7.3. Bandlik
Ijtimoiy himoya mehnatga layoqatli aholi uchun muhim ahamiyatga
ega. Mehnatga layoqatli aholi ishsiz qolganda, ishlab chiqarishda jarohat
olganda, kasal bo‗lib qolgan yoki farzandli bo‗lganida ijtimoiy himoya
tizimi ularni daromad bilan ta‘minlaydi yoki minimal ijtimoiy ta‘minot
darajasini kafolatlab beradi. Mehnat bozori mehnatga layoqatli aholi
uchun mehnat faoliyati davomida kafolatlangan daromad manbai sifatida
xizmat
qiladi,
ijtimoiy
himoya
daromadlarning
uzluksizligini
ta‘minlashda muhim o‗rin tutai va shu tariqa iqtisodiyotda tarkibiy
o‗zgarishlarning amalga oshishiga ko‗maklashadi.
Dunyo bo‗yicha 2017-yilda o‗rtacha mehnatga layoqatli aholining
mehnat yoshi davridagi kafolatlangan daromadlarini ta‘minlash uchun
sarflanadigan ijtimoiy himoya xarajatlarining yalpi ichki mahsulotdagi
ulushi 2,3% ni tashkil etdi. Mintaqalar kesimida ushbu ko‗rsatkich 0,5%
dan (Afrika) 5,9%ga (G‗arbiy Yevropa) o‗zgarib turadi
166
.
Bandlik sohasidagi siyosatda band aholining mehnat faoliyatidan
keyingi davrdagi turmush farovonligi muhim o‗rin egallaydi. Millionlab
kishilar uchun haq to‗lanadigan bandlik yagona daromad manbai bo‗lishi
bilan bir vaqtda ularning ijtimoiy holati va jamiyatdagi o‗rnini belgilab
beruvchi manba hisoblanadi. Ishsizlik esa kambag‗allik holatiga tushib
qolish va sog‗liqni yo‗qotib qo‗yish riskini oshiradi, ishsiz bo‗lib
qolganlarning farzandlari yaxshi bilim olmasligi va yuqori haq
to‗lanadigan ish o‗rinlariga ega bo‗lmasliklariga olib keladi. Ishsizlik
darajasining yuqoriligi mamlakatlarda jinoyatchilik va ijtimoiy
keskinlikning kuchayishi kabi ijtimoiy muammolarga sabab bo‗ladi
167
.
Farovonlik tushunchasi ish qidiruvchilarni yaxshi haq to‗lanadigan
ishga yo‗naltirishga qaratilgan siyosatga taalluqlidir. Ushbu siyosatga
ijtimoiy ta‘minotga muhtoj kishilar uchun ish joylarini ko‗paytirish, ish
beruvchilarga ishsizlarni ishga qabul qilishlari uchun subsidiyalar
ajratish yoki ish joylarini yaratish kabi tadbirlar kiradi.
Buyuk Britaniyada so‗ngi yillarda bandlik sohasida ijtimoiy ta‘minot
dasturlarida asosiy e‘tibor ishsizlarni shaxsan qo‗llab-quvvatlash va
maslahatlar berishga qaratila boshlandi. Ushbu tadbirlarning maqsadi
uzoq muddatli ishsizlikni individual darajada hal etish, ishsizlarni ishga
joylashishga rag‗batlantirish va ularni ish beruvchilar uchun jozibador
qilishdan iborat. Ushbu siyosat mualliflari fikriga ko‗ra ishsiz shaxslarga
166
World Social Protection Report 2018.
167
Social Policy an Introduction-Forth edition/ Ken Blakemore, Louis Warwick-Booth/Open University Press/UK
2013.
202
individual ko‗rinishda maslahatlar berish, ish beruvchilar talab etayotgan
yangi ko‗nikmalarga o‗rgatish samarali hisoblanadi
168
.
Mehnatga layoqatli yoshdagi aholining ijtimoiy ta‘minotga bo‗lgan
ehtiyojlarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1. Ishsizlik, ishlab chiqarish jarayonida olingan jarohat, nogironlik,
kasallik, farzand ko‗rishlik natijasida vaqtinchalik yoki to‗liq yo‗qotilgan
daromadlarni qoplashga bo‗lgan ehtiyoj.
2. Daromadlar miqdori kambag‗allik yoki ijtimoiy jihatdan
alohidalashib, ajralib qolishni bartaraf etish uchun ijtimoiy himoyaga
bo‗lgan ehtiyoj.
3. Yuqorida qayd etilgan holatlarda mehnat qobiliyatini tiklash va
ishga joylashish uchun yordamga bo‗lgan ehtiyoj.
Ijtimoiy himoya doirasidagi siyosat bandlik, mehnat bozori va ish
haqi sohasidagi ma‘lumotlarga asoslanishi lozim. Bu esa milliy ijtimoiy
ta‘minot tizimlari xarajatlarini kamaytirish va samarali ijtimoiy siyosatni
amalga oshirish imkonini beradi.
Sug‗urta badallari va bandlikka asoslangan ijtimoiy ta‘minot
dasturlari ilgari iqtisodiy faol bo‗lgan, ammo o‗z ish o‗rnini vaqtinchalik
yoki umuman yo‗qotgan (ishsizlik nafaqasi), baxtsiz hodisa yoki
kasalligi (ishlab chiqarish jarayonida jarohat olish bo‗yicha nafaqa), ish
turi bilan bog‗liq bo‗lmagan (kasalligi, nogironligi va boquvchisini
yo‗qotganlik bo‗yicha nafaqa) yoki homiladorlik holatlari, farzand
ko‗rish va oilaviy sharoitlar (homiladorlik va farzand ko‗rish bo‗yicha
nafaqa, ota bo‗lganlik yoki ota-onalar uchun nafaqa, bolalar yoki oilaviy
nafaqalar) tufayli mehnat qobiliyatini yo‗qotgan yoki kasal bo‗lib qolgan
kishilar va ularning qaramog‗idagilarni qamrab oladi.
Ushbu guruhga norasmiy sektorda band bo‗lganlar, rasmiy sektorda
band, ammo past daromadlilar va uzoq muddat ishsiz yurganlar kiradi va
ular odatda, sug‗urta badallariga asoslangan ijtimoiy ta‘minot
dasturlariga kirmay qoladilar. Ular sug‗urta badallari ajratilmaydigan,
pulli yoki natura shaklida ijtimoiy yordam ko‗rsatiladigan dasturlar
orqali qamrab olinishi mumkin. Ishchilarning aksariyat qismi ijtimoiy
sug‗urta dasturlari orqali qamrab olingan mamlakatlarda sug‗urta
badallariga asoslanmagan dasturlar odatda, ijtimoiy sug‗urta bilan
qamrab olinmagan, uzoq muddat ishsiz yurgan va kam daromadli
ishchilarga yo‗naltirilgan bo‗ladi.
168
Social Policy an Introduction-Forth edition/ Ken Blakemore, Louis Warwick-Booth/Open University Press/UK
2013.
203
Ba‘zan ushbu dasturlar orqali nafaqa olish huquqiga ega aholi
ijtimoiy xizmatlar ko‗rsatish dasturlari bilan bog‗lanadi. Ularga sog‗liqni
saqlash yoki ta‘lim (asoslangan ijtimoiy to‗lovlar), davlat bandlik
(―bajarilgan ish uchun haq‖) yoki kasbiy ta‘lim va tadbirkorlik sohasini
qo‗llab-quvvatlash dasturlarida qatnashish kabilar kiradi. Mehnatga
layoqatli yoshdagi shaxslar uchun ijtimoiy ta‘minot sohasida quyidagi
nafaqalar beriladi:
Ishsizlik bo‗yicha nafaqa;
Ishlab chiqarishda jarohat olganlik bo‗yicha nafaqa;
Nogironlik nafaqasi;
Onalikni muhofaza qilish.
Dunyoning aksariyat mamlakatlari yuqorida qayd etilgan holatlar
bo‗yicha keng qamrovli yoki tor yo‗nalishga ega yangi tizimlarni
amaliyotga joriy etishgan yoki ishlab chiqishmoqda. Ko‗pchilik hollarda
milliy ijtimoiy ta‘minot tizimlari sug‗urta badallariga asoslangan va
sug‗urta badallariga asoslanmagan tizimlarni ijtimoiy himoya tizimini
kengaytirish, badallar to‗lash imkoniyatiga ega bo‗lmagan aholi
qatlamlarini qamrab olish maqsadida aralash qo‗llashni ma‘qul
ko‗rishmoqda. Aralash tizimlar milliy ijtimoiy himoya va ijtimoiy
ta‘minot tizimining minimal darajasini shakllantirishga ko‗maklashadi.
Ishsizlikdan himoyalash tizimi ishlay olishi mumkin bo‗lgan
ishsizlarga muayyan muddat mobaynida daromadlarini qo‗llab-
quvvatlash uchun ko‗mak beradi. Ushbu tizim ishsiz shaxsning
vaqtinchalik ishsiz yurgan davrida muayyan turmush darajasini qo‗llab-
quvvatlash uchun yo‗qotgan daromadini qisman qoplash imkonini
yaratadi. 2008–2009-yillardagi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi
oqibatlari ishsizlik bo‗yicha beriladigan nafaqa ishsizlarni iqtisodiyotda
sodir bo‗layotgan tarkibiy o‗zgarishlarga moslashtirishda muhim rol
o‗ynashi mumkinligini ko‗rsatdi. Ishsizlik bo‗yicha nafaqa dasturlarining
aksariyat qismi iqtisodiyotning rasmiy sektorida band bo‗lganlarni
qamrab oladi.
Iqtisodiyotda norasmiy sektor ulushi yuqori bo‗lgan mamlakatlarda
bandlik sohasi va ijtimoiy himoya tadbirlarini aralash qo‗llashni nazarda
tutuvchi, sug‗urta badallariga asoslanmagan ijtimoiy yordam dasturlari
keng tarqalgan. Ushbu dasturlar bandlikni ta‘minlash tizimlari, davlat
bandlik dasturlari, yangi kasbiy malakani shakllantirishni qo‗llab-
quvvatlash va ishga joylashish, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‗ullanish
imkoniyatlarini yaratish dasturlarini qamrab oladi.
204
Do'stlaringiz bilan baham: |