Ijtimoiyish



Download 10,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/74
Sana02.01.2022
Hajmi10,86 Mb.
#311427
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   74
Bog'liq
Ijtimoiy ish etikasi

Hech kimdan kam emasligini anglatish

B unday  bolalarga  yondoshuvda  psixologik-pedagogik  tam oyil- 

lardan  differensiatsiyalashgan  holda  foydalanish,  masalaga  indivi­

dual yondashuv  alohida  ajralib tutadi.  Bunday  yondashuv turli  ijti­

moiy  qatlamlar,  guruhlar,  kasblar  va  yoshlardagiga  qaraganda  ko‘- 

makka  m uhtojlarga nisbatan  boshqacharoq  tarzda am alga oshirishni 

taqozo  etadi.  Bunda  masalaning  moddiy  va  m a’naviy  qadriyatlarga 

va  atrofdagi  voqelikka  o ‘ziga  xos  qarashlar  va  munosabatlarning 

paydo boMishi qonuniyatlarini hisobga olish kerak.

Ijtim oiy siyosat inson manfaatlarini qaysi shaklda ifoda etmasin, 

odam lar  uni  faqatgina  natijalari  ro‘yobga  chiqqan  taqdirdagina  his 

qiladilar.  M uayyan  harakatlar  bilan  mustahkam lanm agan  deklarat- 

siyalar va shiorlar faqatgina ularning obro‘sini ketkazish usuli boMib 

qoladi  xolos.  Aholini  ijtimoiy  m uhofaza  qilishga  yo‘naItirilgan 

tadbirlam i  muvaffaqiyatli  am alga  oshirish  ko‘p  jihatdan  ijtimoiy 

xizm atchilar,  ijtimoiy xizm atlarning  boshqaruv organlari  texnologik 

jihatdan vakolatliligiga bogMiq.

Texnologik  vakolatlilik  -   ijtimoiy  xizm atchining  vujudga 

kelayotgan  muammolarni  hal  qilish  sharoitlari  va  texnologiyasidan 

chuqur  xabardorligi  va  o ‘z   bilim larini  am aliyotga  kasbiy  savod- 

xonlik bilan am alga oshirish ko‘nikmasi  boMib,  u  muntazam o ‘qish- 

ni  v a  xizm atchilarni  qayta  tayyorlashni,  aniq  axborotni,  boshqaruv 

tizim ining barcha bo‘gMnlaridagi tahliliy va bashoratlash  faoliyatini, 

ijtimoiy  ish  obyektlari  to cg ‘risida  chuqur  va  atroflicha  bilim ga 

egalik,  ularning  tasnifi  va  xususiyatlarini  bilishni,  ijtim oiy  xizm at 

mijozlari bilan ishlashda ishchanlik v a tashkiliylilikni taqozo qiladi.

214



I jtimoiy-psixologik tamoyillaming eng muhimlaridan biri  ijtimoiy 

Itiollikni  rag'batlantirish  boMib,  u  insonni  ongli,  manfaatni  anglagan 

holda  uning  kuch-g‘ayratini  sarflashdagi,  qobiliyatlarini,  axloqiy  va 

Iroda  salohiyatini  ijtimoiy  muhim  maqsadga  erishish  yoMidagi 

laolligini  oshirishga  undaydi.  Bunda  har  qanday  faoliyat  turida 

rug'batlantirish  kuchining  manbayi  boMib,  manfaatlar  va  ehtiyojlar- 

ning o‘zi emas, balki ulami qondirish darajasi xizmat qiladi.

Ijtimoiy  ishda  rag‘batlantirish  tamoyili  uning  m a’naviy-axloqiy 

va  moddiy  shakllarining  birligi  va  uyg‘unlashtrilishini;  shaxsning 

individual,  kasbiy,  ma’naviy-madaniy  va  ruhiy  xususiyatlarini 

adekvat  vositalar  va  usullar  yordamida;  insonning  ishga,  hayot 

faoliyatining  ijtimoiy  qadriyatlariga  munosabatlarini  baholashdagi 

xolislik va oshkoralikni taqozo qiladi.

Ijtimoiy  ishning  psixologik-pedagogik  tamoyillari  jum lasiga 

maqsadga 

yo‘naltirilganlik 

tamoyili 

ham  


kiradi. 

Ijtimoiy 

xizmatchining  doimo  diqqat  markazida  turadigan  m ijozga  ta ’sir 

o'tkazish  maqsadi  uning  faoliyati  xususiyatlari  va  usullarini 

belgilaydi,  ijtimoiy  ish  mazmuni  va  shakllarini  oldindan  aniqlab 

beradi.  M aqsadga  erishish  ijtimoiy  xizmatchi  tomonidan  am alga 

oshirilayotgan  ishlarning  ta’sirchanligi  va  samaradorligi  uchun 

mezon  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Bulam ing  barchasi  maqsadga 

yo‘naltirilganlik  tam oyilining  alohida  mutaxassis  faoliyatida  ham, 

ijtimoiy xizm atlar tuzilmasi  faoliyatida ham  qanchalik muhim  o ‘rin 

tutishini k o ’rsatadi.

M aqsadga yo'naltirilganlik ijtimoiy  ishning barcha tamoyillarini 

bir  butunlikka  jam lab  ish  usuli  va  shakllarini  tanlash  jarayoniga 

ilmiylik baxsh etadi.

O ilaning  generativ  funksiyasi  inson  avlodini  davom  ettirish 

zarurati  bilan  bog‘liq  bo‘lib,  u  faqat  biologik  ehtiyoj  emas,  balki 

ulkan  iqtisodiy  aham iyatga  m olik  populyatsiyaning  saqlanib  qoli- 

shidir.  Ertangi  kunning  m ehnat potensiali  -  bugungi  chaqaloqlar va 

yosh bolalar, bolalar va o ‘smirlar. Jamiyat har bir avlodning o'zidan 

oldingisidan  hech  bo‘lmaganda  kam  boMmasligidan  manfaatdor. 

Ayni  paytda,  oila  bola  ko‘rishdan  manfaatdor.  Shunisi  ham  borki, 

bugungi  kunda  bu  faqat  iqtisodiy  (bolalar  -   ota-onalari  qariganda 

ta’m inlash kafolati) emas, balki axloqiy-emotsional ehtiyojdir.

215



Farzandsiz  oila  m a’naviy  jihatdan  toMaqonli  boMmaydi. 

o ‘zlarini  bolalarida  davom  ettirmagan  katta  yoshlilar  kamchilik, 

bo‘shliq  tuyg‘usini 

his  etadilar. 

Ayni  paytda,  Rossiyadagi 

oilalam ing  uchdan  bir  qismi  balog‘atga  yetm agan  bolalarga  ega 

emas.  Bu  hoi  nari  borsa,  bolalarini  o ‘stirib  boMgan,  yomonroq 

variantda  esa  bola  ko'rm agan  v a  ko‘rishni  istamayotganlardan 

iborat  boMadi.  Bola  tugMsh  yoshidagi  er-xotinlar  orasida  bola 

ko‘rmaslikka  boMgan  qarash  bir  tomondan,  o ‘sib  borayotgan 

moddiy-iqtisodiy qiyinchiliklar, bolaning ijtimoiy «ziynat predmeti» 

ga  aylanib  borishi,  ikkinchi  tomondan  esa hozirgi jam iyatni  egallab 

olgan  ma’naviy-axloqiy  tanglik  natijasi  boMib,  uning  qadriyatlari 

tizimida  m ashina,  uy,  zotdor  kuchuklar  singari  u rf  boMgan 

buyumlarga  katta  o ‘rin 

ajratiladi,  bolaga  esa  o ‘rin  yo‘q. 

Ekspertlarning  baholariga  ko‘ra,  katta  yoshli  aholining  10-15  %   i 

noqulay  ekologik  ta ’sirlar,  noto‘g ‘ri  turmush  tarzi,  xastaliklar, 

yomon ovqatlanish va h.k tufayli  salomatligi yomonlashgani  sababli 

bola ko‘rish qobiliyatiga ega emas.  Ularning ba’zilariga zamonaviy 

tibbiyot  yordam  ko‘rsatishi  mumkin,  biroq  bunday  davolanish 

uchun hammaning ham hamyoni yoM qo'yaverm aydi.

Bolalarning  dastlabki 

ijtimoiylashuvi  funksiyasi  shundan 

iboratki,  dunyoga  kelgan  inson  bolasi  o ‘zida  «aqlli  odam »ning 

faqatgina  kurtaklari,  salohiyatiga ega  boMadi  xolos.  Chaqaloq jam i­

yatga  asta-sekin  olib  kirilishi  va  «insoniy  dastur»  bo'yicha  rivojla­

nishi  lozim.  A ks  holda,  undagi  insoniylik  kurtaklari  rivojlanmay 

qolishi, qobiliyatlam ing asoslari abadiy o'chishi mumkin.

O ilaning  hozirgi  tangligi  uning  pedagogik  salohiyati  pasayi- 

shida -  oilaviy  tarbiya  mazm uni  va  sifatining  yomon lashuvida  na­

m oyon  boMadi.  M a’lumki,  oila  ijtimoiylashuvning qudratli  vositasi- 

dir.  Shuning  uchun  oilaning  ijtimoiy  xastaliklarini  «davolash», 

uning ijtim oiy-pedagogik funksiyalarini tiklash hozirgi  kunning m u­

him vazifasidir.  Ijtimoiy ishning m arkaziy funksiyasi -  odam larning 

munosabatlariga  ta’sir  oMkazish,  ularning  o 'zaro   va  atrofdagilar 

bilan  m unosabatini  real  voqelikni  o ‘zgartirish  orqali  takom illash- 

tirish  va  korreksiya  qilishdan  iborat.  Dem ak,  oila  bilan  olib 

boriladigan  ijtimoiy  ishning  maqsadi  va  integrativ  natijasi  shaxsni 

ijtimoiy kutishlar, ijtim oiy buyurtm aga binoan ijtimoiylashtiruvdir.

216




Download 10,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish