A.V.Vaxabov
ning umumiy tahriri ostida
Taqrizchilar:
Abulqosimov X.P. – O‗zMU professori, iqtisod fanlari doktori;
Xoshimov P.Z. – O‗zMU dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi
ISBN 978-9943-5562-7-0
© Ijtimoiy siyosat‖, 2019
©―MUMTOZ SOʻZ‖, 2019
3
KIRISH
O‗zbekistonda bozor iqtisodiyotini shakllantirishning ―O‗zbek‖
milliy modelining muhim tamoyillaridan biri kuchli ijtimoiy siyosatni
amalga
oshirish
hisoblanadi.
2017–2021-yillarda
O‗zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning Xarakatlar strategiyasining to‗rtinchi
bandi aholini ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish va 2019-yil
―Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili‖ davlat dasturida ijtimoiy
sohani yanada rivojlantirish va ijtimoiy siyosatning samaradorligini
oshirishga qaratilgan qator ustuvor vazifalarni amalga oshirish ko‗zda
tutilgan.
XXI asr boshlarida rivojlangan mamlakatlarda ―Ijtimoiy davlat‖
modeliga asoslangan ijtimoiy siyosatni amalga oshirish va amal
qilayotgan ijtimoiy siyosatni modernizatsiya qilinishi ―ijtimoiy ish‖,
―ijtimoiy soha iqtisodiyoti‖ yo‗nalishlari va mutaxassisliklarida
o‗qiyotgan bakalavr va magistrantlarga kadrlar tayyorlashni o‗quv
rejasida ko‗rsatilgan ―ijtimoiy siyosat‖ fani bo‗yicha xalqaro andozalar
talablariga javob beradigan zamonaviy darslik va o‗quv qo‗llanmalariga
bo‗lgan katta ehtiyojni vujudga keltirdi.
O‗zbekiston
Milliy
universiteti
Iqtisodiyot
fakulteti
―Makroiqtisodiyot‖ kafedrasining yetakchi professor-o‗qituvchilari
tomonidan Buyuk Britaniyada besh marta qayta nashr ettirilgan Oksford
universiteti iqtisodchi olimlari tomonidan yozilgan ―Social Policy: An
Introduction, Fifth Edition Pate Alcock, Tina Haux, Margaret May and
Sharon Wright © 2016 John Wiley & Sons Ltd. 526 p.‖ darsligi ingliz
tilidan o‗zbek tiliga tarjima qilindi va O‗zbekistonda ijtimoiy siyosatni
huquqiy-institutsional asoslari, tarkibi, amalga oshirish mexanizmi va
dastaklari, ustuvor yo‗nalishlariga oid materiallari bilan uyg‗unlashgan
holda to‗ldirildi.
O‗quv qo‗llanmaning maqsadi jahonda ―ijtimoiy siyosat‖ning fan
sifatida shakllanishi tarixi, nazariy asoslari, davlat tomonidan ijtimoiy
siyosatni tartibga solish dastaklari va amalga oshirishning milliy
xususiyatlari, aholi farovonligini ta‘minlashda ijtimoiy ta‘minot va
xizmatlarning o‗rni, ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning jahon
tajribasidan O‗zbekiston amaliyotida ijodiy foydalanish imkoniyatlariga
oid tizimli bilimlar berishdan iborat.
O‗quv qo‗llanma tarkibi kirish, to‗qqiz bob va foydalanilgan
adabiyotlar ro‗yxatidan iborat. O‗quv qo‗llanmaning har bir mavzusi
o‗qitishning zamonaviy interfaol usullaridan foydalanilgan holda
4
yozilgan hamda matn,tayanch atamalar, nazorat uchun savollar va
olingan bilimni nazorat qilish, baholash uchun qo‗llaniladigan testlardan
iborat.
O‗quv qo‗llanmaning muhim afzalligi xalqaro iqtisodiy tashkilotlar,
milliy statistika davlat tashkilotlarining ko‗p sonli statistik to‗plamlari
materiallaridan turli mamlakatlardagi ijtimoiy siyosatning holatini
qiyosiy baholash, taqqoslash, rivojlanish tendensiyalarini aniqlash, ular
uchun xos bo‗lgan milliy xususiyatlarni tahlil etishda keng qo‗llanilgan.
O‗quv qo‗llanmaning kirish qismida mavzuning dolzarbligi,
maqsadi, vazifalari va tarkibi bayon etilgan. ―Ijtimoiy siyosat fanining
predmeti va metodlari‖ deb nomlangan birinchi bobda ijtimoiy siyosat
tushunchasining kelib chiqish tarixi, tor va keng mazmundagi ta‘rifi va
rivojlanish bosqichlari, ijtimoiy ta‘minot, ijtimoiy yordam, ijtimoiy
himoya, ijtimoiy sug‗urta kabi tushunchalarning umumiy jihatlari va
farqlari bayon etilgan. ―Ijtimoiy siyosat‖ fanining predmeti va tadqiq
etish usullari tahlil etilgan. Jahonda ijtimoiy jarayonlarning globallashuvi
bilan birgalikda yangidan XX asr boshlarida vujudga kelayotgan ijtimoiy
muammolar, ularni guruhlanishi va hal etish uslublari, bozor iqtisodiyoti
jarayonida samaradorlik va ijtimoiy adolat o‗rtasidagi munosabatlar
kompleks bayon etilgan.
O‗quv qo‗llanmaning ―Ijtimoiy siyosatning nazariy asoslari‖ deb
atalgan ikkinchi bobida ijtimoiy siyosatning iqtisodiy kategoriya sifatida
shakllanishi va uni rivojlanish evolyutsiyasi bayon etilgan. Ushbu bobda
ijtimoiy siyosatning tamoyillari, mohiyati ochib berilgan va amaliy
jihatlarini rivojlantirishda turli ilmiy maktablarning tutgan o‗rni qiyosiy
baholangan va uni modernizatsiyalashga bo‗lgan yondashuvlar chuqur
tahlil etilgan.
―Ijtimoiy siyosatning shakllanishi va rivojlanish bosqichlari‖ deb
nomlangan uchinchi bobda Yevropa mamlakatlarida ijtimoiy siyosatning
kelib chiqish zaruriyati, rivojlanish shart-sharoitlari va omillari
o‗rganilgan. Ijtimoiy siyosat borasida amalga oshirilgan islohotlar
qiyosiy tahlil etilgan, guruhlashtirilgan. Yevropa mamlakatlarida aholini
ijtimoiy himoya qilish tizimida amalga oshirilgan islohotlar tavsiflangan,
tasniflangan hamda turli modellarga ajratilgan. XXI asr boshlarida
jahondagi globallashuv jarayonlarining kuchayishi turli risklar ta‘siri
ostida yetakchi mamlakatlarda ijtimoiy siyosat borasida amalga
oshirilayotgan modernizatsiyalash milliy dasturlari qiyosiy baholangan
va ularni amalga oshirishning ustuvor yo‗nalishlari o‗rganilgan.
5
O‗quv qo‗llanmaning to‗rtinchi ―Ijtimoiy siyosatni tartibga solish
dastaklari‖ deb atalgan bobida ijtimoiy siyosatning ayrim mamlakatlarda
amalga oshirishni tashkil etish, boshqarish, moliyalashtirish va
monitoring qilishning huquqiy-tashkiliy va amaliy jihatlari bayon
etilgan. Ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda mahalliy boshqaruv
organlari o‗rtasidagi huquq, mas‘uliyat va majburiyatlarni taqsimlanish
nisbatining holati va belgilovchi omillari tahlil etilgan hamda ijtimoiy
siyosatni amalga oshirishning samaradorligini kuchaytirish yo‗nalishlari
tahlil etilgan.
―Modernizatsiyalash sharoitida ijtimoiy siyosatni amalga oshirish
xususiyatlari‖ deb nomlangan beshinchi bobda ijtimoiy siyosatning
shakllanishi va rivojlanishiga ta‘sir etuvchi omillar tavsiflangan,
guruhlangan. Yetakchi omillar hisoblangan iqtisodiy, demografik, din,
oila, jamiyatning ijtimoiy tarkibi va qatlamlarning ijtimoiy siyosatga
ta‘siri o‗rganilgan. Ushbu bobda global ijtimoiy muammolarni hal
etishda ijtimoiy siyosatni tutgan o‗rni baholangan.
O‗quv qo‗llanmaning ―Aholi farovonligi va ijtimoiy ta‘minot‖ deb
nomlangan oltinchi bobida aholi farovonligi, turmush darajasi va sifatiga
ta‘sir etuvchi omillar va ko‗rsatkichlari kompleks tadqiq etilgan.
―Ijtimoiy farovonlik davlati‖ni vujudga kelish xususiyatlari va ijtimoiy
xizmatlar ko‗rsatish masalalari tahlil qilingan. Aholini ijtimoiy jihatdan
nochor qatlamlariga ko‗rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar mazmuni, turlari
va ularni moliyalashtirish masalalari yoritilgan.
―Ijtimoiy xizmatlar‖ deb nomlangan yettinchi bobda taraqqiy etgan
mamlakatlarda, O‗zbekistonda aholini ijtimoiy jihatdan nochor
qatlamlarini aniqlash usullari va ularga ijtimoiy xizmat ko‗rsatish
tamoyillari, turlari tahlil etilgan. Ijtimoiy xizmatlar ko‗rsatishning
yetakchi turlarini amalga oshirish xususiyatlari va ularni moliyalashtirish
masalalari o‗rganilgan. Davlat bilan bozor mexanizmi o‗rtasidagi nisbat
masalasini yoritishga alohida e‘tibor qaratilgan.
O‗quv qo‗llanmani ―Aholini ijtimoiy himoyalash tizimi va uning
manzilliligini kuchaytirish‖ deb nomlangan sakkizinchi bobida bozor
iqtisodiyotiga o‗tish davrida aholini yoppasiga ijtimoiy himoya qilish
tizimidan manzilli ijtimoiy himoya tizimiga o‗tishning zarurligi va
mohiyati yoritilgan. Jahon amaliyotida aholining ijtimoiy jihatdan
muhtoj qatlamlarini aniqlash uslublari qiyosiy o‗rganilgan. Aholining
ijtimoiy jihatdan muhtoj qatlamlari hisoblangan ko‗p bolali oilalar,
bolalar, yoshlar, keksalar, nogironlarni ijtimoiy himoyalash tamoyillari,
amalga oshirish mexanizmi va mamlakatimiz uchun xos bo‗lgan
6
xususiyatlari bayon etilgan. Mamlakatimizda aholini ijtimoiy himoya
qilish tizimining manzilliligini kuchaytirishning ustuvor yo‗nalishlari
tahlil etilgan.
―Ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning jahon tajribasi‖ deb
nomlangan to‗qqizinchi bobda jahon amaliyotida ijtimoiy siyosatni
amalga oshirishning modellari kompleks tahlil etilib, ularning umumiy
jihatlari va farqli xususiyatlari aniqlangan. Jahon iqtisodiyotining
yetakchi markazlari hisoblangan Shimoliy Amerika, Yevropa Ittifoqi,
Sharqiy Osiyoda amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosatning holati
baholangan va isloh etishning ustuvor jihatlari aniqlangan. Jahonda
jamlangan kuchli, samarali ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning boy,
ilg‗or tajribasidan O‗zbekistonning o‗ziga xos xususiyatlarini e‘tiborga
olgan holda amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosatni modernizatsiyalash
jarayonida ijodiy foydalanish imkoniyatlari bayon etilgan.
Mualliflar guruhi ushbu qo‗llanmaning mazmuni, tarkibi va o‗quv
materiallarini uzatishning uslubiy jihatlari yuzasidan o‗quvchilardan o‗z
fikr va mulohazalarini bildirishlarini so‗raydi.
Ushbu o‗quv qo‗llanma i.f.d., prof. A.V.Vaxabov rahbarligidagi
quyidagi mualliflar guruhi tomonidan tayyorlangan: kirish, II, VIII
boblar – i.f.d. prof. A.V.Vaxabov; I bob – i.f.n. Sh.Sh. Zaxidova, III bob
– kat. o‗qit. Sh.I.Raxmanov, IV bob – o‗qit. B.B.Baxtiyorov, V bob –
o‗qit. B.B.Baxtiyorov, o‗qit. S.N.Abdulxakimov, VI bob – kat. o‗qit.
D.Sh.Odinayev, VII – dots. v.b. Sh.X.Xajibakiyev, IX bob – o‗qit.
J.N.Fayzullayev.
Do'stlaringiz bilan baham: |