boshlangandan keyin avjiga chiqdi. 1096 yilda birinchi salb yurishi boshlandi;
xristianlar arablardan ular bosib olgan erlarni qayta zabt eta boshladilar. 1099 yilda
xristianlar Ierusalim (Quddusi SHarif)ni ishg’ol qildilar. Ikki yuz yil davomida
Suriya bo`ylarida yashagan xristianlar Evropa malakatlariga arab fanining yutuq va
yangiliklarini olib kela boshladilar. VIII asr davomida arablar bosib olgan
Ispaniya erlari asta-sekin xristianlar qo`liga o`ta boshladi. Evropaliklar arablarning
boy kutubxonasi borligini va unda barcha yunon faylasuf va olimlari asarlarining
saqlanayotganligini bilishgach, arablarning qattiq qarshiligiga qaramasdan bu
77
CHesterlik ingliz olimi Robert ham 1144 yilda arab ilmiy ada-biyotlarini
lotin tiliga tarjima qilishni boshladi. Bu ish boshlangandan keyin unga izdoshlar
topildi va bu jarayon to`xtovsiz avj olib ketdi. Italiyalik olim Gerard Kremonskiy
(1114-1187 yy.) zamondoshlari tomonidan eng yaxshi tarjimon sifatida tan olindi.
O`z umrining asosiy qismini xristianlar arablardan 1085 yilda qayta tortib olgan
Ispaniyaning Toledo shahrida o`tkazgan bu olim arabchadan lotin tiliga 92
risolalarni tarjima qildi.
Alkimyogarlardan qolgan ilmiy merosga qiziqishi ortgan Evropa olimlari
1200 yillardan boshlab qaytadan alkimyo so`qmoqlariga kirib kela boshladilar.
Alkimyo bu davrda astrologik tushunchalar bilan bog’liq bo`lib, yashirin sirli fan
xususiyatlarini kasb etdi. O`rta asr Evropasidagi siyosiy vaziyat, saroylar orasidagi
raqobat falsafiy tosh yaratuvchilariga keng imkoniyatlar tug’dirdi. Ispaniya,
Italiya, Frantsiya, Germaniya va Angliya kabi davlatlarda G’arb alkimyosi taraqqiy
etib boshladi. IX asrdan XVI asrgacha Evropa alkimyosi ko`plab buyuk
donishmandlarni tarbiyalab voyaga etkazdi. Ularning ayrimlari haqida to`xtalib
o`tamiz.
Evropa olimlari orasida birinchi alkimyogar Albertus Magnus
(Buyuk Al’bert) nomi bilan mashhur bo`lgan Al’bert
Bol’shtedskiy (1193-1280 yy.) bo`lib, u Paviya, Padue va
Bolon’ya universitetlarida ta`lim olgan va Aristotel’ asarlarini
chuqur o`rgangan. Uning alkimyogar sifatida yozgan asarlari
“Alkimyo haqida”, “Metallar va minerallar haqida”,
“O`simliklar haqida” deb nomlangan bo`lib, Evropa alkimyosi rivojida muhim rol’
o`ynadi, olim o`z ilmiy maktabiga ega bo`ldi.
Buyuk Al’bert alkimyoviy tajribalarining izohlarida mish’yakni shunchalar
aniq tavsiflaganki, ba`zan olimlar mish’yak ochilishini uning nomi bilan
bog’laydilar, holbuki arab alkimyogarlari mish’yak va uning birikmalari haqida
ko`plab ma`lumotlarga ega bo`lishgan. Buyuk Al’bertning alkimyoga bo`lgan
qiziqishi shogirdi F. Akvinskiyga ham o`tadi.
78
F. Akvinskiy faylasuf va ilohiyotchi, xristian aristotelizmi ta`limoti
asoschisi. U tabiiy borliq va inson aql-idrokining nisbiy mustaqilligini e`tirof qiladi
va “Agar alkimyogarlar tayyorlagan oltin va kumush tabiat yaratgan oltin va
kumushdan farq qilsa, ularni sotish yoki ular bilan savdo qilish insofdan emas.
Tabiiy xususiyatlariga ko`ra asl oltin va kumush o`zlarining qo`llanish sohalariga
ega, ammo alkimyogarlar olgan oltin va kumush bu talablarga javob bermaydi”,-
deb yozadi. Oltin va kumushning simobda bilan qotishmasini F. Akvinskiy
Do'stlaringiz bilan baham: