Ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a s. Isxakov, V. Topildiyev


-§. Rim huquqining ekspluatatsiyaga asoslangan



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/136
Sana30.12.2021
Hajmi1,33 Mb.
#152516
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   136
Bog'liq
Rim huquqi. Isxakov S., Topildiyev V., Raxmanov A. Darslik. (1)

3-§. Rim huquqining ekspluatatsiyaga asoslangan
davlatlar huquqi rivojlanishidagi roli
Qadimgi rim huquqi insoniyat huquqi tarixida muhim o‘rin
tutadi. Shu bois u antik jamiyatda, va umuman qadimgi dunyo
tarixida, huquq rivojlanishining eng qadimgi va o‘sha davrga
nisbatan eng yuqori darajasini o‘zida aks ettiradi.
Rim huquqi turli ijtimoiy munosabatlar va hodisalarni g‘oyatda
keng qamrab olganligi bilan ajralib turadi. U kuchli bilim va yuksak
1
Ìóàìåäîâ X. Õîðèæèé ìàìëàêàòëàð äàâëàòè âà ó³ó³è òàðèõè. — T.,
1999. — 290–291-áåòëàð.
2
Øîìóàìåäîâà Ç. Ðèì õóñóñèé ó³ó³è. — T., 2002. — 18-áåò.
3
Êðóæàëîâà Ë. Â. Ðèìñêîå ïðàâî.—ÑÏá., 2006. — Ñ. 8.


11
tajribalar, ya’ni hayotiy tajribalar asosida  o‘sha davrning mashhur
olimlari, huquqshunoslari tomonidan yaratilgan.
Haqiqatan, Rim huquqshunoslari birinchi bo‘lib cheklan-
magan xususiy mulkchilik huquqini, ya’ni xususiy mulkka asoslan-
gan mukammal huquq tizimini shakllantirganlar va rivojlantirganlar.
Bu huquq tovar ishlab chiqaruvchilar jamiyatining birinchi
jahonshumul huquqi hisoblanadi, shu bois unda oddiy tovar
egalari o‘rtasidagi barcha huquqiy munosabatlar (xaridor va
sotuvchi, kreditor va qarzdor, shartnoma, majburiyat va h.k.)
aniq tafsili bilan ishlab chiqilgan. Shu ma’noda rim huquqini
fuqarolik huquqini o‘rganishda asos qilib olish ham mumkin.
Mazkur huquqiy tizimning mukammalligi dunyoni chuqur
huquqiy tahlil etish va nafis (nozik) yuridik texnika namunalarini
beruvchi yurisprudensiyada ham o‘z ifodasini topgan.
Rim xususiy huquqida xususiy mulk egalarining mulkni
egallash, foydalanish va uni tasarruf etish bilan bog‘liq munosa-
batlarining hamda ishtirokchilarining manfaatlarini himoya qilish-
ning xilma-xil uslublari mohirona ishlab chiqilganligini e’tirof etish
lozim. Aynan rimliklar jahon mamlakatlari tarixi, xususan Sharq
mamlakatlari tajribasiga tayanib, birinchi marta xususiy mulkni,
shuningdek, boshqa mulkiy huquq va manfaatlarni mukammal
tarzda huquqiy tartibga keltirganlar. O‘zining shaklan milliyligi bilan
ajralib turuvchi rim huquqi o‘z zamirida juda boy huquqiy ma-
niyatni yaratish bilan insoniyat taraqqiyotining  keyingi bosqich-
larida uning eng ulug‘ va muqaddas umumiy boyligining tarkibiy
qismi sifatida joy oldi.
Rim quldorlik davlatida, ayniqsa yuksak obro‘ga, izzat-ikromga
ega bo‘lgan huquqshunoslar jahonda huquqshunoslik (yoki huquq)
retseptlarini ishlab chiqdilar, ya’ni barcha huquqlarning vujudga
kelishiga, ularning takomillashib borishiga hamda kelajakda barcha
huquqiy  sohalarning rivojlanishiga zamin yaratdilar.
Shu sababli qadimgi Rim quldorlik davlatining huquqshu-
noslarini «huquq ijodkorlari» deb atashgan. Ularning o‘ziga xos
xususiyati shundaki,  qonunlarni har tomonlama talqin qilishlarida
hamda huquqlarning kafolatlarini ta’minlashga asosiy e’tiborni
qaratganliklarida yorqin namoyon bo‘ladi.


12
Miloddan avvalgi III asrning o‘rtalariga kelib, dastlab kvirit
(fuqarolik) huquqi yagona hukmron huquqiy tizim hisoblangan.
U o‘zining muqaddas xarakteri, ko‘p darajada an’anaviyligi bilan
ajralib turgan. Bu xususiyatlar, ayniqsa XII jadval qonunlarida
ham o‘z ifodasini topgan. Kviritlar Rimning tub fuqarolari
hisoblanib, urug‘doshlik tuzumidan kelib chiqqan natural xo‘jalik,
ya’ni oddiy dehqonchilik davlati—jamoa  sharoitlari belgilarini o‘zida
aks ettirganlar.
Bu huquq o‘z rivojining dastlabki bosqichlarida faqat Rim
fuqaroligiga ega bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilgan.
Dastlab kviritlar huquqi Rim fuqarolariga ko‘p vakolatlar,
xususan respublika siyosiy hayotida ishtirok etish, davlat fondidan
yer uchastkasi ajratib olish kabi imkoniyatlarni bergan edi. Bunday
huquqlarga ega bo‘lmagan plebeylar esa ilk respublika davrida
patritsiylar bilan huquqlarining tenglashtirilishi uchun kurash
olib borganlar. Natijada fuqarolik huquqida nazarda tutilgan barcha
imtiyozlardan plebeylar ham foydalanadigan bo‘lganlar.
Kvirit (fuqarolik) huquqi ilk sinfiy jamiyatning oddiy, natural
munosabatlarini o‘zida ifoda etgan. U uzoq vaqt kohinlar,
pontifiklar faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan.
Rim huquqining shakllanishida va uning taraqqiyotida  kohinlar
muhim o‘rin egallaganlar. Ayniqsa, ular ichida pontifiklar ajralib
turgan. Pontifiklar ma’lum bir davr mobaynida sud ishlari bo‘yicha
yuridik faoliyat bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solib turganlar.
Ijtimoiy munosabatlarning yanada takomillashishi natijasida
rim huquqida asta-sekin dunyoviy asoslar kuchayib borsa-da, u
o‘zida ko‘pgina dabdabani va marosimiylikni hamda dastlabki odat
normalarini saqlab qolgan. Shu bilan birga, u talabchanligi, hatto
shafqatsizligi, aniq ta’kidlanganligi bilan ajralib turgan. Qadimgi
rim fuqarolik huquqining o‘ziga xos xususiyati shundaki, mulkiy
munosabatlarning, birinchi navbatda xususiy mulk huquqini aniq
tartibga solganligi bilan izohlanadi. Xususiy mulk huquqi mulk
egasining o‘z ashyosi ustidan to‘la hukmronligini anglatgan. Lekin
fuqarolik jamoasi yerlarini va boshqa xo‘jalik huquqi uchun muhim
va oilaviy xarakterga ega bo‘lgan mulklarni tasarruf etishni oliy
nazorat qilish huquqini uzoq vaqtgacha o‘zida saqlab qolgan. Kvirit


13
(fuqarolik) huquqida tantanali sud odatlariga yoki sud protsessini
o‘tkazish tartiblariga qat’iy amal qilish muhim ahamiyatga ega
bo‘lgan. Shu bois bu davrda shakl mazmundan, sud jarayoni esa
moddiy huquqdan ustun turgan. Rasmiyatchilik ilk sinfiy jamiyatda
hayotning patriarxal tizimi saqlanib qolishi va qaytadan tiklanishi
uchun yordam beradigan mustahkam huquqiy tartibotni ushlab
turish sharoitlaridan biri bo‘lgan edi. Lekin u obyektiv jihatdan
faqat xususiy mulkchilik munosabatlarining rivojlanishini
to‘xtatibgina qolmay, balki ijtimoiy va siyosiy hayotning demokratik
shakllarini ham to‘xtatib qo‘ygan.
Rim quldorlik davlatining fuqarolik huquqi o‘zining ijtimoiy
mohiyatiga ko‘ra, konservativ xarakterga ega bo‘lgan bo‘lsa ham,
ammo tashqi savdo huquqiy munosabatlarining yanada
takomillashishi, o‘sishi natijasida quldorlik tizimining ehtiyojlari
bilan qarama-qarshilikka uchray boshlagan va bu munosabatlarda
chet el fuqarolariga yoki Rim fuqaroligiga ega bo‘lmagan shaxslarga
ham biroz huquqlar berilgan, ya’ni xalqlar huquqlari (jus
gentium)ni keltirib chiqargan. Shunday qilib, biroz chegaralangan
holda bo‘lsa ham, ozod bo‘lgan shaxslar va boshqa fuqarolar o‘rtasida
tenglik vujudga kelgan. Bu tenglikni miloddan avvalgi 212-yilda
imperator Karakalli o‘zining farmoni bilan mustahkamlagan.
Rim quldorlik davlatining asosiy huquqlaridan biri bo‘lgan
rim fuqarolik huquqi asoslari o‘zining individual xarakteri, ya’ni
xususiy mulk huquqi institutining chegaralanmaganligi bilan,
iqtisodda hukmron bo‘lgan sinflarga (quldorlarga, savdogar-
boylarga) keng huquq va imkoniyatlarni yaratishi bilan ajralib
turgan.
Uning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri shartnoma
institutining keng asosda qo‘llanilishidir. Shartnomalarning yangi
shakllarini  ishlab chiqish, amaliyotga tatbiq etish, shartnoma
shartlarini real va lozim darajada bajarishni ta’minlash, ayniqsa
shartnoma subyektlarining teng huquqliligini e’tirof etish, shart-
nomani bajarmagan shaxsga, qarzdorga eng og‘ir bo‘lgan mulkiy
javobgarliklarni qo‘llash asosidan kelib chiqqan.
Rim fuqarolik huquqida, ayniqsa individualizm (hatto o‘zi
tomonidan o‘rnatilgan bo‘lib), («ota hukmronligi» institutiga ham


14
o‘xshab ketadigan) tamoyili nihoyatda mustahkam, o‘z
huquqlarini va harakat doiralarini mustaqil belgilaydigan, o‘z
mulkiga, oila mulkiga, jamoasi mulkiga oila boshlig‘ining
hukmronligini ta’minlash, faqat o‘zi tomonidan mulkni egallash
va undan foydalanishni belgilash, hatto tasarruf etish ham o‘zi
bilan yoki mulk huquqining mutloq egasi bilan bog‘liq bo‘lib, o‘z
hukmronligi va manfaati orqali amalga oshirilgan.
Individuallik hatto uy boshqaruvida, mulk egaligida, quldor
ekanligida va boshqa shaxslar bilan tuzilgan shartnomalarda,
harakatlarda ham yaqqol ko‘zga tashlangan.
Rim huquqi munosabatlarida aniqlik, so‘z va tushunchalarni
o‘z joyida maqsadga muvofiq ishlata bilish huquqining aniqliligi va
amaliyot bilan bog‘liqliligi, bundan tashqari barcha vujudga kelgan
munosabatlarning iqtisodda hukmron bo‘lgan sinfning erki, irodasi
va manfaatini ko‘zlashi bilan boshqa huquqiy sohalardan farq qilgan.
Qadimgi rim fuqarolik huquqi hozirgi (Angliya va Amerika
qonunlaridan tashqari) barcha burjua mamlakatlari qonunlaridan
o‘zining quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi, ya’ni: rim
huquqida huquq ijorkorligi eng yuqori cho‘qqiga ko‘tarilgan.
Pretorlar o‘z ediktlari orqali yangi qonunlarni, huquqiy norma-
larni vujudga keltirganlar. Rim huquqshunoslari har bir masalani
(kazusni) hal qilayotgan davrda aniq (predmeti aniq bo‘lgan) bir
fikrga kelib huquqiy normalarni qabul qilganlar, ya’ni ularda
«xalqning tirik ovozi» jaranglab turgan. To‘g‘ri, burjua davlatlarida
ham kodekslar, institutsiyalar, novellalar yoki shunga o‘xshash
qonun to‘plamlari mavjud bo‘lgan, ammo ularning ko‘pchiligi
aniq bo‘lgan sud ishlarini yoki boshqa huquqiy munosabatlarni
ko‘rib chiqish asosida vujudga kelmagan.
Burjua mamlakatlarida, MDH davlatlarida, Sharq mamlakat-
larida ham har bir soha bo‘yicha konkret qonunlar, asoslar,
kodekslar, tuzuklar va boshqa huquqiy hujjatlar qabul qilinib,
abstrakt normalar asosida vujudga kelgan. Amaliyotdan uzoqroq
asosda qabul qilingan bu qonun qoidalar bir-biriga bo‘ysunadigan,
bir-birisiz amaliyotga qo‘llanilishi murakkab hisoblangan nor-
malardan iborat bo‘lgan.


15
Rim huquqshunoslari pretorlarning zarur yordamchilari
hisoblanib, ular pretorlar tomonidan qabul qilingan ediktlarning
mazmunini, tuzilishini, qonun talablariga mos holga keltirishda
yordam bergan va ularning obro‘yining doimo oshib borishini
ta’minlagan.
Qadimgi rim fuqarolik huquqi asoslarida konservatizm tamoyili
mavjud bo‘lsa-da, ammo uning tez orada ilg‘or, yetuk munosa-
batlarni, ijobiy harakatlarni tezda qabul qilish va eski normalar,
bugungi vujudga kelgan munosabatlarga to‘liq javob bera olmay
qolsa, huquqshunoslar eski qonunlarni yo‘qqa chiqarmasdan,
uning o‘rniga yangi normalarni o‘ylaganlar. Ba’zan pretorlar orqali
o‘z ediktlariga o‘zgartirishlar kiritish yoki qonunlarni, odat norma-
larining mohiyatiga ta’sir etmasdan, o‘zlari yangi fikrlarni,
qonunlarni to‘ldiruvchi, unga qo‘shimcha kirituvchi yoki o‘zgarti-
ruvchi fikrlarni, takliflarni kiritib, hukmron bo‘lgan sinfning
manfaati himoyasini  ta’minlab berganlar.
Xuddi shunday qilib, sivil mulki qatorida bonitorlar yoki
pretorlar mulki, fuqarolik asosda meros qoldirish, vorislik muno-
sabatlarini hal etish bilan birgalikda meros huquqiy munosabatlarini
tartibga solishda pretor tizimi ham vujudga keldi.
Rim fuqarolik huquqi xususiy huquq sifatida doimo izchil
asosda, eski normalarning o‘rniga yangi qonun-qoidalarni kiritib,
amaliyot bilan uzviy bog‘lanib «xalqning tirik ovozi» e’tiborga olgan
holda rivojlangan huquq tizimi sifatida jahon huquqi tarixida o‘z
o‘rniga ega bo‘ldi.
Yuqorida qayd qilinganidek, rim huquqi qadimgi quldorlik
jamiyatining rivojlangan huquq tizimidir. Rim huquqi quldorlik
tuzumining iqtisodiy asosini mustahkamlashda, qullarni
ekspluatatsiya qilishda, yirik xususiy mulklarning vujudga kelishida
va tovar-pul munosabatlarining rivojlanishida muhim rol o‘ynagan
bo‘lsa ham uning huquq retsepsiyasi sifatidagi funksiyasi hozirgi
vaqtga qadar davom etib kelmoqda.
Rim xususiy huquqining huquq retsepsiyasi quldorlik va
feodalizm ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyasining vujudga kelishida
hamda feodal va burjua huquqiy munosabatlarining rivojlanishida
asosiy manba bo‘lib hisoblangan. Bu huquq retsepsiyasini qo‘llashda


16
jahon mamlakatlari quyidagi asoslardan kelib chiqqan va chiq-
moqda.
Rim xususiy huquqining huquqni rivojlantirishdagi rolini
quyidagi ikki holat bilan izohlash mumkin:
1) rimliklar birinchi bo‘lib cheklanmagan xususiy mulkchilik
huquqini ishlab chiqqanlar va rivojlantirganlar;
2) bu huquqda shartnoma masalalari atroflicha ishlab chiqilib,
turli xil shartnoma (oldi-sotdi, qarz va boshqa) munosabatlari
tartibga solingan.
Rim xususiy huquqi odatlar, an’analar, qonunlar, senatning
qarorlari, senatus-konsultlar, magistratlarning ediktlari, far-
moyishlari, farmonlari, imperatorlarning konstitutsiyalari, Rimning
ko‘zga ko‘ringan huquqshunoslari yaratgan asarlari, yangidan ijod
etgan normalari va qoidalari asosida vujudga kelgan.
Dastlab Rim fuqarolarining huquqiy holati rim xalqining,
ya’ni kviritlarning an’analari, dini, urf-odat normalari bilan cham-
barchas bog‘liqligi, hatto kviritlarga berilgan imtiyozlardan kelib
chiqqan holda aniqlangan va plebeylarning o‘ziga xos bo‘lgan odat
normalari, turmush an’analari, qoidalarining mavjudligidan va
oxirida xalqlar huquqlarining vujudga kelishini e’tiborga olib rim
huquqining retsepsiyasidan foydalanganlar.
Haqiqatan ham XII asrlardan boshlab G‘arbiy Yevropa
mamlakatlari va boshqa mamlakatlar o‘zining savdo-sotiq, sanoat
va boshqa sohalarining yanada rivojlanishi natijasida o‘zaro
hamkorlikni, shartnomaviy munosabatlarni ko‘proq amalga
oshirish imkoniyati zaruratga aylandi va bu o‘z navbatida yangi
huquqiy usqurtmaga asoslanishni talab etardi.
Ko‘pchilik davlatlarning munosabatlari davlatlararo huquqiy
munosabatlarni talab etib, avvalgi odat huquqiy normalari chega-
rasidan chiqishni, aynan bu odat normalari ijtimoiy rivojlanish
uchun to‘siq bo‘lib qolganligi, ulardan chiqib yangi huquqiy
normalarga asoslanishni taqozo etdi va bu huquqiy normalar —
rim xususiy huquqi normalaridan tashkil topdi.
Rim xususiy huquqi Rim davlatining ijtimoiy-iqtisodiy rivoj-
lanishi davrida o‘zining milliyligi, hududiyligi odat normalaridan
holi bo‘lganligi va barcha xalqlar o‘rtasidagi xo‘jalik huquqiy


17
munosabatlarni tartibga sola olishi bilan boshqa huquqlardan farq
qilib, bir necha davlatlar o‘rtasida qo‘llana olishi mumkin bo‘lgan
«umumiy huquq» sifatida tan olina boshladi.
Rim davlatining xususiy huquqi ushbu davlatning yemirilishi
oqibatida feodal va burjuaziya huquqiy munosabatlarining, ayniqsa
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarining huquq sohalarining
vujudga kelishida poydevor bo‘lib xizmat qildi.
Darhaqiqat, bu davlatlarning huquqini rivojlantirishda asosan
rim xususiy huquqining retsepsiyasi kuchli bo‘ldi, chunki Rim
davlatining yemirilishi bilan uning ommaviy huquqi o‘z-o‘zidan
tugab ketgan edi. Ayniqsa, huquq retsepsiyasi Germaniyada to‘liq
o‘z ifodasini topdi, ya’ni Germaniya «Muqaddas Rim imperiyasi»
degan nomni o‘ziga o‘tkazib oldi.
XVII—XIX asrlarda Angliya, Fransiya va boshqa ko‘pgina G‘arb
mamlakatlarida ko‘plab qonunlar qabul qilindi. Bulardan eng
muhimi va mukammali XIX asr boshlarida Napoleon davrida
Fransiyada qabul qilingan Fuqarolik va Jinoyat kodekslaridir. Ularda
rim huquqining ta’siri katta edi
1
.
Napoleon Bonapart esa davlat tepasiga kelishdan oldin Rim
imperiyasidan avval ham imperiyada qo‘llanilgan konsul, birinchi
konsul mansablariga erishishni orzu qilib, boshqa davlatlarda esa
senatning tashkil topishi, imperator titulining ko‘p davlatlarda
qo‘llanilishining barchasi, Rim quldorlik davlatining xususiy
huquqi tomonidan erishilgan yutuqlarning boshqa mamlakatlar
tomonidan qabul qilib olinishini ma’qullagan.
Albatta, feodal va burjua huquqlarining rivojlanishida va rim
xususiy huquqiga asoslanishida u ko‘plab to‘siqlarga uchrab,
huquqiy normalarni yangi vujudga kelgan ijtimoiy munosabatlarga
moslashtirib olish uchun katta harakatlarni amalga oshirdi. Hatto
Germaniyada XVI—XVII asrlarda Pandekt huquqi va tizimi vujudga
keldi. Bu esa natijada rim huquqining normalarini mazmunan
buzgan holda «Zamonaviy rim huquqi»ni vujudga keltirdi. Rim
huquqining manbalariga qayta sharhlar, norasmiy qayta ishlashlar
amalga oshirildi.
1

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish