192
VII bob. IJTIMOIY XIZMATLAR
7.1. Ijtimoiy xizmatlar tushunchasi.
7.2. Bandlik.
7.3. Sog‗liqni saqlash.
7.4. Uzluksiz ta‘lim.
7.5. O‗zbekistonda ijtimoiy xizmatlar va ularni moliyalashtirish
xususiyatlari.
7.1. Ijtimoiy xizmatlar tushunchasi
Aholini ijtimoiy himoyalash tizimi mamlakatning iqtisodiy va
demokratik taraqqiyot darajasi, ularning aholi manfaatlariga muvofiqligi,
ijtimoiy
siyosat darajasi, ijtimoiy ta‘minot tizimi kabi omillarga bog‗liq
holda rivojlanib boradi. Ijtimoiy himoya tizimi ikki asosiy vazifani
bajaradi:
– ijtimoiy to‗lovlar;
– ijtimoiy xizmatlar.
Ijtimoiy to‗lovlar ustun darajada aholining eng kam ta‘minlangan
qismiga taqdim etiladi. Aholining kam ta‘minlangan qismi deyilganda,
zarur bo‗lgan iste‘mol andozalariga eng kam ega bo‗lgan jamiyat a‘zolari
tushuniladi. Kam ta‘minlangan aholining mavjudligi –
keskin ijtimoiy
muammo bo‗lib, boy mamlakatlar uchun ham xosdir. Ushbu holat doimo
davlat tomonidan mazkur muammoga doimo e‘tibor qaratilishini va
jamiyat tomonidan tezkorlik bilan tegishli chora-tadbirlar ko‗rilishini
talab qiladi.
Ijtimoiy himoya tushunchasi ijtimoiy yordam va nafaqalar bilan
ta‘minlash, ijtimoiy xizmatlar ko‗rsatish tizimini
izchil rivojlantirishni
qamrab oladi. Ijtimoiy xizmatlar – insonlarning ta‘lim, sog‗liqni saqlash,
madaniyat va boshqa sohalardagi ortib borayotgan ehtiyojlarini
qondirishga qaratiladi. O‗z navbatida, insonlarning
turmush tarzini
yaxshilanishi ko‗rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirishni
taqozo etadi. Ijtimoiy xizmatlarni insonlar tomonidan baholanishi asosan
ularning sifat xususiyatiga e‘tibor qaratishdan boshlanadi. Jamiyat
taraqqiyotining modernizatsiyalash bosqichida
ijtimoiy xizmatlarni
tashkil etish davlatning xarajatlarini doimiy ortishiga sabab bo‗ladi. Bu
esa keng ko‗lamli islohotlarni amalga oshirishda davlat mablag‗laridan
samarali foydalanishni taqozo etadi. Ko‗rsatilayotgan ijtimoiy
xizmatlarni isloh qilish asosida, davlat
tomonidan ushbu sohalarga
193
yo‗naltirilayotgan moliyaviy mablag‗larni samarali ishlatishga erishish
mumkin.
Ijtimoiy xizmatlar shaxsning turmushi sifatini oshirishga, unga
jamiyat hayotida ishtirok etishning boshqa fuqarolar bilan teng bo‗lgan
imkoniyatlarini yaratish va o‗zining zarur hayotiy
ehtiyojlarini mustaqil
ravishda
ta‘minlash
imkoniyatlarini
kengaytirishga
qaratilgan
xizmatlarga muhtoj shaxsga yordam ko‗rsatish bo‗yicha huquqiy,
iqtisodiy, psixologik, ta‘limga oid, tibbiy, reabilitatsiya va boshqa chora-
tadbirlar majmuidir
159
.
Ijtimoiy
xizmatlar
sohasidagi
davlat
siyosatining
ustuvor
yo‗nalishlari quyidagilardan iborat:
aholining ijtimoiy yordamga muhtoj toifalarining huquqlari,
erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta‘minlash;
ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxslarni aniqlash va hisobga olish,
ularga ushbu xizmatlar ko‗rsatilishini tashkil etish;
ijtimoiy xizmatlar oluvchilarning oila va jamiyat bilan aloqalarini
saqlash, ularning qulay muhitda bo‗lishi uchun
zarur shart-sharoitlar
yaratish;
davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta‘minlash;
ijtimoiy xizmatlar standartlariga rioya etilishini ta‘minlash;
ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish.
Aholining ijtimoiy muhtoj qatlamlariga ko‗rsatilayotgan ijtimoiy
xizmatlar quyidagi prinsiplarga asoslanadi:
qonuniylik;
inson huquqlariga rioya etish;
insonparvarlik;
erkin foydalanish;
profilaktik yo‗naltirilganlik;
aniq yo‗naltirilganlik va individual yondashuv;
ixtiyoriylik.
Ijtimoiy himoya tizimi doirasida ko‗rsatiladigan ijtimoiy xizmatlarni
amalga oshirish mexanizmi turlicha bo‗lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: