7.2.1-rasm. Jahon aholisining ijtimoiy himoya tizimi bilan qamrab
olinganlik darajasi, % (2015-y.)
163
Buyuk Britaniyada ijtimoiy xarajatlarning aksariyat qismini davlat
pensiyalari, tayanch pensiyalar/pensiya kreditlari, uy-joy uchun
nafaqalar, farzand uchun nafaqa, nogironlik bo‗yicha nafaqalar, ishsizlik
nafaqasi tashkil etadi. Ijtimoiy ta‘minot bo‗yicha nafaqalar umumiy
soliqlar va ijtimoiy ta‘minot uchun ajratiladigan badallar hisobidan
moliyalashtiriladi.
Ijtimoiy ta‘minot fuqarolar hayotida muhim rol o‗ynaydi. Iqtisodiy
adabiyotda ijtimoiy ta‘minot tushunchasiga berilgan umum qabul
qilingan ta‘rif yo‗q va unga turlicha tarif berish mumkin. Ijtimoiy
ta‘minot tushunchasi keng ma‘noda kishilarning munosib turmush
farovonligini ta‘minlash maqsadida ishlab topayotgan daromadlariga
erishishning barcha usullarini ifoda etadi. Demak, ijtimoiy ta‘minot
daromadlarning barcha manbalarini – ish beruvchilar tomonidan
to‗lanadigan va o‗zini-o‗zi band qilishdan topiladigan daromadlar,
xayriya tashkilotlarining moliviy yordami, oila a‘zolarining pullari va
davlat tomonidan ajratiladigan pul ko‗rinishidagi nafaqalarni o‗z ichiga
qamrab oladi. Agar ijtimoiy ta‘minotning keng ma‘nodagi tushunchasiga
tayanadigan bo‗lsak, xususiy sektor daromadlarni ta‘minlab berishning
muhim manbai hisoblanadi. Tahlillar ko‗rsatishicha bandlik va o‗zini-
o‗zi band qilishdan keladigan foyda aksariyat mehnatga layoqatli aholi
uchun asosiy daromad manbai hisoblanadi. Pensiyaga chiqqandan keyin
to‗lanadigan pensiyalar esa ushbu turdagi daromadlarga asoslanadi.
Ijtimoiy ta‘minotning tor ma‘noda tushunchasi bozor tizimida
ko‗zda tutilgan daromadlardan tashqari barcha turdagi moliyaviy qo‗llab-
163
https://www.imf.org/external/russian/pubs/ft/fandd/2018/12/pdf/ortiz.pdf
197
quvvatlash turlarini ifoda etadi. Demak, tor ma‘noda ijtimoiy ta‘minot
deyilganda uy xo‗jaliklarini davlat tomonidan moliyaviy qo‗llab-
quvvatlash tushuniladi. Ijtimoiy ta‘minot tushunchasi borasidagi
munozaralar ijtimoiy siyosat doirasida o‗rganiladigan barcha ijtimoiy
xizmat turlari bo‗yicha muhim ahamiyatga ega. Jumladan, sog‗liqni
saqlash tushunchasi Milliy sog‗liqni saqlash xizmati faoliyatiga nisbatan
kengroq tushuncha hisoblansa, tibbiy yordam ko‗rsatish esa ijtimoiy
xizmatlar doirasidan chiqib ketadi.
―Ijtimoiy ta‘minot‖ tushunchasi hukumat tomonidan aholining
ijtimoiy muhtoj qatlamlariga pulli nafaqalar to‗lash tizimi sifatida juda
oddiy va muammosiz tizimga o‗xshaydi. Tadqiqotlar ko‗rsatishicha,
ayrim turdagi ijtimoiy xizmatlar davlat tomonidan ijtimoiy ta‘minot
tizimi doirasida amalga oshirilmaydi. Jumladan, Buyuk Britaniyada
kasallik nafaqasi amaldagi qonunchilikka muvofiq davlat tomonidan
moliyalashtirilsa-da, ushbu nafaqa fuqarolarning yuridik huquqi
hisoblanadi va ish beruvchi tomonidan to‗lanadi. Shuningdek kasallik,
bevalik va pensiyaga chiqish bo‗yicha kasbiy dasturlar mavjud bo‗lib,
ular davlat nafaqalariga o‗xshaydi va o‗xshash vazifalarni bajaradi,
ammo ish beruvchi tomonidan tashkil etiladi. Demak, ish beruvchilar
tomonidan ixtiyoriy tashkil etiladigan ijtimoiy dasturlar va hukumat
tomonidan tasdiqlangan aksariyat dasturlar ijtimoiy ta‘minot dasturlari
sifatida guruhlashtirilishi mumkin ekan. Bu esa ularning yuqorida qayd
etib o‗tilgan ijtimoiy ta‘minot tushunchasi tariflariga doim ham mos
kelmasligini anglatadi. Shuning uchun ijtimoiy ta‘minot tushunchasiga
aniq ta‘rif berish mushkul va xalqaro tashkilotlar ijtimoiy ta‘minot
tushunchasiga turlicha ta‘rif berishadi. Xalqaro tashkilotlar tomonidan
―ijtimoiy himoya‖ va ―ijtimoiy ta‘minot‖ tushunchalariga ta‘rif berishda
turli yondashuvlar mavjud. Aksariyat manbalarda ikkala tushuncha bir-
birining o‗rnini bosuvchi tushunchalar sifatida ishlatiladi. Xalqaro
mehnat tashkiloti ―ijtimoiy ta‘minot‖ tushunchasidan insonning ijtimoiy
ta‘minotga bo‗lgan huquqi ma‘nosida foydalanadi. Ushbu huquqlar
1948-yilda qabul qilingan Inson huquqlari umumiy deklaratsiyasi (22
modda), 1966-yilda qabul qilingan Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy
huquqlar to‗g‗risidagi xalqaro pakt (9 modda), BMTning inson
huquqlariga oid boshqa hujjatlarida o‗z ifodasini topgan. ―Ijtimoiy
ta‘minot‖ tushunchasi ijtimoiy sug‗urta, ijtimoiy yordam, nafaqalar va
ijtimoiy to‗lovlarning boshqa shakllari, sog‗liqni saqlash xizmatlaridan
foydalanishni ta‘minlash choralari va ijtimoiy himoyani ta‘minlashga
198
qaratilgan natura ko‗rinishidagi nafaqalardan iborat ijtimoiy xizmat
turlarini o‗z ichiga oladi.
Dunyo mamlakatlarida ijtimoiy ta‘minot tizimi uzoq davr
mobaynida rivojlanib, takomillashib kelgan. Ijtimoiy ta‘minotning
tarkibiy qismlari turli maqsadlar uchun mo‗ljallanganligi bois bosh
maqsadni aniqlab, ajratib olish murakkab vazifa hisoblanadi.
Fikrimizcha, ijtimoiy ta‘minotning maqsadlari quyidagilardan iborat
bo‗lishi zarur:
-
inson hayotida sodir bo‗ladigan pensiyaga chiqish, ishsizlik va
kasallik kabi holatlardan sug‗urtalash;
-
kambag‗allikni kamaytirish yoki daromadlarning minimal
darajasini belgilash;
-
insonning hayot sikli orqali resurslarni qayta taqsimlash (pensiyaga
chiqish yoshida);
-
resurslarni aholining yuqori daromadli qismidan kam daromadli
qismiga qayta taqsimlash;
-
aholining ayrim ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlari (bolalar,
nogironlar) uchun qo‗shimcha xarajatlarni qoplash;
-
―an‘anaviy‖ oilalar barbod bo‗layotganda moliyaviy qo‗llab-
quvvatlash.
Ijtimoiy ta‘minotning Buyuk Britaniya tizimi uchun quyidagilar
maqsad sifatida belgilangan
164
:
-
aholi turmush farovonligini qo‗llab-quvvatlashni rag‗batlantirish;
-
ma‘muriy xarajatlarni qisqartirish.
Buyuk Britaniya ijtimoiy ta‘minot tizimi kontinental Yevropa
mamlakatlari ijtimoiy ta‘minot tizimiga nisbatan cheklanganligi bilan
ajralib turadi. Kambag‗allikni kamaytirish aholi daromadlariga bog‗liq
holda amalga oshiriladi. Muhtojlik bo‗yicha nafaqalar olish kishilar yoki
oilalarning ixtiyoridagi resurslari (daromadlar yoki jamg‗armalar)ga
bog‗liq holda belgilanadi. Daromadlar yoki jamg‗armalarga bog‗liq
holda ijtimoiy ta‘minotni amalga oshirish AQSh, Yangi Zelandiya va
Avstraliyada qo‗llaniladi va markazlashgan xarakterga ega. Ushbu
talablar
kontinental
Yevropadagidek
daromadlarni
qoplash
va
daromadlar darajasini qo‗llab-quvvatlashga yo‗naltirilmagan.
Buyuk Britaniya ijtimoiy ta‘minot tizimi murakkab tarkibga va uzoq
rivojlanish bosqichiga ega. Tadqiqotning turli usullari yordamida Buyuk
Britaniya ijtimoiy ta‘minot tizimiga xos bo‗lgan xususiyatlarni ajratib
164
Social Policy an Introduction-Forth edition/ Ken Blakemore, Louis Warwick-Booth/Open University Press/UK
2013
199
ko‗rsatish mumkin. Masalan, imtiyozlar universal va jamg‗ariladigan
turlarga ajratiladi. Huquq nuqtai nazaridan yondashilsa, ijtimoiy ta‘minot
quyidagi komponentlarga ajraladi: badallar to‗lashdagi imtiyozlar; soliq
va muhtojlik nafaqalari bo‗yicha imtiyozlar (daromadga bog‗liq
nafaqalar); shartli imtiyozlar (turli ijtimoiy guruhlar bo‗yicha).
Buyuk Britaniyada amal qilayotgan ijtimoiy ta‘minot tizimining
asoslarini 1940 yilning boshida Beveridj tomonidan e‘lon qilingan
hisobot tashkil etadi. Beveridj yondashuvining asosini badallardan
imtiyozlarga yoki ijtimoiy sug‗urta g‗oyasi tashkil etadi. Amaliyotda
aholining turmush darajasini pasaytiruvchi qator risklar mavjud. Ularga
ishsizlik, mehnatga layoqatlilik qobiliyatini yoki oilada asosiy daromadni
yo‗qotib qo‗yish kabi risklar kiradi. Ayrim turdagi (beva qolish) risklar
kam uchraydi va iqtisodiy holat bilan bevosita bog‗liq emas. Pensiyaga
chiqish kabi risklari keng tarqalgan va ularning oqibatini oldindan
baholash mumkin.
Ijtimoiy sug‗urta bilan bog‗liq holda amaliyotda yuzaga keladigan
muammolar:
-
Ushbu xizmatlar nima uchun xususiy sektor tomonidan emas,
balki davlat tomonidan ko‗rsatilishi kerak?
-
Davlat va xususiy sug‗urta o‗rtasida qanday munosabatlar
o‗rnatilishi zarur?
-
Qanday risklar qamrab olinishi lozim?
-
Ijtimoiy to‗lovlar qaysi tartibda amalga oshirilishi yoki
hisoblanishi zarur?
Ijtimoiy sug‗urta bo‗yicha nafaqalar olish huquqi ijtimoiy sug‗urta
fondiga badallar to‗lashga asoslanadi va u individuallashtirilgan.
Muhtojlik bo‗yicha nafaqalar olish huquqi oila resurslari, jumladan,
daromadlar va jamg‗armalar miqdoriga bog‗liq belgilanadi.
Buyuk Britaniya ijtimoiy ta‘minot tizimida pensiya kreditlari, soliq
krediti, uy-joy nafaqasi va soliq imtiyozlari amal qiladi
165
.
Past daromadli aholi uchun mo‗ljallangan muhtojlik bo‗yicha
imtiyozlar tizimi ba‘zan ―ijtimoiy yordam‖, deb ataladi. Buyuk
Britaniyada ijtimoiy yordam daromadlarni qo‗llab-quvvatlash (keksa
yoshdagi kishilar daromadi, pensiya krediti) va ishsizlik bo‗yicha
nafaqalarga asoslangan daromad sinonimi sifatida qo‗llaniladi. Ushbu
nafaqalar oila turi va hajmidan kelib chiqqan holda daromadlari va
165
Social Policy an Introduction-Forth edition/ Ken Blakemore, Louis Warwick-Booth/Open University Press/UK
2013.
200
jamg‗armalari muayyan darajadan past bo‗lganlar uchun belgilanadi va
to‗lanadi.
Muhtojlik bo‗yicha nafaqalar belgilashda mamlakatlar o‗rtasida
farqlar mavjud. Avstraliya va Yangi Zelandiyada ushbu turdagi
nafaqalarni belgilashda daromadlar va jamg‗armalar miqdori o‗rganiladi.
Ushbu holat kam daromadli aholi nafaqa olish huquqiga ega ekanligini
anglatmaydi. Ba‘zi hollarda maqsad yuqori daromadli aholini ijtimoiy
ta‘minot tizimi imtiyozlaridan chiqarib tashlashni nazarda tutsa,
ba‘zilarida ushbu tizimga faqat past daromadli aholi guruhlarini
qo‗shmaslikni nazarda tutadi. Buyuk Britaniyada bolalar uchun soliq
kreditlari ko‗p bolali oilalar uchun mo‗ljallangan. Shimoliy Yevropaning
aksariyat mamlakatlarida ijtimoiy yordam ijtimoiy sug‗urta tizimi bilan
qamrab olinmaganlar uchungina mo‗ljallangan. Jumladan, ijtimoiy
yordam mahalliy tashkilotlar tomonidan manzilli shaklda amalga
oshiriladi.
Shartli imtiyozlarni belgilashda farzandli bo‗lish (farzand uchun nafaqa),
nogironlik (yashash uchun nafaqa) kabi muayyan shartlar nazarda
tutiladi.
Buyuk Britaniya ijtimoiy ta‘minot tizimida ba‘zi imtiyozlar samarali
hisoblanadi va ularga nisbatan qo‗shimcha to‗lovlar ko‗zda tutiladi.
Jumladan, asrab olingan farzandlar uchun nafaqalar. Ushbu nafaqalarni
tayinlashda oilalar daromadlari va jamg‗armalari tekshirib o‗tirilmaydi.
Buyuk Britaniya ijtimoiy ta‘minot tizimida ko‗zda tutilgan
imtiyozlarni uch guruhga bo‗linishi imtiyozlar o‗rtasidagi farqlarni
soddalashtirishga qaratilganligini va shartli ekanligini isbotlaydi.
Imtiyozlar uchun ajratilayotgan mablag‗lar miqdori moliyaviy
resurslarga bog‗liq bo‗lish bilan birgalikda oilalar turi yoki ularning
ijtimoiy holatlarga bog‗liq aralash belgilanadi. Jumladan, farzandi yo‗q
yolg‗iz keksalar daromadlarni qo‗llab-quvvatlashga qaratilgan nafaqaga
davo qilishi mumkin. Agar nafaqaga da‘vogar shaxsiy yoki kasbiy
pensiya oladigan bo‗lsa, nafaqa miqdori kamaytirilishi mumkin.
Aksariyat hollarda ijtimoiy ta‘minot pulli to‗lovlar shaklida amalga
oshiriladi, ayrim holatlarda ijtimoiy ta‘minot ―natura‖ shaklida, ijtimoiy
xizmatlar yoki vaucherlar orqali amalga oshirilishi mumkin. AQShda
kambag‗al oilalarga ovqatlanish uchun talonlar berish dasturlari samarali
usul
hisoblanadi.
Ushbu
xarajatlar
oziq-ovqat
mahsulotlariga
almashtirilishi mumkin bo‗lgan vaucherlar yordamida to‗lanadi. Buyuk
Britaniyada tishlar, ko‗zlarni davolash, yuridik yordam kabi
xizmatlardan bepul foydalanish dasturlari amal qiladi.
201
Do'stlaringiz bilan baham: |