Ijtimoiy siyosat


 Ijtimoiy siyosatning nazariy asoslari



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/142
Sana22.06.2022
Hajmi2,77 Mb.
#693798
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142
Bog'liq
Ижтимоий сиёсат

1.2. Ijtimoiy siyosatning nazariy asoslari 
Ijtimoiy siyosatning vujudga kelishi va shakllanish bosqichlari ilk 
bor XIX asrda Buyuk Britaniyada namoyon bo‗lgan. Uning tarixi Buyuk 
Britaniyada ―Fabian jamiyati‖ning rivojlanishi va mazkur jamiyatda 
qo‗llanilgan siyosatga borib taqaladi. Fabian jamiyati 1884-yilda tashkil 
topgan bo‗lib, unda qo‗llanilgan siyosatning asoslari hukumat parlamenti 
Leyboristlar partiyasi vakili Sidni Vebb va uning tarafdorlari ilmiy 
ishlarida yoritib berilgan. Fabianslar XIX asrning oxirida Britaniya 
kapitalizmi amal qilishida mamlakatdagi vujudga kelgan ijtimoiy-
iqtisodiy 
muammolarni 
tanqidiy 
tahlil 
qilgan 
holda, 
ushbu 
muammolarning yechimini topishga qaratilgan ijtimoiy siyosatni davlat 
tomonidan 
amalga 
oshirish 
zarurligini 
ta‘kidlab 
o‗tishgan.
2
Fabianslarning ijtimoiy siyosatga oid qarashlari But va Rauntrilarning 
empirik tadqiqotlariga asoslangan. Ushbu tadqiqot ishi XIX asrda 
mamlakatda kambag‗allikning darajasi va uni kelib chiqish sabablarini 
o‗rganishga qaratilgan bo‗lib, iqtisodiy bozor, ya‘ni kapitalizm faqatgina 
zaruriy ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan, degan xulosaga kelingan. 
Fabianslar ushbu tadqiqot natijalarini rivojlantirgan holda, jamiyatda 
vujudga kelayotgan ijtimoiy muammolarni bozor (kapitalizm) dastaklari 
orqali hal etishning iloji yo‗qligi va shuning uchun ularni hal etishda 
davlatning aralashuvi zarur, degan xulosaga keladilar.
3
XX asrning boshlariga kelib, Leyboristlar partiyasi Britaniya 
hukumatini boshqarishda mamlakatda kambag‗allarni himoya qilish 
to‗g‗risida, aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan qator 
qonunlar va me‘yoriy xujjatlar qabul qilindi. 1905-yilda Buyuk 
Britaniyada ijtimoiy siyosatni amalga oshirish va uning ijrosini nazorat 
qiluvchi Qirollik komissiyasi tashkil etilganligi ijtimoiy siyosatda katta 
burilish bo‗ldi. Fabianslar maktabi vakili Beatris Vebb tomonidan aholi 
farovonligini ta‘minlashda davlat xizmatlaridan foydalanish usullari 
yoritilgan. ―Bag‗rikenglik jamiyati (COS)‖ a‘zolari Yelena va Bernar 
Bozanketlar esa o‗z ilmiy asarlarida ijtimoiy siyosatni nodavlat 
2
―Social Policy‖. P. 6. 
3
―Social Policy‖. P. 6. 


11 
dastaklari orqali amalga oshirish yo‗nalishlari borasida tadqiqotlar olib 
borganlar.
4
Davlat va nodavlat tashkilotlarining ijtimoiy siyosatni olib 
borish usullari bo‗yicha turli munozaralar vujudga keldi. Vebb va 
Bozanketlarning ilmiy tadqiqotlaridan olingan xulosalarga tayangan 
holda shuni aytish mumkinki, ushbu tadqiqotlar mamlakatdagi ijtimoiy 
siyosatni amalga oshirish shakli, uni baholash va qay darajada 
rivojlanganligini isbotlashga asoslangan. Ijtimoiy ta‘minot tizimini isloh 
etish yo‗nalishlari yoritilgan. Ijtimoiy siyosatning mohiyati Klement Ettli 
(Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda Qirollikda Leyboristlar 
hukumati islohotlarini amalga oshirilishini o‗z ilmiy izlanishlarida 
yoritib bergan), Beveridj (zamonaviy ijtimoiy ta‘minot tizimi asoschisi) 
va T.X. Marshall (―Ijtimoiy davlat‖ tushunchasining nazariy asoslarini 
yaratgan) kabi olimlar tomonidan ochib berilgan. 
1950-yilga kelib London iqtisodiyot maktabi (LSE) vakili Richard 
Titmass Buyuk Britaniya tarixida ilk bor ijtimoiy boshqaruv bo‗yicha 
professor ilmiy unvonini qo‗lga kiritdi.
5
Titmassning ijtimoiy siyosat 
mohiyatini yoritishga oid fikrlari hozirda amalga oshirilayotgan ijtimoiy 
siyosatni mohiyatini ochib bera oladi. Keyingi 15 yil mobaynida 
Britaniyaning turli ilmiy-tadqiqot markazlari, universitetlar, kollej va 
maktablarida ijtimoiy soha bo‗yicha fanlar o‗qitila boshlandi. Ushbu 
tadbirlardan ko‗zlangan maqsad mamlakatda ijtimoiy ta‘minotga 
aloqador xizmat ko‗rsatish sohasi va aholi farovonligi yo‗lida xizmat 
qiluvchi malakali ijtimoiy ish xodimlarini tayyorlash va malakasini 
oshirish bo‗lgan. 
Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda Buyuk Britaniyada ijtimoiy 
davlatning barpo etilishi ijtimoiy siyosat sohasidagi katta o‗zgarishlarga 
sabab bo‗ldi. Mazkur sohada erishilgan yutuqning asosini aholining 
hayotiy zarur iste‘mol tovarlariga bo‗lgan ehtiyojlarini qondirishdan 
iborat bo‗ldi. 1942-yilda Beveridj tomonidan Britaniyadagi ijtimoiy 
davlatning quyidagi xususiyatlari yoritib berildi:
6
- aholi savodxonligini ta‘minlash maqsadida 15 yillik bepul 
ta‘limning joriy etilishi (keyinchalik 16 yilga uzaytirilgan); 
- jamiyatda turli yuqumli kasalliklarning tarqalishiga qarshi 
kurashish maqsadida bepul tibbiy xizmat ko‗rsatishni joriy etilganligi; 
- ishsizlikka qarshi kurashish maqsadida davlat aholining to‗liq 
bandligini ta‘minlashi zarurligi; 
4
―Social Policy‖. P. 6-7. 
5
―Social Policy‖. P. 7. 
6
―Social Policy‖. P. 8. 


12 
- davlatning mamlakatda qashshoqlikni qisqartirish va aholini turar 
uy-joy bilan ta‘minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishi; 
- aholining ijtimoiy jihatdan nochor qatlamlariga ijtimoiy sug‗urta 
imtiyozlarining berilishi. 
Yuqorida 
keltirilgan 
vazifalarni 
amalga 
oshirilishi 
va 
moliyalashtirilishi davlatning zimmasiga yuklatilgan edi. Ushbu holat 
ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda ijtimoiy siyosat mamlakatda 
aholi farovonlik darajasini oshirishga qaratilganligidan dalolat beradi.
1970-yilda ijtimoiy ta‘minotning tarkibiga kiruvchi xizmatlarni 
amalga oshirilishining funksional jihatlariga katta e‘tibor qaratildi. 
Ushbu o‗zgarish ijtimoiy siyosatning qamrov darajasini ortishiga olib 
keldi. Ijtimoiy siyosatni boshqarishga bag‗ishlangan turli ilmiy 
munozaralar o‗tkazildi. Bu davrda olimlar aholi farovonligini 
oshirishdan davlatning qanday manfaatlari borligini isbotlashga harakat 
qildilar.
7
1960–1970-yillarda ko‗plab olimlar tomonidan xalq farovonligini 
ta‘minlashga qaratilgan davlat ijtimoiy siyosatining salbiy jihatlari tanqid 
qilinib, kapitalistik jamiyat (Marks ta‘limotiga asoslangan bozor 
iqtisodiyoti) davlat uchun eng maqbul tanlov ekanligi asoslangan. 
Ularning qarashlariga ko‗ra, ijtimoiy xizmatlar mehnat bozori 
mexanizmi amal qilishiga hech qanday ta‘sir ko‗rsatmagan. Ular 
aholining ijtimoiy jihatdan nochor qatlamlari va mehnatkashlar sinfini 
ijtimoiy himoyalanganligi kapitalizmning rivojlanishiga zamin yaratdi 
degan fikrni ham berishgan. Ushbu davrda ijtimoiy davlat tushunchasini 
yoritishda ikki turdagi yondashuvlar shakllangan: 
- ijtimoiy davlat aholi turmush farovonligini ta‘minlash maqsadida 
aholining birlamchi ehtiyojlarini qondirish vazifasini bajaradi; 
- ijtimoiy davlat bozor iqtisodiyoti rivojlanishi uchun zamin 
yaratishga xizmat qiladi.
8
1970–1980 yillarda ijtimoiy ehtiyojlarni to‗xtovsiz o‗sib borishi 
tufayli ijtimoiy davlatga nisbatan turli tanqidiy qarashlar rivojlana bordi. 
1970 yilda mamlakatda iqtisodiy tanazzulning vujudga kelishi va xalq 
farovonligini ta‘minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda 
davlat zimmasiga katta yuk tusha boshladi. Bu holat o‗z navbatida 
ijtimoiy davlat konsepsiyasining shubha ostiga tushib qolishiga sabab 
bo‗ldi. 
7
―Social Policy‖. P. 8-9. 
8
―Social Policy‖. P. 9. 


13 
XX asrning so‗ngi yillarida ijtimoiy davlat konsepsiyasi turli 
tanqidlarga duch keldi. Ushbu davrning o‗ziga xosligi ijtimoiy ta‘minot 
xizmatlarini ko‗rsatishda erkak va ayollarga nisbatan turli 
yondashuvlarning mavjudligi va aholi farovonligini ta‘minlashda gender 
tengligi (erkak va ayollarning teng huquqliligi) omilini e‘tiborga olish 
zaruriyatini vujudga kelishidan iborat.
9
XXI asrning boshlarida ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda 
―Ijtimoiy davlat‖ tushunchasidan farqli o‗laroq xalq farovonligini 
ta‘minlovchi ―Aralash iqtisodiyot‖ tushunchasi iqtisodiy muomalaga 
kiritildi. ―Aralash iqtisodiyot‖ tushunchasi ijtimoiy siyosat va bozor 
iqtisodiyotining amal qilishida davlat tomonidan tartibga solish bilan 
samarali ishlayotgan bozor mexanizmi bilan aralash holda qo‗llashni 
o‗zida aks ettiradi. 

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish