Ii bob. Moddalarning hosil bo`lishi haqidagi dastlabki ta`limotlar



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/37
Sana15.08.2021
Hajmi2,35 Mb.
#148633
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   37
Bog'liq
II bob(1)

 

 

 

Abu Bakr Ar-Roziy 

Abu  Bakr  Muhammad  ibn  Zakariyo  Ar-Roziy  (865-925  yy.) 

ilk  o`rta  asr  SHarqi  fanining  yirik  namoyandalaridan  biri, 

buyuk kimyogar va tabib Ray shahrida tug’ilgan, arab va fors 

tillarida  ijod  qilgan.  U  o`zining  ilmiy  kuzatishlari,    yangi  va 

ilg’or  nazariyalari,  ilmiy kashfiyot-lari  va  o`sha davr  fanining 

barcha sohalariga oid 238 dan ortiq  asarlari bilan jahon fanini 

yuqori  bosqichga  ko`targan  olimlardan,  uning  22  ta  risolasi  kimyoning  turli 

muammolarini echishga bag’ishlangan.  

Abu  Bakr  Ar-Roziy    Misr,  eron  va  Ispaniya  davlatlarida  o`z  asarlari  bilan 

e`tibor  qozongan  bo`lsa,  G’arbiy  Evropada  uning  asarlari  tarjima  qilingach  

lotincha Razes nomi bilan mashhur bo`lgan. Ar-Roziyning ijodiy muvaffaqiyatlari 

undan  keyingi  davrlarda  yashab  ijod  etgan  allomalar  tomonidan  rivojlantirildi. 

YOzib qoldirgan asarlari orqali o`zidan 100 yil keyin Buxoro va Xorazmda  etishib 

chiqqan Abu Ali Ibn Sino va Abu Rayxon Beruniy kabi allomalar ijodiga barakali 

va ijobiy ta`sir ko`rsatdi. Abu Bakr Ar-Roziy o`z zamonasida va undan keyin ham 

davom etgan an`anaga ko`ra o`z tarjimai holi va asarlar ro`yxatini yozib qoldirgan, 

biroq ular bizgacha etib kelgan emas. SHuning uchun ham Ar-Roziyning tarjimai 

holi va ilmiy merosini o`rganishda asosan o`sha davrda va undan keyin yashagan 

olimlarning,  xususan,  o`zbek  sharqshunoslarining  so`nggi  tadqiqot-lariga 

tayanamiz. Ar-Roziy 251 hijriy yil 1 sha`bon (865 yil 28 avgust kuni) tug’ilgan. U 

yoshligidan  adabiyot  va  musiqa  bilan  shug’ullangan,  udni  yaxshi  chalgan  va 

yoqimli  ashula  ayta  oladigan  iste`dodli  kishi  bo`lgan.          Keyinchalik  Ar-Roziy 

falsafa, matematika, geografiya, astronomiya va kimyo fanlarini o`rgangan. YOshi 

ancha  katta  bo`lib  kolgandan  keyin  tabobat  bilan  ham  shug’ullangan.  Ar-Roziy 




 

70 


Aristotelning  to`rt  unsur  haqidagi  nazariyasini  alkimyoning  bosh  nazariyasi  – 

atomistik  g’oyalar  bilan  birlashtirgan.  Ar-Roziyning  “Ilm  olish  debochasi”  nomli 

kitobi  kimyo fanini o`rganishga bag’ishlangan dastlabki risoladir. Unda moddalar, 

ularning  xossalari,  kimyoviy  jarayonlar,  reaksiyalarni  amalga  oshirish  uchun 

kerakli asbob-uskuna, jihoz va shisha idishlar haqidagi ma`lumotlar yig’ilgan. SHu 

bilan  birga  boshqa  bir  asarida  turli  ruda  va  ma`danlarning  xossalarini  bilish 

kimyoning 

asosiy 


vazifasi 

ekanligini 

ta`kidlab, 

buning 


barchasi 

tabiatshunoslikning  bir  qismi  ekanligini  bayon  qilgan.  Ar-Roziy  o`zining  “Isbot 



as-san`at”  (“Isbotlash  san`ati”)    kitobida  kimyo  fani  san`atning  bir  ko`rinishi 

bo`lib,  uning  asoslarini  o`zlashtirish  uchun  mohirlik,  etarli  tajriba,  malaka  va 

kechadigan  kimyoviy  jarayonlarning  mohiyatini  chuqur  anglash  lozim  deb 

ta`riflaydi.  “Kitob  at-hojar”(“Toshlar  haqida”)  nomli  asarida  o`zining  buyuk 

o`tmishdoshi  Jobir  ibn  Xayyom  g’oyalaridan  foydalanib,  bu  sohaga  oydinlik 

kiritdi. “Kitob at-tadbir” (“Amallar va usullar haqida kitob”) asari bilan Ar-Roziy 

minerallarni  o`rganish  faniga  bag’ishlangan  ma`lumotlar  keltiradi  va  bir  qator 

maslahatlar beradi.  

 

Olim  “Kitob  at-SHavohid”  (“Isbotlashning  mohiyati  haqidagi  kitob”) 



asarida  metallarni  ajratib  olish  va  tozalash  haqidagi  o`z  zamonasida  ma`lum 

bo`lgan  barcha  axborotlarni    keltiradi,  eksperimental  ish  bajarish  uchun  kerakli 

uskunalardan  foydalanish,  dorivor  moddalarni  tayyorlash  va  ularni  qo`llash 

haqidagi ko`rsatmalarni mujassam qilgan.  

Abu  Bakr    Roziyning  “Kitobi  sir  al-hukamo”  (“Hukmdorlarning  sirlari 

haqidagi  kitob”)  nomli  risolasi  katta  e`tiborga  molikdir.  Bu  kitobda  uzoqni  ko`ra 

bilmaydigan  no`noq  hukmronlarning  kamchiliklarini  ko`rsatib,  bu  davlat  qudrati 

emirilishi va asosiy aholi kambag’allashuvining bosh omili ekanligini bayon qiladi. 

Allomaning  fikricha,  kimyo  fani  nazariyalarini  chuqur  bilish,  amaliyot  va  ishlab 

chiqarish sohasi taraqqiyotiga e`tibor qaratish davlatni qashshoqlik girdobidan olib 

chiqadi va uning avvalgi qudratini tiklaydi deb o`rgatadi.  




 

71 


Abu  Bakr  Ar-Roziyning  mashhur  asari  “Kitob  sir  as-sir”  (“Sirlar  siri 

kitobi”)  912  yilda  olim  qo`lyozmasidan  ko`chirilgan  yagona  va  eng  qadimiy 

nusxasi  O`zR  SHarqshunoslik  instituti  kutubxonasi  qo`lyozmalar  fondida  (3758 

raqamli  asar)  saqlanmoqda.  Kitob  9  bobdan  iborat,  unda  kumushga  turli  jilo  va 

ranglar  berish,  simobni  eritish,  oltin  ajratib  olish,  turli  eliksirlar  tayyorlash, 

moddalarni  quritib    suvsizlantirish,    yumshatish,  eritish  va  simob  yordamida 

amal’gamalar olish usullari batafsil bayon qilingan. Ushbu asarda rangi va tashqi 

ko`rinishi  bilan  oltin  va  kumushni  eslatuvchi  qotishmalar  tayyorlashning  turli 

xususiyatlari  ham  muhokama  qilingan.  Bu  asar  kimyoviy  reaksiyalardagi 




Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish