72
U mineral moddalarni ham alohida guruhlarga:
ruhlar yoki uchuvchan spirt-lar,
jismlar, toshlar; kuporoslar, buroqlar (soda) va tuzlarga ajratadi.
5-jadval
Ar- Roziy ta`limotiga ko`ra mineral moddalarning sinflanishi
Ruhlar yoki
uchuvchan
spirtlar
Jismlar
Toshlar
Kuporosl
ar
Boraklar
Tuzlar
simob
oltin
markazit
sariq
potash
yaxshi tuz
novshadil
kumush
marganetsli
ruda
qora
natron-
soda
oddiy-
achchiq
auripigment
mis
qo`ng’ir temirtosh qizil
zargarlik
burasi
kavsharlash
"tinkar”
real’gar
temir
gal’mey
temir
sul’fati
kavsharlash
"tinkar”
mirabilit
oltingugurt
qalay
lyapis’- lazur
yashil
zarevan
burasi
toshtuz
qo`rg’oshin
malaxit
oq (rux
achchiqtos
hi)
arab
burasi
oq
xarasin
feruza
neftli tuz
rux yoki xitoy
temiri
qizil
temirtosh
hind tuzi
oq mish’yak
xitoy tuzi
oltingugurtli
qo`rg’oshin
siydik tuzi
slyuda
kul tuzi
gips
shisha
Ar-Roziy hayvonot dunyosi moddalariga quyidagilarni kiritadi: sochlar
(junlar), suyak, miya, safro, qon, sut, siydik,tuxum, chig’anoqlar va shox, ammo
o`simliklar dunyosi moddalarini alohida tizimlashtirmagan.
Olim kimyoviy birikmalarning bunday keng miqyosdagi tadqiqoti uchun
kerak bo`lgan turli laboratoriya uskunalari yaratishga va ulardan oqilona
foydalanishga muyassar bo`ladi. Har xil eksperimental ishlarni bajarish uchun Abu
73
Bakr Ar-Roziy o`z asarlarida kimyoviy idishlarni, amaliy tajribalarning bajarish
tartibini, boshqa laboratoriya jihozlari, tarozi, laboratoriya usullarini batafsil yozib
qoldirgan va ularning har biriga izoh bergan. Dastlab kimyoviy asbob-
uskunalardan: kolba, kimyoviy idishlar, qisqich, stakan, egov, voronka, hovoncha,
suv va qum hammomlari, isitish pechlari, sochli va to`qima fil’trlar, qayta
kristallash uchun shisha idishlar haqida “Alkimyoga oid 12 kitob” asarida
ma`lumot yozib qoldirgan.
Uning ishlaridan avval arab, keyinchalik Evropa alkimyogarlari keng
foydalanishgan. Ingliz olimi I. Zinger Ar-Roziy foydalangan kimyoviy uskunalar,
jihozlar va shisha buyumlarning ko`pligiga ishora qilib: “Ingliz kimyoviy
laboratoriyasining uskuna va jihozlar bilan ta`min-langanlik darajasi oradan ming
yillar o`tsa ham, o`rta asrlardagi alloma-lar laboratoriyalarining jihozlanishidan
farq qilmaydi”,- deb yozadi.
Kimyoviy eksperimentlarga katta e`tibor qaratgan olimning fikricha,
faqatgina ko`p marta erinmasdan takroriy va puxta o`tkazilgan amaliy
tajribalarning natijalarigina moddalarning haqiqiy tabiatini bilishga imkoniyat
tug’diradi. Keng ko`lamli tajribalari natijalari o`laroq gips olish usulini yaratgan
olim singan suyaklarni to`g’rilab davolash uchun gipsli taxtakachlar qo`yishga
asos soldi. Sof holdagi sur’ma metallining xossalarini o`rganib chiqdi. Neft’ va
moylarni tozalash uchun haydash usulidan foydalandi. Olim turli xildagi
shishalarning olinish usullari sirlarini va retseptlarini bilgan va bu boradagi ishlarni
rivojlantirgan.
U kimyo fanida birinchi marta kimyoviy jarayonlarni tezlashtirish va
reaksiyaga
kirishgan
moddalarni
ularning
dastlabki
holatiga
qaytarish
mumkinligini amalda isbotladi. Atomistik nazariya bilan Aristotelning birlamchi
materiya haqidagi ta`limotini birlashtirgan kishi ham Ar-Ar-Roziy bo`lib, uning
fikricha, atomlar ma`lum o`lchamlarga ega, o`zgarmas va ular orasidagi
bo`shliqlardan iboratdir.