Ijtimoiy siyosat


Farovonlik indeksi, 2017 yil



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/142
Sana22.06.2022
Hajmi2,77 Mb.
#693798
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   142
Bog'liq
Ижтимоий сиёсат

Farovonlik indeksi, 2017 yil.
114
 
(normallashtirilgan ko„rsatkichlarda) 
№ 
Ko„rsatkic
hlar 
Tanlangan mamlakatlar
Norvegi
ya 
AQS

Germani
ya 
Buyuk 
Britani
ya 
Fransi
ya 
Yaponi
ya 
Rossi
ya 
1.
Daromad 
4,3 
10,0 
5,0 
5,0 
4,7 
5,4 
0,9 
2.
Ish o‗rinlari 
8,7 
8,6 
8,2 
8,0 
6,8 
8,0 
6,6 
3.
Ish va dam 
olish 
vaqtalari 
8,5 
5,8 
8,3 
6,2 
8,9 
4,8 
8,1 
4.
Uy-joy 
sharoiti 
8,6 
8,7 
7,1 
6,4 
6,9 
6,1 
4,8 
5.
Atrof-muhit 
va 
ekologiya 
9,4 
7,0 
7,2 
6,8 
6,0 
6,4 
2,5 
6.
Salomatlik 
8,8 
9,0 
7,3 
7,8 
7,9 
5,3 
3,6 
7.
Ta‘lim 
7,1 
6,6 
7,5 
6,2 
5,8 
7,5 
6,5 
8.
Jamiyat 
8,1 
6,3 
7,2 
7,7 
5,6 
6,1 
6,2 
9.
Fuqarolik 
huquqlari 
5,6 
6,8 
5,1 
6,4 
5,5 
1,5 
2,0 
10.
Xavfsizlik 
9,9 
7,8 
8,8 
9,0 
8,2 
8,3 
4,5 
11.
Sub‘ektiv 
farovonlik 
10,0 
7,8 
7,9 
6,9 
5,9 
4,0 
4,2 
Umumiy 
o„rtacha 
8,09 
7,67 
7,24 
6,95 
6,56 
5,76 
4,54 
Farovonlik 
indeksi 
reytingidag
i o„rni 


13 
16 
18 
23 
33 
Yuqorida 
keltirilgan 
aholi 
farovonligini 
ifodalovchi 
ko‗rsatkichlardan tashqari yana qator ko‗rsatkichlar mavjud bo‗lib, ular 
o‗z tarkibiga BMT tomonidan aholi farovonligini tavsiflovchi 
114
http://www.oecdbetterlifeindex.org/ru/#11111111111 


170 
indikatorlar
115
sifatida tavsiya etilgan tug‗ilish va o‗lim koeffitsiyenti, 
umr davomiyligi, sanitariya-gigiyena sharoitlari, oziq-ovqat iste‘moli 
darajasi, uy-joy sharoitlari, ta‘lim, madaniyat, mehnat sharoitlari va 
bandlik, daromadlar va xarajatlar, iste‘mol narxlari darajasi, transport 
ta‘minoti, dam olish sharoitlari, ijtimoiy ta‘minoti tizimi, inson huquqlari 
va erkinliklari kabi ko‗rsatkichlarni qamrab oladi.
 
6.2. Umumjamiyat farovonligi davlati 
Ijtimoiy siyosatda davlat tushunchasi mohiyati keng qamrovli bo‗lib, 
uni aniqlashda qator elementlardan foydalaniladi. Davlat konsepsiyasiga 
muvofiq ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning quyidagi turlari mavjud: 
birinchi guruh olimlar davlat ijtimoiy himoya va ijtimoiy xavfsizlikni 
ta‘minlashi zarur deb hisoblasalar; ikkinchi guruh iqtisodchi olimlar esa 
davlat tushunchasi maxfiylik va boshqaruv ma‘nosini anglatadi; uchinchi 
guruh olimlar esa davlatga katta kuch sifatida qaraydilar. Yuqorida 
keltirilgan ma‘lumotlar ko‗rsatishicha, davlat tushunchasi keng qamrovli 
bo‗lib, davlat siyosati maqsadidan kelib chiqqan holda davlat va jamiyat 
a‘zolari o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlar sifatida ta‘riflanadi.
Ijtimoiy siyosatda ―umumjamiyat farovonligi davlati‖ (welfare state) 
tushunchasi keng qo‗llaniladi. Tahlillar ko‗rsatishicha, aholi turmush 
farovonligini belgilovchi oziq-ovqat, bosh-pana, ta‘lim, sog‗liqni saqlash 
kabi turli ijtimoiy xizmatlar davlat sektori idoralari tomonidan amalga 
oshiriladi.
Oksford lug‗atiga ta‘rifiga ko‗ra umumjamiyat farovonligi davlati 
(welfare state) shunday tizimki, unda davlat o‗z fuqarolarining, jumladan 
ijtimoiy va moliyaviy jihatdan muhtojlarning salomatligi va turmush 
farovonligini, pensiyalar va nafaqalar berish orqali oshirish majburiyatini 
oladi.
116
―Umumjamiyat farovonligi davlati‖ konsepsiyasi XX asrning 
40-yillarida paydo bo‗lgan va keng ma‘noda davlatning ijtimoiy va 
iqtisodiy siyosatdagi o‗rnini ifodalovchi tushuncha sifatida qabul 
qilingan.
117
O‗tgan yarim asrdan ko‗proq davrda rivojlangan 
mamlakatlar demokratik ―umumjamiyat farovonligi davlati‖ga 
aylanishdi, ya‘ni iqtisodiy rivojlanish maqsadida to‗liq bandlikni 
ta‘minlash, yoshlar uchun teng imkoniyatlarni yaratish, mintaqa va 
ijtimoiy guruh aloqadorligidan qat‘iy nazar aholining barcha qatlamlari 
115
Хисамутдинов И. А.Основы экономики и теории рынка, 2010, глава 20.3— Уровень жизни и методы его 
оценки 
116
https://en.oxforddictionaries.com/definition/us/welfare_state 
117
Titmuss, R. M.: Essays on the Welfare State, Allen and Unwin, London, 1958. 


171 
uchun ijtimoiy ta‘minot, minimal standartlar va oziq-ovqat, uy-joy, 
sog‗liqni saqlash va ta‘lim xizmatlari bilan ta‘minlash masalalari 
bo‗yicha mas‘uliyatni o‗z zimmasigna olgan davlatga aylanishdi.
118
A.Brigs tomonidan ―umumjamiyat farovonligi davlati‖da hukumat bozor 
kuchlarini quyidagi uch yo‗nalishlarda o‗zgartiradi deb ta‘riflanadi:
119
-
mehnatning bozor qiymati va mulkidan qat‘iy nazar alohida 
shaxslar va oilalar uchun minimal daromadni ta‘minlash; 
-
ma‘lum ―ijtimoiy sharoiti‖da bo‗lgan kishilar uchun (kasal, qari va 
ishsiz kishilarga) ijtimoiy-iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash (ijtimoiy-
iqtisodiy xavfsizlikning yo‗qligi individual va oilaviy tanazzullarga olib 
keladi); 
-
ijtimoiy holati va kelib chiqishidan qat‘iy nazar zarur ijtimoiy 
xizmatlarning(ta‘lim, sog‗liqni saqlash, xavfsizlik va h.k.) sifatli 
me‘yorini taqdim etilishini kafolatlash; 
R.M. Titmuss ―umumjamiyat farovonligi davlati‖ funksional 
vazifasiga ko‗ra: ―... barcha resurslarni anglangan holda ijtimoiy qabul 
qilingan ―ehtiyojlarni‖ qondirish uchun taqsimlashdan iborat bo‗lib, 
birinchidan, jamiyatni yaxlit faoliyat ko‗rsatish harakati; ikkinchidan esa, 
aholining ijtimoiy jihatdan nochor qatlamlarini himoyalash jamiyatning 
barcha a‘zolari tomonidan kelishilgan‖ degan ta‘rifni keltiradi.
120
Iqtisodchi olim Esping-Andersenning fikriga ko‗ra ―umumjamiyat 
farovonligi davlati‖ o‗z fuqarolari farovonligini ta‘minlovchi minimum 
shart-sharoitlarni ta‘minlashga mas‘uldir.
121
Aholi farovonligini ta‘minlashda davlat markaziy o‗rinni egallaydi. 
Davlat – muayyan geografik hududda qonuniy boshqaruvning monopol 
huquqiga ega bo‗lgan markazlashgan majburiy siyosiy tashkilotdir.
122
Iqtisodiyotga aralashuvi nuqtai nazaridan liberal va farovonlik 
davlatlarini farqlash mumkin.
123
Iqtisodiy adabiyotda farovonlik 
davlatining pirovard maqsadi fuqarolari farovonligini oshirishdan 
iboratdir. 
Aholi 
farovonligi 
darajasi 
ustun 
darajada 
amalga 
oshirilayotgan ijtimoiy siyosat samaradorligiga bog‗liq bo‗ladi. 
118
Myrdal, G.: Beyond the Welfare State: Economic Planning and Its International Implications, Yale University 
Press, New Haven, 1960, 45. 
119
Briggs, A.: The Welfare State in Historical Perspective, European Journal of Sociology, 2(1961)/2, 228. 
120
Titmuss, R. M.: Essays on the Welfare State, Allen and Unwin, London, 1958, 39. 
121
Esping-Andersen, G.: The three Worlds of Welfare Capitalism, Princeton University Press, Princeton, NJ., 1990,
18–19. 
122
 
Erika Cudworth
, Timothy Hall, John McGovern/ The Modern State: Theories and Ideologies 1st Edition 
123
Roger E. Backhouse, Bradley W. Bateman, Tamotsu Nishizawa, and Dieter Plehwe/ Liberalism and the Welfare 
State:Economists and Arguments for the Welfare State 


172 
Davlatning aholi farovonligini oshirish uchun olib boradigan ijtimoiy 
siyosatini ikki turga ajratish mumkin:
124

taqsimlash va qayta taqsimlash siyosati; 

tartibga solish va nazorat siyosati. 
Taqsimlash va qayta taqsimlash siyosati pul ko‗rinishdagi ijtimoiy 
yordam va aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan maqsadli ijtimoiy 
dasturlarni o‗z ichiga oladi. Ushbu dasturlarga ta‘lim, soliq, ijtimoiy 
sug‗urta xizmatlarini kiritish mumkin. 
Davlat tomonidan ijtimoiy siyosatni tartibga solish va nazorat 
siyosati tegishli qonun va me‘yorlarga asoslangan holda amalga 
oshiriladi. 
Ijtimoiy ta‘minot xizmatlari xususiy va tijorat tashkilotlari, notijorat 
tashkilotlar, jamoatchilik tashkilotlari, davlat va nodavlat sektor 
tashkilotlarining moliyaviy manbalari hisobidan moliyalashtiriladi. 
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ijtimoiy ta‘minotni amalga 
oshirishning turli yo‗nalishlari mavjud bo‗lib, ular sog‗liqni saqlash, 
ta‘lim sohalari, bola tarbiyasi, pensiya ta‘minoti va uy-joy kommunal 
xizmatlarida o‗z aksini topadi. Ushbu chora-tadbirlar tizimi keng 
qamrovli bo‗lganligi sababli uni moliyalashtirishda davlat byudjeti va 
nodavlat tashkilotlarning moliyaviy manbalaridan keng foydalaniladi. 
Ushbu holat ―farovonlikka yo‗naltirilgan aralash iqtisodiyot‖ga xos 
xususiyatlar hisoblanadi.
125
XX asrning oxirida ijtimoiy siyosatni moliyalashtirishda davlat va 
nodavlat sektorlarining ishtirok etish darajasini aniqlashga qaratilgan 
turli muzokaralar bo‗lib o‗tdi. 1940-yildan to 1970-yilning o‗rtalariga 
qadar bo‗lgan muddatda ijtimoiy siyosat chora-tadbirlari davlat dasturi 
tomonidan moliyalashtirilgan bo‗lsa, 1980-yillarga kelib notijorat 
tashkilotlari faoliyatida ijtimoiy siyosat chora-tadbirlariga katta e‘tibor 
qaratildi. 1990-yildan boshlab aholi farovonligi ta‘minlashga qaratilgan 
xizmatlarni moliyalashtirishda davlat va nodavlat sektorlari o‗rtasida 
o‗zaro hamkorlik yo‗lga qo‗yildi. 2010-yildan boshlab esa ijtimoiy 
siyosat dasturlarini moliyalashtirishda nodavlat tashkilotlari ulushi va 
mavqeini oshirishga katta e‘tibor qaratildi.
126
Iqtisodiy adabiyotda davlat tushunchasi mohiyatini ochib berishga 
qaratilgan qator ilmiy qarashlar mavjud bo‗lib, ular davlat hokimiyati 
mohiyatini 
tushunishga 
ko‗mak 
beradi. 
Jumladan, 
liberal 
124
Social policy. P. 120 
125
Social policy. P. 210 
126
Social policy. P. 210 


173 
demokratlarning plyuralistik nazariyasiga ko‗ra, davlat boshqaruvini 
amalga oshirishda hokimiyat turli guruhlar va tashkilotlar o‗rtasida 
taqsimlanadi. Marksistik ta‘limotga ko‗ra esa, hokimiyat ma‘lum bir 
darajada cheklangan bo‗lishi talab etiladi.
―Umumjamiyat farovonligi davlati‖ning amal qilishida hukumatning 
tutgan o‗rnini baholashda uning funsiyalari muhim o‗rin tutadi. Ushbu 
jarayonda davlatning boshqaruv darajalarini farqlash alohida ahamiyat 
kasb etadi. Markaziy hukumatda parlament, vazirlar mahkamasi va qator 
hukumat idoralari faoliyatiga jiddiy e‘tibor qaratiladi. Davlatning ta‘lim, 
sog‗liqni saqlash, pensiya va nafaqalarni to‗lash, ijtimoiy xizmatlarni 
moliyalashtirishga yo‗naltirilayotgan barcha ijtimoiy soha xarajatlari 
G‗aznachilik tashkiloti tomonidan boshqariladi.
127
Mahalliy o‗z-o‗zini boshqarish organlari tomonidan ko‗rsatiladigan 
ijtimoiy ta‘minot xizmatlari mahalliy hokimiyat organlari tomonidan 
amalga oshiriladi.
128
1979-yilda Konservatorlar partiyasi vakillari Margeret Tetcher va 
Djon Meydjorlarning hukumatlari ijtimoiy siyosatda davlatning aholi 
farovonligini ta‘minlashdagi rolini qisqartirishga qaratilgan chora-
tadbirlar amalga oshirildi.
129
Xususiy sektorda biznes sohasini 
rivojlantirish davlat sektorining amal qilishidan samaraliroq bo‗ladi va 
―menedjerializm‖ning vujudga kelishiga turtki bo‗ldi. 1988-yildan 
boshlab davlat boshqaruvida qator o‗zgarishlar amalga oshirildi. 
Jumladan, davlat mulkini xususiylashtirish orqali bozor mexanizmidan 
keng foydalanish, majburiy konkurslar (birja sotuvi) asosida savdoni 
yo‗lga qo‗yish, davlatning ijtimoiy xizmatlarni ko‗rsatish jarayoniga 
bozor mexanizmini tadbiq etish (ta‘lim va sog‗liqni saqlash), davlatning 
ijtimoiy ta‘minot xizmatlarini amalga oshirishida tijorat va notijorat 
tashkilotlari, xususiy sektorning qatnashuvini ta‘minlash kabi tadbirlar 
amalga oshirildi.
1997-yilda leyboristlar hukumatining davlat tepasiga kelishi 
natijasida davlatga ijtimoiy farovonlikka erishishni rag‗batlantiruvchi 
kuch sifatida qaraldi va boshqa nodavlat sektori vakillari esa ijtimoiy 
ta‘minot xizmatlarini yetkazib beruvchi maqomini oldi.
130
2008–2010-yillarda jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozining sodir 
bo‗lishi natijasida, ko‗pgina mamlakatlar moliya tizimida byudjet 
127
Social policy. P. 210 
128
Social policy. P. 211 
129
Social policy. P. 211 
130
Social policy. P. 212-213 


174 
taqchilligi vujudga kela boshladi va 2010-yildan boshlab esa davlatning 
ijtimoiy sohaga sarflanadigan xarajatlarini qisqartirishga alohida e‘tibor 
qaratildi.
131

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish