Jobir ibn Xayyom
O`z zamonasining eng iqtidorli va shuhrat qozongan arab
alkimyogari Abu Abdulloh Jobir ibn Xayyom Kufa (hozirgi
Mashhad, Iroq) shahrida tug’ilgan. VIII-IX asrlarda yashagan
bu qomusiy alkimyogar olim (721-815 yy.) matematika,
tabobat, kimyo fanlari bilan ham shug’ul-langan. Buyuk alloma
Jobir ibn Xayyom islom davlati rivojlanishining eng gullagan
yuqori cho`qqilariga erishgan zamon – xalifa Xorun ar-Rashid hukmronligi davrida
yashab ijod qildi. Metallar transmutatsiyasi san`atini u imom Ja`far as-Sodiq
rahbarligida o`rgandi. SHuni alohida qayd qilish lozimki, islom dunyosi olimlari
kimyo fanining rivojlanishi faqat nazariy bilimlar majmuasi bo`lmasdan, balki
eksperimental tadqiqotlar bilan birgalikdagina yuqori samara berishini yaxshi
anglaganlar. Bir qator amaliy kimyo tadqiqot usullarini takomillashtirib, kerakli
jihozlar, uskunalar, isitish pechlari va shisha idishlari tayyorlashni kashf qilganlar.
Zamondoshlarining ko`rsatishicha, Jobir ibn Xayyom quyidagi asarlarning
muallifidir: “Mukammallik majmuasi”, “Isitish pechlari haqida kitob”, “Qirollar
kitobi”, “Hukmronlik haqida risola”, “Og’irliklar haqida kitob”, “Simob haqida”,
“Bir yuz o`n ikki kitobi”. Uning eng buyuk asarlari hisoblangan “Etmishlar kitobi”
1927 yilda va “Zaharlar haqida” nomli qo`lyozmasi 1958 yillarda Qohira va
Istambul shaharlaridagi kutubxonalar arab qo`lyozmalari orasidan tasodifan
topilgan. Bu kitoblar Jobir qo`lyozmalarining asl nusxasi hisoblanadi. Ikkinchi
asarning bir nusxasi Pokistondagi Qarachi kutubxonasida saqlanmoqdi. Bu alloma
Evropa adabiyotlarida Geber nomi bilan mashhur bo`lib, Aristotelning to`rt
64
unsur-stixiyalar haqidagi ta`limotiga asoslangan holda simob-oltingugurt barcha
elementlar asosi degan “nazariyani” yaratdi. Metallarning paydo bo`lishi haqidagi
simob–oltingugurt nazariyasini ham Jobir ibn Xayyom yaratgan. O`sha zamonda
yozilgan alkimyoviy traktat-risolalardan farqli o`laroq uning asarlari oddiy
haydash, quruq haydash, eritmalar tayyorlash, qayta kristallash, nitrat kislota,
kumush nitrati, novshadil, sulema olish, metallarni suyuqlantirish kabi kimyoviy
amallarni aniq bayon qilgan. Alohida ta`kidlash lozimki, simob-oltingugurt
nazariyasi o`z zamonasining eksperimental tajribalari kelib chiqqan xususiy
natijalarini nazariy jihatdan umumlashtiradi, yaxlit chuqur xulosalarga kelganligi
bilan u qadimiy naturfalsafa ta`limotidan ijobiy farq qiladi.
Jobir ibn Xayyomning fikricha, er qa`rida ikki xildagi bug’lanish mavjud;
ammo quyosh nuri ta`sirida er yuzidagi suvning bug’lanishi bundan mustasno,
chunki u sovuq va ho`ldir:
a) quyosh nuri ta`sirida suvning bug’lanishi Er ostida, u issiq va quruq
bo`lib, undan simob bunyod bo`ladi, bu bug’ to`rt muhim sifati bilan ajralib turadi:
namlik, sovuqlik, quruqlik va issiqlik belgilari;
b) Er qa`ridan ko`tariladigan quruq tutun oltingugurtni xosil qiladi,
- simob − metallar onasi;
- oltingugurt − metallar otasi,
Ular er qa`rida birikib turli oddiy metallarni (simob, qo`rg’oshin, mis, qalay,
va temir) hosil qiladi, faqat oltin va kumush oltingugurt va simobning etuk
nisbatda birikishidan nihoyatda toza holda olinadi, ularni er qa`rida olish juda
qiyin, chunki oltinning zichligi simob zichligidan katta. Uni olish uchun simob va
oltingugurtdan boshqa zichligi juda katta bo`lgan substantsiya kerak. SHuning
uchun ham sof oltin olish uchun uning hosil bo`lishini “tezlashtiruvchi” modda
qo`shilishi kerak.
65
23-rasm. SHarq alkimyogarlari laboratoriyasi ishchi jihozlari. Jobir ibn
Xayyomning 1702 yilda qayta tiklangan “Buyumlarni o`rganish”
risolasidan olingan.
Qadimgi tushunchalarga qaraganda bu modda quruq poroshok xolida
bo`ladi. YUnonlik faylasuflar bu moddani xerion arablar al-iksir ( eliksir degani
“quruq” ma`nosini anglatadi) deb atashgan bo`lsa, va nihoyat, evropaliklar tilida
eliksir degan shaklga aylandi. Evropada bu birikmaning nomini boshqacha
Do'stlaringiz bilan baham: |