O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIMVAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTONMILLIY UNIVERSITETI
KIMYO FAKULTETI
KIMYO YO’NALISHI III-BOSQICH 19.03-GURUH TALABASI
NAIMOVA ZARNIGORNING
“NEFT VA GAZ KIMYOSI” FANIDAN BAJARGAN
Mavzu: Farmatsevtik preparatlar kimyosi
olinish texnologiyasi va ishlatilishi
Rahbar:ABDUG'OFUROV I.A.
TOSHKENT-2022
Mundarija
Kirish Farmatsevtika tarmog’ini rivojlantirishning
asosiy maqsadlari……………………………………………………3
I BOB 1.1 Neftning tibbiyot ehtiyojlari uchun ishlatiladigan
Mahsulotlari….………………………………………………………..6
1.3 Dori moddalarining ta’sir mexanizmi........................................9
1.4 Dori moddalarining xususiyatlariga ta’sir etuvchi sharoitlar……………………………………………………..11
II BOB 2.1 Organik modda molekula tuzilishi bilan uning organizmga ta’siri
o'rtasidagi bog'liqlik……………………………………………...........................15
XULOSA………………………………………………………….….21 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR........................................22
Kirish Davlatimiz rahbarining 2017 yil 7 noyabrdagi “Farmatsevtika tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tashkil etilgan edi. Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ro‘yxatdan o‘tkazish muddati qisqartirildi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar xomashyo va texnologik uskunalarni import qilishda bojxona to‘lovlaridan ozod etildi.
Bularning natijasida so‘nggi ikki yilda 41 ta yangi farmatsevtika korxonasi tashkil etilib, jami korxonalar soni 191 taga yetdi. Joriy yilda ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilgiga nisbatan 1,5 barobarga o‘sdi.
Farmatsevtikaga ixtisoslashgan 8 ta erkin iqtisodiy zonada qiymati 84 million dollarlik 18 ta yangi quvvat ishga tushirilib, 600 turdagi dorilar va 50 dan ortiq tibbiy buyumlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Lekin bu quvvatlar hali yetarli emas, mahalliy farmatsevtika mahsulotlarining assortimenti ham tor. Shu bois ichki bozor ehtiyojlari to‘liq qondirilmayapti va import qilishga to‘g‘ri kelyapti.
Mamlakatimiz farmatsevtika bozori 1 milliard dollardan ziyod bo‘lib, unda mahalliy ishlab chiqaruvchilar hissasi yuqori emas. Dori vositalari harakatining to‘liq siklini kuzatish – markirovka tizimi joriy etilmagani oqibatida ularning sifati va narxini nazorat qilish qiyin kechmoqda. Masalan, o‘tgan ikki yilda yurtimizga sifat standartiga javob bermaydigan 123 milliard so‘mlik dori-darmonlarni olib kirish holatlari aniqlangan.
Bunday sharoitda aholi salomatligini muhofaza qilishning eng ishonchli va samarali yo‘li – diyorimizda yetishtirilgan tabiiy toza, dorivor o‘simliklar asosida yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirish.
Yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev ana shu jihatlarga alohida e’tibor qaratib, aholi va sog‘liqni saqlash muassasalarini arzon hamda sifatli dori vositalari, tibbiyot buyumlari va texnikalari bilan ta’minlash borasidagi ustuvor vazifalarni belgilab berdi.
2025 yilgacha ichki bozorda dori vositalari iste’mol hajmining kamida 50 foizini mahalliylashtirish, jumladan, o‘zlashtirilgan dori nomlarini hozirgi 2,5 mingdan 4 mingtaga yetkazish uchun imkoniyatlar yetarli ekani ta’kidlandi.
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga yangi turdagi mahsulotlar ro‘yxatini shakllantirib, Hindiston, Rossiya, Ukraina, Xitoy, Vengriya, Bolgariya va Slovakiyaning yirik farmatsevtika korxonalari bilan hamkorlikda istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.
Mutasaddilarga yaqin besh yilda mahalliy original dori vositalari sonini kamida 100 taga yetkazish hamda sanoat usulida ishlab chiqarish, shu maqsadda korxonalar va ilmiy tekshirish institutlari hamkorligida Qibray tumanida zamonaviy texnopark hamda Buyuk Britaniyaning nufuzli oliy ta’lim dargohi filialini tashkil qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Zamon talabiga mos kadrlar tayyorlash, soha mutaxassislarining xorijda malaka oshirishini tashkil etish masalalariga ham e’tibor qaratildi.
Moliya vazirligi hamda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligiga dorilarni maxsus markirovkalash va harakatini nazorat qilish bo‘yicha dasturiy ta’minot yaratib, 2020 yil yakuniga qadar amaliyotga joriy etish topshirildi. Bu kontrafakt dori vositalari aylanishiga chek qo‘yish va dorilarga bo‘lgan real talabni “onlayn” ravishda kuzatib borish imkonini beradi.
Mamlakatimizdagi tarmoq korxonalarida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiya etgan GMP standarti joriy qilinmoqda. Aholini sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash maqsadida, import qilinayotgan xorijiy dori vositalarini ro‘yxatga olishda ham mazkur standartga muvofiqligini majburiy tekshirish tartibini o‘rnatish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Yig‘ilishda yana bir muhim masala – sog‘liqni saqlash muassasalarini arzon va sifatli dori-darmonlar bilan to‘liq ta’minlash holati ko‘rib chiqildi. Bu borada shaffoflik va oshkoralikni ta’minlash maqsadida endilikda davlat tibbiyot muassasalari uchun dorilar xaridi, ularni saqlash va yetkazib berish yangi tartibda amalga oshirilishi belgilandi.
Ya’ni, Sog‘liqni saqlash vazirligi markazlashgan xaridlar bo‘yicha tenderlar tashkil etadi va xaridlar shaffofligini ta’minlaydi. Tender g‘oliblari dori vositalarini markazlashgan xarid qilish, saqlash va davlat tibbiyot muassasalariga yetkazib berish xizmatlarini amalga oshiradi.
Dori vositalari bozorida korrupsiyani bartaraf etish, sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish, ijtimoiy dorixonalarni sifatli va arzon mahsulotlar bilan uzluksiz ta’minlash yuzasidan topshiriqlar berildi.
Sohada olib borilayotgan islohotlar ahamiyatini ommaviy axborot vositalari orqali tushuntirish, xalqqa yetkazish muhimligi ta’kidlandi.
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha besh yillik konsepsiya ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.
Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar bo‘yicha mutasaddilarning axboroti eshitilib, zarur chora-tadbirlar belgilandi.