Ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a s. Isxakov, V. Topildiyev



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/136
Sana30.12.2021
Hajmi1,33 Mb.
#152516
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   136
Bog'liq
Rim huquqi. Isxakov S., Topildiyev V., Raxmanov A. Darslik. (1)

BBK 67.3ya73


3
 KIRISH
O‘z kasbini yaxshi egallagan chuqur bilimli, mutaxassis
kadrlar tayyorlash va ularning zamonaviy bilimlar asosida ta’lim
olishi mustaqil davlatimiz oldida turgan dolzarb vazifalardan biri
hisoblanadi. Chunki mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot omillari,
ijtimoiy-siyosiy va huquqiy sohalardagi islohotlarning jadallashuvi
umuman bozor munosabatlarini yanada rivojlantirish ko‘p
jihatdan yuksak malakali, ma’naviy-axloqiy pok kadrlarga bog‘liq.
Yuridik ta’lim tizimida rim huquqi fani alohida o‘rin tutadi.
Shu bois ushbu fan bo‘yicha hozirgi kun talablari asosida o‘zbek
tilida darslik yaratish dolzarb vazifalardan biridir.
Rim  huquqi bundan XXV asr muqaddam Rim quldorlik
davlatida shakllangan bo‘lib, hozirda  mavjud bo‘lgan barcha huquq
sohalarining negizi sifatida jahon tarixi va huquqiy madaniyatida
alohida iz qoldirgan  huquqiy xazinalardan hisoblanadi.Bu «Rim
huquqi», «Rim fuqarolik huquqi» va «Rim xususiy huquqi» deb
atalishidan qat’i nazar, uning  mazmun va mohiyati o‘zgarib
qolmaydi. Chunki qadimgi Rim quldorlik davlatining birdan-bir
huquqi fuqarolik huquqi bo‘lib, hatto dastlabki paytlarda jinoiy
jazo bilan bog‘liq bo‘lgan xatti-harakatlar ham bevosita fuqarolik
huquqiy munosabatlar bilan tartibga solingan.
Darhaqiqat,rim huquqi insoniyat tarixida huquq sohalarini,
va umuman huquq tizimining shakllanishi va rivojlanishining asosini
o‘zida aks ettirib huquqiy madaniyatning muhim jihatlaridan birini,
ya’ni Rim yurisprudensiyasini tashkil etgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov o‘zining 
«Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q» nomli asarida ta’kidlaganidek,
«o‘zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi... Tarix saboqlari
insonni hushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi... Inson
uchun tarixdan judo bo‘lish—hayotdan judo bo‘lish demakdir».
Shu ma’noda rim huquqi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish, uni
bilish va o‘rganish tariximizni, xususan huquqiy madaniyatimiz


4
tarixi hamda hozirda mavjud bo‘lgan huquq tizimimiz va huquq
sohalari negizlarini chuqur anglashimizda muhim ahamiyat kasb
etadi.
Mamlakatimizda bu fanning o‘qitilishini takomillashtirishda
va o‘quv adabiyotlarini yozishda o‘zbek olimlaridan SH. Z. O‘ra-
zayev, O.E. Ernazarov, L.M. Burxanova, Z. Shomuhamedova,
X. Muhamedov, R.J. Ro‘ziyevlar bir qator ishlarni amalga oshir-
ganlar.
Mazkur darslikda rim huquqi tushunchasi, tizimi va manbalari,
huquqni himoya qilish shakllari, shaxslar tushunchasi, oilaviy
huquqiy munosabatlar, ashyoviy va mulkiy huquqlar to‘g‘risidagi
ta’limotlar, majburiyat huquqi, shartnoma huquqi hamda ularning
alohida turlari, vorislik huquqi masalalari yoritib berilgan.
Ushbu darslikni yozish jarayonida mualliflar yetuk huquq-
shunos olimlarning, jumladan A. I. Kosarev, M. Bartoshek, I. B.
Novitskiy, A. I. Chernilovskiy,  L. V. Krujalova, D. V. Dojdyov  va
boshqa olimlarning o‘quv adabiyotlaridan keng foydalandilar.


5

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish