Ijtimoiy siyosat


O„zgalar parvarishiga muhtoj bo„lgan yolg„iz keksalar va



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/142
Sana22.06.2022
Hajmi2,77 Mb.
#693798
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   142
Bog'liq
Ижтимоий сиёсат

O„zgalar parvarishiga muhtoj bo„lgan yolg„iz keksalar va 
nogironlarni bepul ta‟minlash uchun asosiy oziq-ovqat mahsulotlari 
va gigiyena tovarlarining 
RO„YXATI
150
 
T/r
Tovarlarning nomi
(mahalliy yoki import qilingan) 
O„lchov birligi
Bir oyda 1 
kishiga 
beriladigan 
norma
1. 
Un (oliy nav) 
kg 

2. 
Guruch 
kg 

3. 
Grechka yormasi 
kg 
0,5 
4. 
Makaron mahsulotlari 
kg 
0,5 
5. 
Mol go‗shti (suyaksiz) 
kg 

6. 
Xonaki parranda go‗shti 
kg 

7. 
Sariyog‗ 
kg 
0,2 
8. 
Tuxum (dona) 
dona 
15 
9. 
Qand-shakar 
kg 

10. Kungaboqar yog‗i 


11. Ko‗k yoki qora choy 
kg 
0,2 
12. Atirsovun 
kg 
0,1 
13. Kirsovun (65%) 
kg 
0,2 
14. Kir yuvish poroshogi 
kg 
0,15 
15. 
Katta 
yoshdagilar 
uchun 
taglik 
gazmol 
dona 

Uy-joy-kommunal xizmatlar uchun kompensatsiya pul to‗lovlarini 
olish huquqi fuqarolarning quyidagi guruhlariga beriladi: 
1. eng kam oylik ish haqining 45 foizi miqdorida: 
- o‗zgalar qaramog‗iga muhtoj bo‗lgan yolg‗iz pensionerlar, shu 
jumladan, nogironlar; 

1941–1945-yillardagi 
ikkinchi 
jahon 
urushi 
nogironlari, 
qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar, 1941–1945-yillardagi 
ikkinchi jahon urushida halok bo‗lgan harbiy xizmatchilarning oilalari va 
vafot etgan nogironlarning hotinlari; 
- birinchi va ikkinchi darajali ―Sog‗lom avlod uchun‖ ordeni bilan 
mukofotlangan shaxslar; 
150
Вазирлар Маҳкамасининг 2015 йил 10 августдаги 237-сон қарорига 1-ИЛОВА 


184 
- Sovet Ittifoqi Qahramonlari, Sotsialistik Mehnat Qahramonlari va 
Shuhrat ordenining uchala darajasi bilan mukofotlangan shaxslar, 
shaxsiy pensionerlar; 
- fashistlar konslagerlarining sobiq voyaga yetmagan tutqunlari; 
- Leningrad shahri qamali davrida shahar korxonalari, muassasalari 
va tashkilotlarida ishlagan fuqarolar; 
- ko‗zi ojiz I guruh nogironlari; 
- Chernobil halokati oqibatida ziyon ko‗rgan fuqarolar; 
- yadro poligonlarida va boshqa yadroviy radiatsiya ob‘ektlarida 
harbiy xizmatni o‗tagan pensiya yoshidagi shaxslar; 
2. eng kam ish haqining 18 foizi miqdorida: 
- 1941–1945-yillardagi ikkinchi jahon urushi davridagi mehnat 
fronti qatnashchilari
151

Shahar yo‗lovchilar transportidan (taksidan tashqari) bepul 
foydalanish huquqi faqat: 
- 1941–1945-yillardagi urush qatnashchilari jumlasidan bo‗lmish 
harbiy xizmatchilar; 
- 1941–1945-yillardagi urush nogironlari va urushning I guruh 
nogironiga hamkorlik qiluvchi shaxs; 
- 1941–1945-yillardagi urush davrida front ortida fidokorona 
mehnati va benuqson harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan 
taqdirlangan shaxslar; 

Afg‗oniston Respublikasida va boshqa mamlakatlarning 
hududidagi jangovor harakatlarda qatnashgan sobiq baynalminalchi 
jangchilar jumlasidan bo‗lmish fuqarolar; 
- haqiqiy muddatli harbiy xizmatni o‗tayotgan harbiy xizmatchilar 
va kontrakt bo‗yicha oddiy askarlar hamda serjantlar tarkibidagi harbiy 
xizmatchilar; 
- Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan 
va uni boshdan kechirgan shaxslar; 
- ko‗zi ko‗r nogironlar va ko‗zi ko‗r nogironga hamkorlik qiluvchi 
shaxslarga beriladi.
152
151
Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to
ʻ
lash boʻyicha kompensasiya pul toʻlovlarining mexanizmi toʻg
ʻ
risidagi 
Nizom. O‗zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 30-noyabrdagi "Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini 
toʻlash boʻyicha kompensasiya pul toʻlovlarining mexanizmi toʻg
ʻ
risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 102-son 
buyrug
ʻ
iga ilova. 
151
Shahar yoʻlovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish toʻg
ʻ
risida. O‗zbekiston
Respublikasining Qonuni. ¹ 278-I. 1996-yil 30-avgust.


185 
O‗zbekiston Respublikasining normativ qonunchilik bazasida davlat 
byudjeti mablag‗lari hisobiga Respublika ixtisoslashgan markazlari va 
viloyat ko‗p tarmoqli tibbiyot markazlari tomonidan tibbiy yordam 
ko‗rsatiladigan shaxslarning ro‗yxati belgilangan. 
Jumladan, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Sog‗liqni 
saqlash tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi 2003 
yil 26 fevraldagi PF-3214-son farmoniga 2 ilova – Respublika 
ixtisoslashtirilgan markazlari tomonidan davlat byudjeti mablag‗lari 
hisobiga tibbiy yordam ko‗rsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslarning 
quyidagi ro‗yxati belgilangan: 
- bolalikdan nogironlar; 
- chin yetimlar; 
- I va II guruh nogironlari; 
- 1941–1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, 
shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar; 
- yoshga doir pensiyaga chiqqan ishlamaydigan shaxslar; 
- 1941–1945-yillardagi urush davrida mehnat fronti qatnashchilari; 
- Chernobil AESi falokatini tugatishda ishtirok etgan shaxslar 
jumlasiga kiruvchi nogironlar; 
- baynalminalchi jangchilar; 
- fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlaridan moddiy yordam 
oluvchi kam ta‘minlangan oilalarga mansub shaxslar. 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 2- 
dekabrda qabul qilingan ―Davolash-profilaktika muassasalarini mablag‗ 
bilan ta‘minlash tizimini takomillashtirish to‗g‗risida‖gi 532-son 
Qaroriga 2-ilova davolash profilaktika muassasalarida ovqatlanish 
to‗lovidan ozod qilinadigan aholi toifalari ro‗yxatini belgilaydi (pulli 
kasalxonalar va bo‗limlardan tashqari): 
- bolalikdan nogironlar; 
- chin yetimlar; 
- I va II guruh nogironlari; 
- 1941–1945-yillardagi urush qatnashchilari va nogironlari hamda 
ularga tenglashtirilgan shaxslar; 
- bandlikka ko‗maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish 
markazlarida hisobda turuvchi yolg‗iz nafaqaxo‗rlar; 
- 1941–1945-yillardagi urush mehnat fronti qatnashchilari; 
- Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini tugatishda qatnashgan – 
nogiron shaxslar; 
- baynalminalchi jangchilar; 


186 
- 17 yoshgacha bo‗lgan bolalar va o‗smirlar; 
- mudofaa ishlari bo‗limlarining yo‗llanmalari bo‗yicha 18–27 
yoshli chaqiriq yoshidagilar. 
Ijtimoiy davlatning faoliyatida soliqlar ijtimoiy siyosatni amalga 
oshirishning moddiy manbai sifatida namoyon bo‗ladi. Soliq siyosatini 
amalga oshirish orqali vertikal (daromadi yuqori bo‗lgan shaxslar 
to‗laydigan soliq hajmi ham yuqori bo‗ladi yoki aksincha) yoki 
gorizontal (soliq imtiyozlarini joriy etish orqali ayrim turdagi 
shaxslarning qo‗shimcha xarajatlarini qoplashiga imkon yaratiladi) 
tarzda daromadlarni qayta taqsimlashga erishiladi.
1958-yilda Titmuss tomonidan amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar 
mamlakatda samarali soliq siyosatini amalga oshirish orqali moliyaviy 
va ijtimoiy farovonlikka erishish mumkinligini tasdiqladi. Samarali soliq 
siyosatini amalga oshirish o‗z navbatida ijtimoiy ta‘minot xizmatlarini 
amalga oshirishda va ijtimoiy nafaqalarni to‗lashda moliyaviy manbani 
shakllantiradi.
153
Soliq – jismoniy shaxslarning daromadlaridan davlat byudjeti uchun 
to‗lanadigan majburiy to‗lov hisoblanadi.
154
Ushbu to‗lovlar hisobidan 
jamlangan pul mablag‗lari quyidagi chora-tadbirlarni moliyalashtirish 
vositasi sifatida qo‗llaniladi: 
- iqtisodiy siyosat / boshqarish; 
- davlat xarajatlarini moliyalashtirish; 
- aholining ijtimoiy nochor qatlamlarini ijtimoiy jihatdan qo‗llab-
quvvatlash; 
- daromadlarni qayta taqsimlash; 
- muayyan ijtimoiy-iqtisodiy xatti-harakatni rag‗batlantirish.
155
Foyda solig‗i – mustaqil tarzda o‗zini-o‗zi ish bilan band qilish 
orqali shakllantirilgan foyda hisobidan to‗lanadigan soliq turi 
hisoblanadi. Amaliyotda uning to‗lovchilari odatda ish beruvchi firma 
rahbarlari va mustaqil tarzda band bo‗lgan aholi qatlami hisoblanadi.
156
Jamg‗ariladigan soliq – bu odatda soliq siyosati orqali band aholidan 
sug‗urta fondiga pul ajratmalarini yig‗ib olishda qo‗llaniladi. Amaliyotda 
bunday soliq turi pensiya jamg‗armasi badallarini to‗lashda 
foydalaniladi.
157
153
Social policy. P. 249 
154
Social policy. P. 248 
155
Social policy. P. 248 
156
Social policy. P. 249 
157
Social policy. P. 249 


187 
Mahalliy soliq – mahalliy xizmatlar hisobidan shakllantiriladigan 
soliq turi hisoblanadi va mulkdan olinadigan soliqni o‗z ichiga oladi.
158

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish