35
Bundan tashqari, kvirit huquqining muhim manbalari tajri-
basiga quyidagilar kirgan:
1) qonunlar;
2) senat qarorlari;
3) magistratlarning qarorlari.
Miloddan avvalgi III asrda XII jadval qonunlari rasman harakat
qilishda davom etgan. Rim huquqi tarixining yangi (klassik)
bosqichida uning muhim manbai pretorlarning ediktlari hisoblangan.
Shunday ediktlar asosida «sivil huquqi» bilan bir qatorda «pretor
huquqi» va «xalqlar huquqi» vujudga kelgan.
Mazkur ikkala tizim pretorlarning huquq ijodkorlik faoliyatlari
natijasi bo‘lgan. Shunday qilib, Rimda
huquq manbalarining
murakkab tizimi vujudga kelgan. Rim davlatida imperiya o‘rnatilgach
imperatorlarning qonunlari (konstitutsiyalari) xalq majlislari
tomonidan hokimiyat vakilligi natijasi sifatida ko‘rilgan va bunga
ko‘ra, rim xalqi o‘z qonun chiqarish hokimiyatini imperatorlarga
o‘tkazgan. Shu vaqtga kelib, imperatorlarning qonunlari huquqning
eng muhim manbaiga aylangan.
Postklassik davrda quldorlik tuzumining chuqur inqirozi tufayli
rim huquqida ayrim o‘zgarishlar yuz bergan, lekin uning asosiy
institutlari amalda avvalgi ko‘rinishda saqlanib qolgan. Bu vaqtda
aynan huquq manbalarida bir qator o‘zgarishlar bo‘lgan. Ularning
ichida imperatorlar qonunlarining ahamiyati tobora ortib borgan.
Rim huquqining sobiq harakatchanligining yo‘qotilishi, sivil
va pretor huquqi o‘rtasidagi chegaralarning olib
tashlanishi va
kodifikatsiya ishlarini amalga oshirish uchun qulay sharoitlar
yaratgan. Ayniqsa, Rim imperiyasining sharqiy qismida (Vizan-
tiyada) huquqni tizimlashtirish bo‘yicha qizg‘in ishlar amalga
oshirilgan. Bu yerda miloddan avvalgi III asrning oxirida rim
huquqining quyidagi xususiy to‘plamlari tuzilgan:
— «Grigorian kodeksi»;
— «Germogenian kodeksi».
Ularda miloddan avvalgi 196-yildan 365-yilgacha chiqarilgan
imperator qonunlarining asl matnlari o‘rin olgan.
438-yilda esa imperatorlar konstitutsiyalarining birinchi rasmiy
kodifikatsiyasi (Feodosiya kodeksi) amalga oshirildi. Bu to‘plamning
36
o‘ziga xos xususiyati shundaki, u faqat harakatdagi imperatorlik
qonunchiligini o‘z ichiga olgan va kodifikatsiya
ishlarining ancha
yuqori darajasini aks ettirgan.
Rim huquqining keng qamrovli kodifikatsiyasi G‘arbiy Rim
imperiyasi qulagach, Vizantiya imperatori Yustinianning buyrug‘i
bilan 528—534-yillarda o‘tkazilgan. Yustinian kodeksi XII jadval
qonuni asosida o‘n ikkita kitobga bo‘linib, har bir kitob titullarga,
titullar esa parchalarga bo‘lingan.
Yustinian kodifikatsiyasi rim huquqining butun
tarixini
jamlab, uning ko‘p asrlardan buyon rivojlanishiga o‘ziga xos tarzda
chegara qo‘ygan. Shuning uchun Yustinianning qonunlar to‘plami,
garchi ba’zi postklassik va sof Vizantiya belgilarini o‘zida aks ettirgan
bo‘lsa ham, o‘z asosi bilan rim huquqining manbai hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: