarida go‘yo mavzuga aloqador bo‘lmagan so‘zlar ishtirok etgandek ko‘rinsa-da, ularning yashirin ma’nolari sharq badiiy san’atlar tasvirida o‘rinli, zarur so‘zlar sifatida ishlatiladi.
Ijodkor bunday so‘zlarni ishlatishda ularning tarixiy davrlar mahsuli ekanligi, tilda barqaror, turg‘un, keng iste’molda bo‘lishi, barcha uchun tushunarli nutqiy ravonligi, kundalik turmush uchun zarur ekanligi, tilning asosiy vositasi nutqiy san’atkorlik kabi jihatlarga e’tibor berganligi bilan ajralib turadi1.

Download 292,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish