179
maishiy xizmat ko‗rsatish, shu jumladan oziq-ovqat va gigiyena
mahsulotlarini, dori vositalarini va tibbiy buyumlarni xarid qilish hamda
uyga yetkazib berish;
ovqat tayyorlashda, xonalarni yig‗ishtirish va tozalashda, shaxsiy
gigiyena tadbirlarini amalga oshirishda ko‗maklashishi;
zarur tibbiy yordam ko‗rsatishda ko‗maklashish, tibbiy
ko‗rsatmalarga ko‗ra protez-ortopediya
buyumlari va reabilitatsiya
texnik vositalari bilan ta‘minlash.
Uyda ijtimoiy yordam ko‗rsatishda oila a‘zolari yoki boshqa
shaxslarning xizmatlaridan foydalanish mumkin bo‗ladi. Uyda ijtimoiy
yordam ko‗rsatishning quyidagi turlari mavjud:
- shaxsiy yoki fiziologik parvarish – o‗zgalar
tomonidan qarovga
muhtoj kishiga harakatlanishi, ovqatlanishi, dori-darmonlarni iste‘mol
qilishi,
hojatini chiqarishi, cho‗milishi, yotib-turishi kabi vaziyatlarda
ko‗maklashish tushuniladi.
- amaliy yordam ko‗rsatish – ovqat tayyorlash, bozordan iste‘mol
tovarlari
xaridini amalga oshirish, uy-joylarni yig‗ishtirish kabi
vaziyatlarda xizmat ko‗rsatish tushuniladi.
- ijtimoiy jihatdan qarovga muhtoj kishilarga uyda qarab turish –
turli xavfli vaziyatlarning oldini olish maqsadida parvarishni amalga
oshirish tushuniladi.
141
Uyda ijtimoiy yordam ko‗rsatish amaliyoti tahliliga ko‗ra, ayrim
turdagi nogiron kishilar, parvarishga muhtoj keksalar o‗zlarini parvarish
qilayotgan kishilar bilan shartnoma asosida o‗z pul mablag‗laridan
foydalanish huquqini berayotganligini kuzatish mumkin.
Ushbu
faoliyatdan ko‗zlangan maqsad axborot olish va turli ijtimoiy
xizmatlardan foydalanishga imkoniyat yaratish hisoblanadi.
Rivojlangan mamlakatlarda ijtimoiy yordamga muhtoj bo‗lgan
kishilar
yashaydigan
uyda
parvarishlash
xizmatlaridan
keng
foydalaniladi. Uyda ijtimoiy yordam ko‗rsatish xizmatini yo‗lga qo‗yish
orqali aholi bandligi darajasi ijobiy tarafga o‗zgaradi. Uyda o‗zgalar
parvarishiga muhtoj kishilarga xizmat ko‗rsatayotgan shaxslar bevosita
o‗sha uyda ma‘lum bir vaqt mobaynida (ma‘lum bir soat, kun, xafta yoki
bir necha oy, yil davomida) istiqomat qilishlari mumkin bo‗ladi. Ijtimoiy
xizmat ko‗rsatilayotgan shaxsning parvarishga bo‗lgan
muhtojligi
yo‗qotilganligi davridan boshlab ularning xizmatidan foydalanish
to‗xtatiladi.
142
141
Social policy. P. 235
142
Social policy. P. 235-239
180
Ijtimoiy xizmatlar ko‗rsatishning an‘anaviy shakli uzoq yillar
mobaynida ayollarning uyda o‗z oila a‘zolariga,
farzandlariga qarab
turishda namoyon bo‗ladi. Hozirda ushbu xizmatda band bo‗lganlarning
aksariyat qismini ayollar tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: