Ijtimoiy siyosat


 Ijtimoiy ehtiyojlar, ijtimoiy ta‟minot va



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/142
Sana22.06.2022
Hajmi2,77 Mb.
#693798
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142
Bog'liq
Ижтимоий сиёсат

1.4. Ijtimoiy ehtiyojlar, ijtimoiy ta‟minot va
ijtimoiy muammolar 
Ijtimoiy ta‘minot jamiyatning ayrim qatlamlari yoki kishilarning 
ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish va turli ijtimoiy muammolarni hal etishda 
qo‗llaniladigan ijtimoiy mexanizmlar majmuasini anglatadi. Ijtimoiy 
siyosatda ijtimoiy ta‘minot aholi farovonligini ta‘minlashni anglatadi. 
Ijtimoiy ta‘minot ijtimoiy siyosatdan farqli o‗laroq oila, ijtimoiy guruhlar 
yoki ayrim aholi qatlamlarida mavjud ijtimoiy muammolarni hal etishga 
qaratilgan chora-tadbirlar tizimini anglatadi. Jamiyatning ijtimoiy 
tarkibida oila, ijtimoiy guruhlar, nodavlat tashkilotlar va o‗zaro aloqador 
assotsiatsiyalar mavjud bo‗lib, ular mamlakatda ijtimoiy ta‘minotni 
amalga oshirilishida muhim o‗rin egallaydi. 
Ijtimoiy ehtiyojlar ijtimoiy ta‘minot institutlari tomonidan 
o‗rganiladigan va belgilanadigan tovar va xizmatlar tarkibi hisoblanadi. 
Ijtimoiy ehtiyojni belgilashda uni xohish-istak tushunchasidan farqlash 


15 
zarur bo‗ladi. Xohish-istak kishiga yashashi uchun hayotiy zarur 
bo‗lmagan boshqa tovar yoki xizmatlarni ham o‗z ichiga oladi. Ijtimoiy 
ehtiyojlar esa ayrim ijtimoiy guruhlarning yashashi uchun zarur bo‗lgan 
hayotiy zarur tovar va xizmatlar tarkibini o‗z ichiga oladi. 
Ijtimoiy ehtiyojlarni belgilash talabdan kelib chiqqan holda amalga 
oshiriladi. Ya‘ni bunda ijtimoiy talabni ajratib olish zarurati vujudga 
keladi. Ijtimoiy talab kasallik bilan og‗rigan kishilar yoki turli kam 
ta‘minlangan aholi qatlamlarining hayotiy zaruriy tovar va xizmatlarga 
bo‗lgan talabini o‗zida ifodalaydi.
11
Ijtimoiy ehtiyojlar jamiyatning ijtimoiy farovonlik darajasidan kelib 
chiqqan holda belgilanishi zarur. Ijtimoiy ehtiyojlar ijtimoiy ta‘minot 
orqali qondiriladi. Bunda bir oila uchun zarur barcha tovar va xizmatlar 
tarkibidan eng muhimlarini yetarli darajada, qolgan ikkilamchi tovar va 
xizmatlar (masalan, internet, kiyim-kechak, televizor va boshqalar) esa 
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik darajasidan kelib chiqqan 
holda minimal tarzda belgilanishi yoki umuman belgilanmasligi 
mumkin. Umuman olganda ijtimoiy ehtiyojlarni belgilashda asosiy 
(birlamchi) va ikkilamchi tovar va xizmatlar tarkibini ajratib olish 
zarurati tug‗iladi.
Ijtimoiy ta‘minot tashkilotlari ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish va 
ijtimoiy muammolarni hal etish jarayonida qatnashishlari zarur. S.R. 
Mills fikriga ko‗ra, bir kishining ishsiz bo‗lishi uning ish joyiga bo‗lgan 
ehtiyojini bildiradi.
12
Jamiyatda ishsizlar sonining ortib borishi bevosita 
mamlakatda ijtimoiy muammolarni vujudga kelishiga sabab bo‗ladi. 
Ijtimoiy muammolar individual ijtimoiy ehtiyojlardan farqlanadi. 
Jamiyatda kambag‗allik muammosining vujudga kelishi ijtimoiy 
ehtiyojlar bilan bog‗liq bo‗lishidan qat‘iy nazar ijtimoiy muammo 
hisoblanadi. Ijtimoiy muammo mamlakat miqyosida vujudga keladi va 
makro darajadaga xususiyatga ega bo‗ladi. Ijtimoiy muammolar xalq 
hayoti uchun xavf tug‗dirishi mumkin bo‗lgan vaziyatlarni o‗zida aks 
ettiradi. Masalan, OIV/OITS kabi kasalliklar tarqalishi yoki kishidan-
kishiga yuqishi inson hayoti uchun xavfli hisoblanganligi sababli 
ijtimoiy muammolar qatoriga kiradi. Bu esa ijtimoiy ta‘minot 
muassasalari tomonidan ushbu kasallikning oldini olish va kasallangan 
kishilarni tegishli dori-darmonlar bilan ta‘minlashni taqozo etadi. 
11
―Social Policy‖. P. 21-22. 
12
―Social Policy‖. P. 22. 


16 

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish