181
bank muassasalaridan kredit olishi va ushbu kreditni ma‘lum bir vaqt
o‗tgandan so‗ng qaytarishi mumkin bo‗ladi. Bu esa davlatning ijtimoiy
ta‘minot
xizmatlarini
moliyalashtirishga
yo‗naltirilayotgan
xarajatlarining qisqarishi va jamiyatda ijtimoiy ishning rivojlanishiga
turtki bo‗ladi.
1958-yilda iqtisodchi olim Titmuss tomonidan kasbiy farovonlik
tushunchasi iqtisodiy fan aylanmasiga kiritilgan. Bunda ijtimoiy ta‘minot
to‗lovlari jismoniy shaxslar daromadlaridan ushlab qolinadigan soliqlar
bilan bir qatorda turli ijtimoiy sug‗urtalar hisobidan moliyalashtirilgan.
Firma va tashkilotlar o‗zlarining
ishchi xodimlarining tibbiy
xizmatlardan
foydalanishi
va
ularning
pensiya
badallarini
moliyalashtirishda faol qatnasha boshlaganlar.
144
1990-yilda ijtimoiy ta‘minot xarajatlarini moliyalashtirishda
davlatning ulushi yuqoridagi usullarni e‘tiborga olgan holda YaIMga
nisbatan 40%ni tashkil etgan. Umumiy holda olganda davlat
xarajatlarining 70% qismi ijtimoiy-madaniy faoliyatni moliyalashtirishga
yo‗naltirilgan bo‗lib, bundan 20% ta‘lim va 15%i esa sog‗liqni saqlash
sohalari hissasiga to‗g‗ri kelgan.
145
Titmuss tadqiqotlariga ko‗ra, soliq siyosatini yuritish asosida aholi
farovonligini ta‘minlash ―Fiskal farovonlik‖ deb nomlanadi.
Bunda
daromaddan turli ijtimoiy sug‗urtalar, jumladan, majburiy pensiya
sug‗urtasi badallarini ushlab qolish amaliyoti keng qo‗llanilgan.
146
Davlat byudjeti xarajatlari tarkibida ijtimoiy soha xarajatlarini
boshqarish muhim ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy ta‘minot chora-
tadbirlari dasturini amalga oshirish yo‗nalishlari Vazirlar Mahkamasi va
Parlament
qarorlari
bilan
tasdiqlansa,
uni
moliyalashtirishga
yo‗naltirilayotgan pul mablag‗lari G‗aznachilik tashkiloti nazorati ostida
bo‗ladi. Shuningdek, ijtimoiy infratuzilma
muassalariga ijtimoiy
ta‘minot
xizmatlarini
ko‗rsatishda,
ularning
faoliyatlarini
takomillashtirish va xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida turli
dotatsiya, subvensiya va subsidiyalar ajratiladi.
G‗aznachilik
tashkiloti
davlatning
ijtimoiy
ta‘minotni
moliyalashtirishga yo‗naltirilayotgan xarajatlarini hukumat bilan
kelishilgan holda chegaralaydi. Bunda ushbu xizmatlarga bo‗lgan talab
va taklif inobatga olingan holda, ularning narxlarini asossiz o‗sishiga
144
Social policy. P. 243
145
Social policy. P. 243
146
Social policy. P. 243-245
182
yo‗l qo‗yilmaydi va ajratilayotgan mablag‗lar ijtimoiy xizmatlarni sotib
olishga yetarli darajada bo‗lishi ta‘minlanadi.
147
O‗zbekistonda davlat hisobidan eng zarur mahsulotlar bilan
ta‘minlash o‗zgalar parvarishiga muhtoj yolg‗iz
pensionerlarni ijtimoiy
himoya qilish turlaridan biri hisoblanadi. ―O‗zgalar parvarishiga muhtoj
yolg‗iz pensionerlarni ijtimoiy himoyalash yuzasidan qo‗shimcha
tadbirlar to‗g‗risida‖gi normativ-huquqiy xujjatga muvofiq
148
, ushbu
ijtimoiy himoyalash quyidagi me‘zonlarga javob beruvchi fuqarolarga
taqdim etiladi:
- yolg‗izlar (yaqin qarindoshlari yo‗qlar);
- pensionerlar (ya‘ni pensiya oluvchilar – ijtimoiy nafaqa oluvchi
keksalar ushbu toifaga kirmaydi);
- o‗zgalar parvarishiga muhtojlar (o‗zgalar parvarishiga muhtojlik
TMEK yoki VMK xulosasi asosida tibbiy ko‗rsatkichlar bo‗yicha
aniqlanadi).
Ya‘ni o‗zgalar parvarishiga muhtoj yolg‗iz pensionerlar asosiy oziq-
ovqat mahsulotlari bilan bepul ta‘minlanish huquqidan foydalanadilar
149
.
Asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini oluvchi shaxslar ro‗yxatiga
kiritish
uchun quyidagi xujjatlarni taqdim etish zarur:
- yolg‗iz pensionerlarning fuqarolarning o‗zini-o‗zi boshqarish
organi raisining nomiga arizasi;
- TMEK yoki VMKning o‗zgalar parvarishiga muhtojlik
to‗g‗risidagi ma‘lumotnomasi;
- yashash joyidan ma‘lumotnoma;
- fuqarolarning o‗zini-o‗zi boshqarish organlari hamda aholini
ijtimoiy muhofaza qilish organlari tomonidan tuzilgan yolg‗iz
fuqarolarning uy-joy maishiy sharoitlarini o‗rganish dalolatnomasi.
Xodim belgilangan oziq-ovqat mahsulotlarini uzluksiz va o‗z
vaqtida yetkazib berishi shart bo‗lgan yashash joyi bo‗yicha savdo
tashkilotlaridan eng zarur mahsulotlarni uyga olib borib beradi. Oziq-
ovqat mahsulotlarining ro‗yxati 6.6.1-jadvalda keltirilgan.
147
Social policy. P. 243-245
148
Ўзбекистон Республикаси Президентининг ―Ўзгалар парваришига муҳтож ѐлғиз пенсионерларни
ижтимоий ҳимоялаш юзасидан қўшимча тадбирлар тўғрисида‖ 1991 йил 27 майдаги 212-сон Фармони.
149
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 1999 йил 15 февралдаги 636-сон Қарорига илова –
Ўзгалар парваришига муҳтож ѐлғиз пенсионерларни асосий озиқ-овқат маҳсулотлари
билан бепул
таъминлаш тўғрисидаги Низом ва Вазирлар Маҳкамасининг 1991 йил 28 майдаги 145 – сон қарорига 1-илова
– ―Ўзгалар парваришига муҳтож ѐлғиз пенсионерларга имтиѐзлар бериш тартиби тўғрисида‖ги Низом.