Ikkinchi bob


Nutq qisqa va ravon bayonli bo‘lmog‘i lozim



Download 292,5 Kb.
bet9/21
Sana28.04.2022
Hajmi292,5 Kb.
#587390
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
kurs ishi

Nutq qisqa va ravon bayonli bo‘lmog‘i lozim. Navoiy nutq qisqa, ixcham, ammo mazmunli, bayoni aniq, tushunarli, mujmal bo‘lmasligi lozim deb hisoblagan: “Va avsot so‘z jamoati busahoyi balog‘atshior va bo‘lag‘ayi fasohatdisar iborati farxunda ishoratlaridurkim”. Navoiy o‘zining yozma nutqi haqida gapirar ekan, har doim gapni cho‘zmaslikka undaydi;
Navoiy, xomadek tortib uzun til,
Ne dersen, oxir o‘z haddingni bilgil.
(“Farhod va Shirin”, 16-b).


Tilni va uning imkoniyatlarini bilish va egallash lozim. Alisher Navoiy ba’zi shaxslarning nutqiga baho berar ekan, ularning lisoniy mahoratini, tilning boyliklarini qanchalik egallagani, undan qay darajada foydalanishiga qarab belgilaydi.
Tildan nutqqa mos vositalarni tanlay olish va ulardan til qoidalariga mos foydalanish kerak. Alisher Navoiy tilni yaxshi egallagan, mos keladigan fikrni to‘g‘ri ifodalay oladigan bo‘lishi va til vositalarining munosabatini tanlay olishi hamda ishlatishi, bunda til qoidalari, me’yorlariga amal qilishi lozim, deb hisoblaydi.


Ul biri ul fazlu fasahat bila,
Bu biri bu fe’lu qabohat bila.
(H. A. 219-b).
Nutq e’tiborga loyiq, tinglovchining diqqatini tortadigan bo‘lmog‘i kerak. Mana shu talab Navoiy asarlarida guharrezliq so‘zi orqali ifodalangan: Va guzorish debochasini Iskandari davron sanosida bir necha guharrezliq bila murassa etmak va shahzoda madhini nasoyih bila ixtisor qilmoq...? (“Saddi Iskandariy”, 543-b).
Notiq suhbatdosh (tinglovchi)ga nisbatan shirin tilli, xushmuomala bo‘lmog‘i kerak.
Nutq madaniyatini buzadigan o‘rinsiz takrorni Navoiy quyidagi misralarda aniq va ravshan ta’kidlagan:


Biz deganni ikki demak xush emas,
So‘z chu takror topti dilkash emas.
(“Sabbayi sayyor”, 73-b).
Nutq jarayonida foydalanish. Alisher Navoiy so‘zlash jarayonida beadabona, qo‘pol, uyatli ma’noga ega so‘zlar qo‘llashni qoralaydi va bunday nutq sifatini beodobona, uning egasini esa badzabon so‘zlari bilan nomlaydi.

Download 292,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish