Страхования профессиональной ответственности Zarar aniqlanganda Sug'urta qildiruvchi nima qilishi lozim



Download 17,54 Kb.
bet1/2
Sana29.01.2022
Hajmi17,54 Kb.
#415662
  1   2
Bog'liq
Жавобгарлик суғуртаси


Страхования профессиональной ответственности
Zarar aniqlanganda Sug'urta qildiruvchi nima qilishi lozim:
Uchinchi shaxslar tomonidan e'tiroz yoki da'vo keltirishga asos bo'lishi mumkin bo'lgan behosdan yo'l qo'yilgan kasbiy xatoni aniqlangan taqdirda zarar miqdorini kamaytirish uchun mumkin bo'lgan barcha choralarni ko'rish, hodisaga taalluqli hujjatlarni rasmiylashtirilishini ta'minlash va hodisa yuz bergan sanadan e'tiboran uch kunlik muddat ichida bu haqda Sug'urtalovchiga hodisa sababi, holatlari va ehtimol tutilgan oqibatlarni ko'rsatgan holda yozma ravishda xabar qilishi lozim. Arizada quyidagi axborot mumkin qadar to'liq hajmda ifodalanishi lozim:

Sug'urta qildiruvchiga zararlarni qoplash to'g'risida sud yoki boshqa vakolatli organlar qarori taqdim etilganda, bu haqda uch kunlik muddat ichida Sug'urtalovchiga xabar berish va unga mazkur ishga taalluqli barcha hujjatlarni (sud yoki boshqa vakolatli organlar qarori va sug'urta hodisasi yuz berganini tasdiqlovchi barcha boshqa yuridik hujjatlarni) taqdim etish.
Talab qo'yilishiga olib kelishi mumkin bo'lgan xatoga biron-bir tarzda sababchi bo'lgan barcha yozuvlar, hujjatlar, asbob-uskunalarni o'zgartirilmagan va tuzatilmagan holatda saqlash.
Sug'urtalovchiga xatoning sabablari, holatlari va oqibatlari, yetkazilgan zararning xususiyati va miqdorlari to'g'risida hukm chiqarish imkonini beradigan mavjud barcha axborot va hujjatlarni taqdim etish.
Sug'urta hodisasi bo'yicha zararni qoplash to'g'risida talablar qo'yilgan holda Sug'urtalovchiga sud yo'li bilan va suddan tashqari himoya qilishda mumkin bo'lgan barcha yordamni ko'rsatish.
Sug'urtalovchi tomonidan sug'urta tovoni sug'urta shartnomasi (polisi) shartlarini inobatga olgan holda quyidagi hujjatlar asosida to'lanadi.
Sug'urta tovonini to'lash uchun quyidagi hujjatlar asos bo'lib hisoblanadi:

  • sug'urta shartnomasi (polisi);

  • sug'urta hodisasi to'g'risidagi ariza;

  • uchinchi shaxslarga yetkazilgan zararni qoplash to'g'risida sudning va boshqa vakolatli organlarning qarori, da'vo hujjatlari nusxasi.

Zarur bo'lganda, Sug'urtalovchi sug'urta hodisasi bilan bog'liq ma'lumotlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlar, banklar, tibbiyot muassasalaridan va sug'urta hodisasi to'g'risida axborotga ega bo'lgan boshqa korxona, tashkilot va muassasalardan olish, shuningdek, sug'urta hodisasining yuz berishi holatlari va sabablarini mustaqil ravishda aniqlashga haqli.
Sug'urta tovoni miqdori sud yoki boshqa vakolatli organlar qarori asosida aniqlanadi.
Sug'urta tovoni O'zbekiston Respublikasining fuqarolik qonun hujjatlari normalarida belgilangan miqdorda to'lanadi, ammo u sug'urta shartnomasi (polisi)da belgilangan sug'urta summasi (javobgarligi limiti)dan ortiq bo'lishi mumkin emas.
Agar sug'urta tovoni yetkazilgan zararni to'liq qoplash uchun yetarli bo'lmasa, Sug'urta qildiruvchi sug'urta tovoni va haqiqiy zarar miqdori o'rtasidagi farqni to'laydi.
Agar sug'urta shartnomasi (polisi)da franshiza nazarda tutilgan bo'lsa, sug'urta tovoni sug'urta shartnomasida kelishilgan summa yoki franshiza foizi chegirib tashlangan holda to'lanadi.
Agar sug'urta hodisasi yuz bergan paytgacha Sug'urta qildiruvchi shartnomada belgilangan sug'urta mukofotining faqat bir qismini to'lagan bo'lsa, sug'urta hodisasi yuz bergan taqdirda Sug'urtalovchi sug'urta summasi miqdorini sug'urta mukofotining to'langan qismiga mutanosib ravishda cheklaydi.
Sug'urta tovoni, Sug'urtalovchi to'lash uchun zarur barcha hujjatlarni olganidan so'ng o'n besh bank kuni ichida to'lanadi.
Pul mablag'lari Sug'urtalovchining hisob raqamidan chiqim qilingan kun sug'urta tovoni to'langan kun hisoblanadi.
Sug'urta tovoni to'langanidan so'ng sug'urta summasi to'langan sug'urta tovoni miqdoriga kamaytiriladi.
Qo'shaloq sug'urta mavjud bo'lganda sug'urta tovoni Sug'urtalovchi tomonidan faqat o'z javobgarligiga teng bo'lgan ulushda to'lanadi.

Download 17,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish