«IJTIM OIY ISH ETIK ASI» FANINING OBYEKTI,
PREDM ETI V A M AZM UNI
Reja:
1.1 «Ijtimoiy ish etikasi» fanining obyekti, prcdmeti.
1.2 «Ijtim oiy ish etikasi» fanining maqsadi va vazifalari.
1.3 «Ijtim oiy ish etikasi» fanining boshqa ijtimoiy fanlar
bilan aloqadorligi.
Ijtim oiy ish
- bu odam larga insonlar orasidagi munosabatlarni
hal qilish va jam iyatdagi ijtimoiy o ‘zgarishlarda ko‘maklashishga
yo‘naltiri!gan, ularning hayotiy farovonligini oshirish m aqsadida
yordam kp'rsatish va qoMlab-quvvatlash bo‘yicha kasbiy faoliyatdir.
Ijtimoiy ish keng m a’noda ijtimoiy hodisa sifatida ijtimoiy
yordamning o ‘ziga xos modelidir. Uni jam iyatning aniq bir tarixiy
davrida ijtimoiy, siyosiy va madaniy rivojlanishining xususiyatlariga
mos ravishda ro‘yobga chiqaradi. T or m a’noda esa ijtimioy ish
ijtimoiy zaruriy faoliyat bo'lib, odamlar, ijtimoiy guruhlarga shaxsiy
va ijtimoiy qiyinchiliklami yengishda yordam berishga qaratilgan.
«Ijtimoiy ish» - butun dunyoda qabul qilingan ibora boMib, u
insonning insonga gumanistik munosabatini bildiradi.
Jam iyatning
rivojlanish jarayoni, jam iyatda yashayotgan
insonlarga nisbatan ijtimoiy m unosabat orqali belgilanadi. Ayniqsa,
davlatning yordam ga muhtoj boMgan odam lar qatlam iga e’tibori,
ijtimoiy z a if kishilarga, y a’ni keksalar, nogironlar, yolg'iz, nochor
kishilarga yordam berishi, ana shu jam iyatning yuksak m a’naviyati
va ijtimoiy m oddiy jihatdan barkamolligidan dalolat beradi. Jahon
tajribasida o ‘z yaqinlariga yordam berish, ogMrini yengil qilish,
hamdard boMish, xayr-ehson qilish azaldan turli ko‘rinishlarda
am alga oshirib kelingan. Ayniqsa, bu fazilatlar diniy qatlamlar
orasida keng rivojlangan boMib, o ‘ziga xos ko‘rinishlari bilan
namoyon boMib kelgan. Tarixan o ‘z in’ikosini topgan bu insoniy
fazilat m ing yillar mobaynida xayriya, insonlarga yordam berish
orqali diniy burch sifatida yuzaga kelgan boMib, X1X-XX asrlarga
kelib, alohida mazmun v a m ohiyat kasb etuvchi professional kasbga
aylandi. Bu davrlarga kelib, insonparvarlik tam oyillariga suyangan
diniy xayriya bilan shug‘ullanuvchilar bilan zam onaviy ijtimoiy
xodim orasidagi farq yuzaga keldi va o ‘z shaklu-shamoyillari bilan
rivojlanib kelmoqda. Ijtimoiy ishni professional kasb sifatida,
alohida fan yo‘nalishida o'rganish. bugungi kunning dolzarb
vazifasidir. Dunyoning rivojlangan davlatlarida ijtim oiy ish instituti
yuz ellik yil m obaynida faoliyat olib borm oqda va yetakchi oliy
dargohlarda kasbiy tayyorgarlik am alga oshiriladi. Ijtimoiy ish
ijtimoiy hodisa sifatida ijtimoiy yordamni o ‘ziga xos modeli sifatida
hayotga tatbiq qilinmoqda.
Ijtimoiy ish faqatgina kundalik insonlar orasidagi muammolami
hal qilish borasida yordam berish bilan cheklanm ay, balki ehtiyojiy
qiyinchiliklam i yengib o ‘tish xususiyatlarini va o ‘ziga o ‘zi yordam
berish ko‘nikmalarini shakllantirishga y o ‘naltirilganligi bilan, xayr-
saxovat va ana shu faoliyatning shunga o ‘xshash turlaridan farq
qiladi. Bu hodisani istalgan hayotiy vaziyatda odam ni o‘z muamm o
lami o ‘zi hal qilishga o ‘rgatish deb tushunish mumkin. Ijtimoiy ish
bilan shug'ullanuvchi kasb egalari bugungi kunda keng doiradagi
muam m olarga duch kelmoqdalar. Alkogolizm, giyohvandlik, mulk-
chilik huquqlarining buzilishi, bolalarga yomon m uom alada boMish,
oilaviy janjallar, ruhiy va jism oniy kasalliklar, darbadarlik,
jam iyatdan ajralgan holda yashash shular jum lasidandir. Bulaming
barchasi maxsus tayyorgarlik talab qiladi. Bunga yuzaki yondoshish
mumkin em as. Chunki ijtimoiy ish xodim lari tegishli bilim va
ko‘nikmalarga ega bo'libgina qolm ay, balki shu kasbga doir axloqiy
m e’yorlar va tam oyillarga rioya qilishga tayyor boMishlari
kerak.
Ijtimoiy ish xodim larining xizm at turlari m ijozlam ing yoki gu-
ruhlar muamm olarining m azm uni, y a’ni yordam va qoMlab-
quvvatlashning talab darajasi, faoliyat turlaridan kelib chiqib tasnif-
lanadi. Ijtimoiy xizmat xodim larining faoliyati m e’yoriy huquqiy
hujjatlarni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi va belgilangan
qoidalar asosida am alga oshiriladi. Q oidalarga ijtimoiy xizmat
tashkilotining maqsad va vazifalari, m oliyalashtirish manbasi,
8
xodimlaming ish m ajburiyatlari, ish jarayonida amal qilinishi lozim
boMgan axloqiy tam oyillar aks etishi lozimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |