kirishadi, oqibatda ularning massasi ortadi. Jobir ibn Xayyom kimyo fanining
nazariy va amaliy sohalarini uyg’unlashtirib, yaxshi o`zlashtirgan edi. Uning
tomonidan metallarning bir-biriga o`tishi, zanglash (korroziya) va uning oldini
olish, ko`n, mo`yna va soch tolalarini bo`yash, bir qator foydali mahsulotlarni
tayyorlash texnologiyalari shakllantirildi. O`sha paytdayoq u organik va noorganik
kislotalar orasidagi farqni yaxshi bilgan. Meva va uzum sirkasini haydash usuli
67
bilan sirka kislotasini ajratib olgan. Qo`rg’oshin birikmalari, sirka va sodadan
foydalanib qo`rg’oshinli oq bo`yoq (belila) tayyorlash retseptini ishlab chiqqan.
Jobir ibn Xayyom tomonidan birinchi marta suyultirilgan nitrat kislotasi, kumush
nitrati olingan, hayvonot dunyosi chiqindilari: sochlar, qon va siydikdan novshadil
ishlab chiqarish usuli aniqlangan. YAman achchiqtoshlari, sirka kislota, turli
nitratlar, mis va temir sul’fatlaridan foydalanib nitrat va sul’fat kislotalari olish
texnologiyasini yaratdi. SHu kislotalar asosida birinchi marta oltinni eritish uchun
“zar suvi” (“shoh arog’i”) tayyorladi.
Jobir ibn Xayyom birinchi marta toza simobni uzoq muddat sekin qizdirish
usuli bilan qizil rangli kukun – simob oksidini hosil qilgan va ajratib olgan. Havo
ta`sirida moddalarni kal’tsinatsilash usuli va murakkab moddalarni parchalab,
oddiy moddalar olish usullarining yaratilishi ham buyuk allomaning bizga
qoldirgan merosidir.
SHarq allomalarining kimyoga qo`shgan yana bir ulkan hissasi shundan
iboratki, ular VIII-XI asrlardayoq o`simlik dunyosidan olinadigan har xil kimyoviy
birikmalardan foydalanib, turli dorivor moddalar (farmatsev-tik preparatlar)
tayyorlash usullarini mukammal bilishgan va ularni o`z asarlarida yozib
qoldirishgan. Holbuki, zamonamizning kimyo tarixi tadqiqotchi-olimlari 1493-
1541 yillarda yashab o`tgan shveytsariyalik olim Teofrast Paratsel’sni yatrokimyo
asoschisi deb hisoblashadi. ehtimol, ushbu noaniqlikning sababi, ularning SHarq
alkimyogarlari ishlari bilan yaqindan tanish bo`lmaganliklari natijasi bo`lsa kerak.
68
24-rasm. Jobir ibn Xayyom va shogirdlari kimyoviy tajriba o`tkazmoqda.
SHarqda va G’arbda yashab ijod qilgan barcha alkimyogarlar Jobir ibn
Xayyomni o`z ustozlari deb tan olishadi. Arab va O`rta Osiyo alkimyogarlari
simob va oltingugurtning “ota-onalik” nisbatiga ko`ra o`sha paytda ma`lum
bo`lgan etti metallni hosil qilish mumkin deb hisoblashgan va uni amalga oshirish
uchun haraka qilishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: