«Jus civile», ba’zan pretorlar huquqiga qarama-qarshi qo‘yil-
gan, ko‘pchilik holatlarda esa shu davlatdagi barcha huquqiy
normalarning yig‘indisi yoki davlat qonuni deb ham tushunilgan.
Iqtisodda hukmron bo‘lgan sinf o‘z erki va manfaatini amalga
oshirishda bu tushunchalardan o‘z maqsadlari yo‘lida foyda-
langanlar.
Lotin tilida fuqarolik «civilis» degan tushunchani bergan. Lekin
«jus civile» qadimgi Rim quldorlik davlatida, asosan fuqarolik
huquqini anglatgan bo‘lsa ham, lekin hozirgi zamon fuqarolik
huquqida to‘liq bu tushunchaning ma’nosini bermaydi.
Rim quldorlik davlatida «jus civile» asosida, birinchidan,
qadimgi Rim davlatining milliy huquqi tushunilib, ular faqat
kviritlarga qo‘llanilgan. Shuning uchun, ba’zan uni «kviritlar
huquqi» deb ham atashadi. Xuddi shu holatda bu huquq, ya’ni
kviritlar huquqi sifatida xalqlar huquqi «jus gentium» (yus
gensium)ga qarama-qarshi qo‘yiladi. Chunki xalqlar huquqlari
butun Rim davlatida istiqomat qilib turgan barcha insonlarga
qo‘llanilgan.
8
Xalqlar huquqi—peregrinlar va Rim fuqarolari hamda boshqa
fuqarolarga, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ham qo‘llanilganligi
uchun uni fuqarolik huquqining ma’lum bir turi sifatida tan
olingan.
Darhaqiqat, ushbu munosabatlardan kelib chiqib, Rim
davlatida uchta huquqiy tizim vujudga kelgan, ya’ni sivil huquqi,
xalqlar huquqi va pretorlar huquqi. Hozirgi zamon tushunchasiga
va talablariga asosan bu uchta tizimning yig‘indisi «jus privatum»
(jus privatum), ya’ni xususiy huquqni keltirib chiqargan.
Rim xususiy huquqining asosiy maqsadi quldorlarning erki,
manfaatlarini ko‘zlab, qullarning obyekt ekanligini va ularni ayovsiz
ekspluatatsiya qilish uchun qonunlarni istagan tarzda talqin qilish
orqali mulkdorlarning manfaatlarini himoya qilishdan iborat
bo‘lgan. Lekin, Rim davlatida yashab turgan barcha fuqarolar ham
ozod bo‘lib Rim fuqarosi sifatida tan olinmagan. Rim jamoasiga
kiritilmagan shaxslarning barchasi dushman sifatida ko‘rilgan va
ularni «hostis» (xostis) dushman deb atashgan.
Haqiqatan ham, rim huquqi yaxshilik, ezgulik, adolat va
qonuniylik tamoyillariga asoslanar ekan, ular uchun quldorlar,
qullar va shu hududda yashab turgan barcha insonlar hamda aholi
teng huquq va burchlarga ega bo‘lganlar. Masalan, imperator
Yustinianning digestida «to‘g‘ri yashamoq, boshqa odamga zarar
keltirmaslik, har kimga o‘ziga tegishli bo‘lgan narsani bermoq»
degan so‘zlardan shu mazmun kelib chiqadiki, rim huquqining
asosini yaxshilik, adolat va qonuniylik tashkil etgan. Lekin
ekspluatatsiyaga asoslangan har bir jamiyat o‘zining iqtisodda
hukmron bo‘lgan sinflarining erkini, manfaatini ko‘zlaydi va bu
manfaatlarni qonunlar asosida mustahkamlaydi. Aytish joizki, Rim
davlati ham bundan mustasno bo‘lmagan.
Yuqorida qayd qilinganidek, rim huquqi asoslari xususiy
munosabatlarni o‘rganar ekan, shundan kelib chiqib uning qanday
munosabatlarni o‘rganishini aniqlash lozim.
Rim xususiy huquqi asosan quyidagi institutlarni: mulk
huquqi; boshqa shaxslarning mulkiga bo‘lgan huquq; ashyolarga
bo‘lgan huquq; shartnomalar va majburiyatlar haqidagi ta’li-
9
motlarni; oilaviy-huquqiy va vorislik huquqi munosabatlarini
o‘rganadi.
Bundan tashqari, fuqarolik huquqi xususiy huquqlarni himoya
qilish institutini, ya’ni da’volar haqidagi ta’limotlarga ham o‘z
predmeti sifatida qaragan.
Do'stlaringiz bilan baham: |