II bob
SUD TIZIMI VA DA’VOLAR HAQIDA TA’LIMOT
1-§. Huquqni himoya qilish va o‘zini o‘zi himoya qilish tushun-
chasi.
2-§. Huquqning davlat tomonidan himoya qilinishi.
3-§. Legisaksion protsess.
4-§. Formulyar protsess.
5-§. Ekstraordinar protsess.
6-§. Interdikt ishlarni olib borish.
7-§. Sud jarayonida notiqlik.
8-§. Huquqni himoya qilish va amalga oshirishda vaqtning
ta’siri.
9-§. Da’vo muddati va uning turlari.
1-§. Huquqni himoya qilish va o‘zini o‘zi himoya
qilish tushunchasi
Qadimgi Rim davlatining huquqiy normalari boshqa shaxslar
tomonidan buzilgan huquqlarni tiklash, ya’ni huquq buzilishidan
oldingi bo‘lgan dastlabki holatga qaytarishga katta e’tibor qaratgan.
Rim xalqi boshqa xalqlar kabi buzilgan huquqlarni davlat
organlari orqali, ayniqsa davlat sudining vujudga kelishiga qadar,
huquq buzilishlaridan o‘zini o‘zi himoya qilish instituti orqali
himoya qilganlar. Ular o‘z huquqlarining buzilganligini bilishgandan
so‘ng, eng avvalo, huquqiy munosabat ishtirokchisi sifatida o‘z
kuchi, ilmi va aqliy salohiyatiga suyangan holda o‘zini o‘zi himoya
qilishga kirishgan. Agar shaxsning bir o‘zi buzilgan huquqini tiklay
olmasa yoki uning qaytadan sodir etilishini to‘xtata olmasa, bunday
holatda o‘zining oila a’zolarini ham ko‘makka chaqirganlar.
Jamiyat taraqqiyotining rivojlanishi bilan o‘zini o‘zi himoya
qilish instituti, ya’ni individual asosda, yovvoyilik, varvarlik usuli-
dagi kurashlar, qarshilik ko‘rsatishlar o‘z mohiyatini yo‘qotib
38
bordi. Uning o‘rniga intizomlilik asosida davlat tomonidan buzilgan
huquqlarni himoya qilish munosabatlari kelib chiqdi, lekin bu
munosabatlarning to‘liq kuchga kirishiga qadar rivojlangan rim
huquqi asosida o‘zini o‘zi himoya qilish instituti saqlanib qoldi.
Bu institut asosidagi harakat faqat manfaatdor shaxslar tomonidan
o‘z foydalariga favqulodda holatlardagina qo‘llanishi lozim bo‘lgan
harakatlarni anglatsa-da, biroq o‘zini o‘zi himoya qilish tomonidan
birdaniga tortib olingan mulkni egasiga qaytarilishidek, tez orada
bajariladigan munosabatlardan iborat bo‘lgan. Bu munosabatlar
buzilgan huquqni tiklash, uning boshqa sodir etilmasligini
ta’minlash va sodir etilgan holatlarni yo‘qqa chiqarish, uni sodir
etadigan harakatlarning oldini olish masalalaridan iboratdir.
Rim huquqida o‘zini o‘zi boshqarish instituti deganda,
jismoniy kuchiga yoki ma’naviy aqliga tayangan holda
huquqbuzarlikni to‘xtatishga aytilgan.O‘zini o‘zi himoya qilish—
bu majburlab kuch ishlatish orqali noqonuniy harakatlarning
vujudga kelishi natijasida paydo bo‘lgan.Rim davlatida asosan 389-
yildan boshlab, huquq buzilgan taqdirda uni tiklash uchun kuch
ishlatish, o‘zboshimchalik asosida buzilgan huquqni tiklash man
etilgan.Masalan,agar qarzdor qarzini to‘lamasdan kreditorlardan
qochmoqchi bo‘lsa, kreditor uning orqasidan quvib, kuch bilan
qarzni to‘lashga majbur qilgan, hatto qarz to‘lanmagan taqdirda
qarzdorga avval qo‘llanilgan javobgarlikni qo‘llashi lozim bo‘lgan.
Imperator Mark Avreley qonunlariga asosan kreditor o‘zining
huquqiy talabini qondirish uchun qarzdorning mulkini tortib
olishni, ya’ni o‘zining buzilgan huquqini o‘zboshimchalik asosida
tiklashni afzal ko‘rgan bo‘lsa, u mulkni qayta talab qilib olish
huquqini to‘liq asosda yo‘qotgan. Kreditor, eng avvalo, qarzdor
tomonidan to‘lanishi yoki qaytarilishi lozim bo‘lgan mulkni,
ashyoni aniqlab sudga murojaat qilishi lozim bo‘lgan.
O‘zboshimchalik asosida boshqa shaxslarning mulkini egallab olish
yoki talab qilib olish huquqiga yo‘l qo‘yilmagan.
Shunday qilib, huquqni himoya qilish o‘zini o‘zi himoya qilish
instituti orqali davlat va uning organlari tomonidan himoya qilish
munosabatlariga aylandi.
39
Do'stlaringiz bilan baham: |