205
mablag‗larni
qarzga olsa, keksayganda kafolatlangan daromadlarning
keskin qisqarib ketishiga olib kelishi mumkin.
Bandlikni ta‟minlash tizimlari.
Ushbu tizimlar jamoat ishlari
doirasida band bo‗lish va qishloq joylarda kam ta‘minlangan ishchilar
uchun pulli nafaqalar olish huquqini beradi. Bandlikni ta‘minlashga
qaratilgan yirik dasturlardan biri Hindistonda amalga oshirilgan
Maxatma Gandi nomidagi qishloq joylarda bandlikni ta‘minlash milliy
tizimi hisoblanadi. Efiopiyada ishlab chiqarishni qo‗llab-quvvatlash
dasturi qabul qilingan bo‗lib, ushbu dastur
ishchilarni kafolatlangan
daromad bilan ta‘minlay olmasa-da, jamoat ishlarini oziq-ovqat va pul
shaklidagi nafaqalar bilan uyg‗unlashtirish imkonini beradi
171
.
Ishdan
bo„shaganda
to„lanadigan
nafaqalar,
a
ksariyat
mamlakatlarda rasmiy bandlik turlari doirasida ishdan bo‗shatilganlarni
daromad bilan ta‘minlashning yagona shakli hisoblanadi. Nafaqaning
ushbu turi risklarni ijtimoiy taqsimlash vositasi sifatida emas, balki
ishchi uchun majburiy to‗lov sifatida ko‗rib chiqilishi lozim.
Ishdan
bo‗shaganda to‗lanadigan nafaqalar ishsiz qolgan shaxsni ishga qaytishi
yoki ish beruvchining faoliyatiga tarkibiy o‗zgartirish nuqtai nazaridan
yordam bermaydi va salbiy oqibatlarga ega bo‗ladi. Shu sababdan
muntazam to‗lanadigan ishsizlik nafaqasi iqtisodiyotda tarkibiy
o‗zgarishlarni amalga oshirishda ijobiy ta‘sirga ega.
Jahon
moliyaviy-iqtisodiy
inqirozi
natijasida
aksariyat
mamlakatlarda ishsizlik bo‗yicha nafaqa olish imkoniyatlari yaxshilandi
yoki kengaytirildi. Misol uchun, Avstraliyada ishsizlik nafaqasini
belgilash
muddati qisqartirildi, Latviyada esa ishsizlik nafaqasini olish
uchun zarur sug‗urta badallarini ajratish muddati qisqartirildi. Ba‘zi
mamlakatlarda ishsizlik nafaqasini olish huquqiga ega bo‗lmagan
vaqtinchalik ishlayotganlar (Germaniya va Yaponiya), o‗zini-o‗zi band
etuvchilar (Avstriya) va yoshlar (Argentina) ishsizlik nafaqasini olish
huquqiga ega bo‗lishdi
172
. Ba‘zi mamlakatlar ishsizlik nafaqasini to‗lash
muddatini uzaytirishdi (Argentina, Braziliya, Yaponiya, Latviya,
Ispaniya) yoki shoshilinch nafaqalar (AQSh) joriy etishdi
173
.
Argentina
va Braziliyada 2009-yilda retsessiyadan zarar ko‗rgan iqtisodiyot
sektorlari uchun ishsizlik nafaqasini to‗lash muddatini vaqtinchalik
uzaytirish to‗g‗risida qaror qabul qilindi. Uzaytirilgan muddatdan 103
ming kishi yoki ishsizlik bo‗yicha nafaqa oluvchilarning 20%i
171
World Social Protection Report 2014/15.
172
Bonnet, Saget and Weber, 2012
173
World Social Protection Report 2014/15.
206
foydalanishdi; 2008-yilning oxirida Yaponiyada yangi ish joyini topish
muammosiga uchraganlar uchun ishsizlik bo‗yicha nafaqa olish muddati
60 kunga uzaytirildi; Latviyada ishsizlik bo‗yicha nafaqa olish muddati
to‗qqiz oyga qadar ketma-ket vaqtinchalik uzaytirildi (2009-yilning 1-
iyulidan 2011-yilning 31-dekabiga qadar); Ispaniyada 2009-yilning oxiri
va 2010-yilda uzoq muddatli ishsizlik holatlarida ishsizlik bo‗yicha
nafaqa olish muddati uzaytirildi; AQShda 2008-yilning iyunidan 2014-
yil 1-yanvarga qadar ishsizlik holatida ishsizlik bo‗yicha nafaqa
miqdorini shoshilinch qoplash tadbirlari amalga oshirildi.
Demak,
ishsizlikdan himoyalash, bandlik xizmati va bandlik bilan
bog‗liq boshqa xizmat sohalari bilan hamkorlik ijtimoiy ta‘minot
tizimining ustuvor yo‗nalishlaridan biri hisoblanadi. Ishsizlik nafaqasi
iqtisodiy o‗zgarishlarni qo‗llab-quvvatlash doirasida samarali bo‗lishi
uchun ishsizlarni o‗qitish, qayta tayyorlash va mehnat bozoridagi boshqa
faol tadbirlar bilan bog‗liq bo‗lishi zarur. Ushbu xizmatlardan ishsizlik
bo‗yicha nafaqa oluvchilar, ishsizlik nafaqasini olmaydiganlar va
iqtisodiyotning rasmiy va norasmiy sektorida band bo‗lganlar foydalana
olishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: